Gavharjon Eshchonova "Adabiyot o‘qitish metodikasi"


Mavzuning birinchi rejasida


Download 366.13 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/51
Sana14.11.2021
Hajmi366.13 Kb.
#174203
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   51
Bog'liq
adabiyot oqitish metodikasi

 

Mavzuning birinchi rejasida ko‘rsatmalilik-ta’limning asоsiy tamо-

yillaridan biri ekanligi yoritiladi. Didaktikaning eng muhim tamoyillari-

dan  biri  uning  ko‘rsatmaliligi  bo‘lib,  bu  tamoyil  qaysidir  pedagogning  

xohishi yoki uslubiyotchi olimning istagi natijasi bo‘lmay, didaktikaning 

metodologik  asosi  bo‘lmish  bilish  nazariyasining  qonuniyatidan  kelib 

chiqqan. O‘quvchi, ayniqsa, quyiroq sinflarda bilishning hissiy bosqichi-

ni boshdan kechirayotgan bo‘ladi. Yani sezgi organlariga bevosita ta’sir 

etgan narsa-hodisalarni yaxshiroq idrok etadi. Shu boisdan ham adabiyot 

darslarida o‘rni bilan ko‘rsatmali quroldan foydalanish joiz, ammo ada-

biyot  so‘z  san’ati  ekanini  va  uning  butun  qudrati  so‘zda  ekani,  butun 



 

15 


mohiyati,  jozibasi  so‘z  orqali  yuzaga  chiqajagini    unutmaslik  kerak.  

Darslarni  kerak-nokerak  sxemalar,  chizma  va  rasmlar  bilan  to‘ldirib 

tashlash zarur emas.   

Mavzuning  ikkinchi  rejasida  ko‘rsatmali  qurоl-adabiy  matеrialni 

o‘zlashtirishni  yaхshilash  vоsitasi  ekanligi  haqida  bahs  yuritiladi.  Ta’-

limda ko‘rsatmalilik masalasi buyuk chex pedagogi Yan Amos Komens-

kiy  tomonidan  “Buyuk  didaktika”,  “Rasmlarda  sezimli  narsalar  olami” 

singari  kitoblarida  ilk  bor  ilmiy  asoslab  berilgan.  I.Pestalotsi  asarlarida 

bu ta’limot yanada rivojlantirilib va boyitib borilgan. Ta’limda ko‘rsat-

malilik  masalasida  rus  pedagogi  K.Ushinskiy  qo‘shgan  hissasining  ul-

kanligini  ta’kidlash  kerak.  Bolalarning  yosh  xususiyatlari  va  ularning 

turli  bosqichdagi  bilish  faoliyatini  puxta  o‘rgangan  rus  pedagogi  mav-

hum  so‘zga  emas,  aniq  obrazga  tayangan  holda  olib  borilgan  ta’lim 

ko‘proq  samara  berishi,  agar  darsga  surat  olib  kirilsa,  soqov  bola  ham 

gapirib  yuborishini  ta’kidlagan.  Mumtoz  pedagog  olimlarning  yuqorida 

aytgan fikrlari zamonaviy tarbiyashunoslarning tadqiqotlari bilan yanada 

mustahkamroq  tasdiqlangan.  Chunki  bilish  jarayoninig  bosqichlari  o‘z-

o‘zidan ko‘rsatmalilikning ahamiyatini ta’kidlaydi. 

Mavzuning uchinchi rejasida ko‘rsatmali qurоl turlari haqida fikr-

lar  bildiriladi.  Ko‘rsatmali  qurollarni  zamonaviy  pedagogika  quyidagi-

cha tasniflaydi: 

1.Tabiiy ko‘satmalilik. 

2.Tasviriy ko‘satmalilik. 

3.Grafik ko‘satmalilik. 

 

4.Badiiy so‘z ko‘satmaliligi.  



Umuman, adabiy ta’limda ko‘rsatmalilikning roli beqiyosdir. 

Mavzuning to‘rtinchi rejasida adabiyot o‘qitishni yo‘lga qo‘yishda 

texnika  vositalari  ya’ni  axborot  kommunikatsiyasi  texnologiyalarining 

o‘rni  ham  beqiyos  ekanligi  ayniqsa,  darslar  jarayonida  elektron  doska, 

“O‘qituvchi-60”, kodoskop, turli video va aydio yozuvlardan, teleko‘rsa-

tuvlardan foydalanish dars samaradorligini oshirishga xizmat qilishi ha-

qida fikr bildiriladi. 

Darsni tashkil etishda kichik guruhlar bilan ish olib boriladi.    




Download 366.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling