Суд тиббий экспертиза турлари


Download 378.14 Kb.
bet1/33
Sana09.02.2023
Hajmi378.14 Kb.
#1179788
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Bog'liq
SUDMED


  1. Суд тиббий экспертиза турлари

Birlamchi ekspertiza
Beriladigan savollarga (etarli) talab darajasida javob bera oladigan va tegishli soha mutaxassisiga yuklaniladi. Davlat sud ekspertiza muassasasi tomonidan o‘tkaziladi va muassasada shu soha bo‘yicha etarli bilimga ega bo‘lgan ekspertga biriktiriladi.
Qo‘shimcha ekspertiza ishga oid ob’ektlar va qo‘shimcha ma’lumotlar aniqlanganda, ekspert (ekspertlar komissiyasi) xulosasidagi bo‘shliqlarni to‘ldirish uchun tayinlanadi va shu yoki boshqa ekspert (ekspertlar komissiyasi) tomonidan o‘tkaziladi. Ekspert (ekspertlar komissiyasi) xulosasi asoslantirilmaganda yoki uning to‘g‘riligiga shubha tug‘ilganda yoki unga asos qilib olingan dalillar ishonchli emas deb topilganda yoki ekspertizani o‘tkazishning protsessual qoidalari jiddiy buzilganda qayta ekspertiza tayinlanadi.
Qayta ekspertiza tayinlanganda ekspert (ekspertlar komissiyasi) oldiga ilgari qo‘llanilgan ekspert tekshiruvi usullarining ilmiy asoslanganligi to‘g‘risidagi masala qo‘yilishi mumkin.
Qayta ekspertizani tayinlash to‘g‘risidagi qarorda yoki ajrimda qayta ekspertizani tayinlagan organning (shaxsning) birinchi (oldingi) Ekspertiza xulosasiga qo‘shilmaganligi sabablari ko‘rsatilishi lozim.
Qayta ekspertizani o‘tkazish boshqa ekspertga (ekspertlar komissiyasiga) topshiriladi. Birinchi (oldingi) ekspertizani o‘tkazgan ekspert (ekspertlar komissiyasi) qayta ekspertizani o‘tkazishda hozir bo‘lishi va tushuntirishlar berishi mumkin, lekin u ekspert tekshiruvini o‘tkazish
Komission ekspertiza Murakkab ekspertizalar bir ixtisosdagi ekspertlar komissiyasi tomonidan utkazilishi mumkin. Ekspertlar uzaro maslaxatlashib, umumiy fikrga kelganlaridan keyin xulosani imzolaydilar. Ekspertlar urtasida kelishmovchilik ruy berganda xar bir ekspert kelishmovchilik chikkan barcha yoki ayrim maalalar buyicha aloxida xulosa beradi. Surishtiruvchi, tergovchi yoki sudning komissiyaviy ekspertiza utkazish tugrisidagi talabi ekspertiza muassasasining raxbari uchun majburiydir.
Agar ekspertiza utkazish ekspertiza muassasiga topshirilgan bulsa, uning boshligi komissiyaviy ekspertizani utkazishni uzi tashkil kilishga xaklidir. Komission ekspertiza o‘tkazilayotganda ekspertlarning har biri ekspert tekshiruvlarini to‘liq hajmda o‘tkazadi va ular olingan natijalarni birgalikda tahlil qiladi. Ekspertlar umumiy fikrga kelganidan so‘ng birgalikdagi xulosani yoki xulosa berishning iloji yo‘qligi to‘g‘risidagi hujjatni tuzadi va imzolaydi.
Ekspertlar o‘rtasida kelishmovchiliklar kelib chiqgan taqdirda barcha yoki ayrim masalalar bo‘yicha alohida xulosa beriladi.
Komission ekspertiza o‘tkaziladigan holatlar
· Tibbiy xodimlarning kasbiy huquqbuzarligi bilan bog‘liq ishlarda.
· Mehnat qobilyatini doimiy yo‘qotish darajasini aniqlashda.
· Salomatlik holatini aniqlashda.
O‘ta murakkab holatlarda.
Kompleks ekspertiza
Kompleks ekspertiza ish uchun ahamiyatga molik holatlarni turli ilm sohalaridan foydalangan xolda bir necha ekspert tekshiruvini o‘tkazish yo‘li bilangina aniqlash mumkin bo‘lgan holatlardagina tayinlanadi.
· Kompleks ekspertizani o‘tkazishda ekspertlarning har biri o‘z vakolati doirasida ekspert tekshiriluvlarini olib boradi. Kompleks ekspertizaning xulosasida ekspertlarning har biri qaysi ekspert tekshiriluvlarini va qancha hajmda olib borilganligi, qaysi holatlarini shaxsan o‘zi aniqlaganligi hamda qanday fikrga kelganligi ko‘rsatiladi. Ekspertlarning har biri xulosasining ushbu ekspert tekshiruvlari bayon etilgan qismini imzolaydi va ular uchun javobgar bo‘ladi.
· Umumiy fikrni (fikrlarni), olingan natijalarni baholashga va ushbu fikrni shakllantirishga vakolatli bo‘lgan ekspertlar qiladi. Agar ekspertlar komissiyasi yakuniy fikrining yoki uning bir qismining asosi sifatida ekspertlardan birining (alohida ekspertlarning) aniqlagan holatlari olingan bo‘lsa, bu haqda xulosada ko‘rsatilishi kerak.


  1. Download 378.14 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling