Gavharjon Eshchonova "Adabiyot o‘qitish metodikasi"
Mas’ul muharrir: f.f.d. prof. S. R. Ro‘zimboyev
Download 366.13 Kb. Pdf ko'rish
|
adabiyot oqitish metodikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- KIRISH
Mas’ul muharrir: f.f.d. prof. S. R. Ro‘zimboyev
Taqrizchilar: f.f.n. I. Xajiyeva, f.f.n. S. Sariyev ISBN 978-9943-4027-4-4 © UrDU nоshirlik bo‘limi, 2012. © Gavharjon Eshchanоva. “ Adabiyot o‘qitish metodikasi” fanidan amaliy mashg‘ulotlar 3
Adabiyot o‘qitish boshqa fanlarni o‘qitishdan keskin farq qiladi. Shunga ko‘ra, uni fan sifatida qaraydiganlar bir guruhni tashkil etsa, adabiyot o‘qitishni san’at turi sifatida baholab, adabiyot o‘qituvchisining ishini ham san’atkorona bir ish sifatida baholaydiganlar kam emas. De- mak, ular adabiyot o‘qitish metodikasini ham san’at bilan tenglashtiradi. Amaliyotchilik nuqtayi nazaridan qaraydiganlar esa adabiyot o‘qitish metodikasini darslarning o‘tilishiga bevosita yordam beradigan, har bir darsning samarali bo‘lishiga amaliy ko‘mak bera oladigan soha deb bili- shadi.
“Adabiyot o‘qitish metodikasi” birinchi navbatda adabiyot o‘qi- tishning, ya’ni adabiy ta’limning maqsadi va mazmuni haqidagi fandir. Ma’lumki, adabiyot ta’limning turli bosqichlarida xuddi boshqa fanlar kabi o‘sib kelayotgan yosh avlod-o‘quvchilarga mo‘ljallangan.Ta’lim ja- rayonidagi barcha fanlarning asosiy maqsadi va mohiyati o‘quvchilarda muayyan sohalarga oid bilimlarning asoslarini shakllantirish, shularning negizida ularning boy ma’naviy olamini yaratishdan iboratdir. Bu vazi- fani amalga oshirishda badiiy adabiyot bilan teng keladigan birorta soha yo‘q, deb ayta olamiz. Zero, badiiy adabiyot alohida shaxsga ham, butun jamiyatga ham kuchli darajada ta’sir ko‘rsata olish imkoniga ega. U ja- miyatning o‘z-o‘zini anglashida, uni insonparvarlashtirishda beqiyos im- koniyatlarga ega. Adabiyot ijtimoiy ongning ko‘rinishlaridan biri sifati- da o‘zida xalq xotirasini mujassamlashtiradi, uning axloqiy ma’naviy qadriyatlarini asrlardan-asrlarga, avlodlardan-avlodlarga olib o‘tadi. Shunga qaramay badiiy adabiyotga bo‘lgan munosabatlarning ham nihoyatda xilma-xilligini, ularning orasida “bevosita naqd foyda”ni ko‘zlab o‘qish tamoyillarining ham mavjudligini e’tirof etishga to‘g‘ri keladi. Totalitar yondashuv tufayli ko‘pchilik badiiy asardan voqea qidi- radi. Bu toifa uchun “O‘tkan kunlar” Otabegu Kumushning sarguzashti- dan boshqa narsa emas. Ya’ni ko‘pchilik vositani maqsad deb tushunadi- gan bo‘lib qolgan. Demak, biz badiiy adabiyotni o‘rganish yo‘llarini ham bilishimiz zarur bo‘ladi. Shunday ekan, bu fan o‘quvchi-yoshlarning o‘ziga xos xususiyatlari, bu o‘ziga xosliklarning adabiy ta’lim bilan bog‘liq jihatlari haqida mulohaza yuritadi. “Adabiyot o‘qitish metodikasi” o‘z nomiga munosib ravishda o‘quvchilarga badiiy adabiyot bilan yaqinlashish, osh- no bo‘lish va ularni tahlil qilish yo‘llarini ko‘rsatishga yo‘naltirilgan.
4 Ayni paytda u kitob ustida ishlashni, badiiy o‘qishni tashkil etishni, o‘quvchilarnining adabiyotga bo‘lgan qiziqishlarining shakllanish va ri- vojlanish yo‘llarini ko‘rsatishi bilan ham e’tiborlidir. Ayni shu fan ada- biyot darslarini tashkil etish, bu darslarda qo‘llaniladigan metod va usul- lar, o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqlarini shakllantirish va rivoj- lantirish haqida tasavvur uyg‘otadi, shu haqidagi bilimlar tizimini taq- dim etadi. Ko‘rinadiki, ushbu uslubiy qo‘llanmaning asosiy maqsadi “Adabiyot o‘qitish metodikasi” fani bo‘yicha talabalarning mustahkam bilim olishlariga kengroq imkoniyat yaratishdir. Amaliy mashg‘ulotlarning maqsadi talabalarning ma’ruza mash- g‘ulotlarida olgan ilmiy-nazariy va metodik bilimlarini mustahkamlash, fan bo‘yicha malaka va ko‘nikmalar hosil qilishdan iborat. Shuning uchun amaliy mashg‘ulotlarga ma’ruza darslariga mos keladigan, namu- naviy fan dasturida ko‘zda tutilgan yetakchi mavzular qamrab olingan. Seminar mashg‘ulotlari talabalarning ilmiy va nazariy va metodik adabiyotlar ustida mustaqil ishlashlarini ta’minlashda asosiy o‘rin tutadi. Shu bois seminar mashg‘ulotlarning mazmunini ko‘proq talabalarning ilmiy qarashlarga mustaqil munosabat bildirishlariga yo‘naltirilgan mav- zular qamrab oldi. Binobarin, amaliy va seminar mashg‘ulotlardan ko‘zlangan maq- sad bitta, yani talabalarning “Adabiyot o‘qitish metodikasi” fani bo‘yi- cha mukammal bilimga ega bo‘lishlarini ta’minlash va mustaqil fikrlash- ga o‘rgatishdan iboratdir. |
ma'muriyatiga murojaat qiling