Суд тиббий экспертиза турлари
Суд тиббий экспертиза текшириш объектлари
Download 378.14 Kb.
|
SUDMED
- Bu sahifa navigatsiya:
- Суд-тиббий экспертиза хужжатлари ва таркибий кисмлари
Суд тиббий экспертиза текшириш объектлари.
1) Жиноят ёки фуқаролик иши буйича жабрланган, гумондор ва айбдор шахсларнинг (тирик шахсларга оид) суд тиббий текшируви. 2) Ғайритабиий ўлим ҳолларида ёки шундай ўлимга гумон қилинган ҳолларда ўлик танани текшириш. 3) Одам организмининг ажралмалари, тўқима ва аъзоларининг бўлакчаларини сақлаган жисм ва предметларни (биологик ҳусусиятли ашёвий далиллар) текшириш. 4) Жиноят ва фуқаролик ишига оид ҳужжатлар (иш материаллари) таҳлили. Суд-тиббий экспертиза хужжатлари ва таркибий кисмлари Tirik shaxs va murdalarga oid ekspert xulosasi (sud-tibbiy tekshiruv akti) tarkibiy qismlari: I. KIRISH QISMI. Bu qism o‘z navbatida quyidagi tarkibdan iborat: a)pasport qismi; b)savollar qismi; v)ish tafsilotlariga (daslabki ma’lumotlarga) oid qism. -pasport qismida quyidagi dalillar: ekspertiza yoki tekshiruv o‘tkazilayotgan vaqt, tekshiruv uchun ahamiyati bo‘lgan sharoit-yorug‘lik; ekspertiza (tekshiruv) uchun asos bo‘lgan qaror, ajrim yoki yo‘llanma, uning kim tomonidan, qachon berilganligi, raqami; ekspertiza (tekshiruv) o‘tkazilayotgan joy; ekspertning familiyasi, ismi, sharifi, jumladan talabaning fakulteti, kursi, guruhi; tirik shaxslar ekspertizasida shaxsning familiyasi, ismi, sharifi, yoshi, turar joyi, shaxsini tasdiqlovchi hujjat-dalillari; murda ekspertizasida marhumning familiyasi, ismi-sharifi, yoshi qayd qilinadi. SHundan so‘ng, ekspert yoki talaba o‘z huquqi va burchlari (O‘zR JK-ning 68-moddasi) hamda xulosa yoki ko‘rsatma berishdan bosh tortishi va yolg‘on xulosa (ko‘rsatma) berilganligi uchun jinoiy javobgarlik (O‘zR JK-ning 238, 240-moddalari) to‘g‘risida ogohlantirilganligi uchun imzo qo‘yadi. So‘ngra ekspertiza (tekshiruv) o‘tkazilayotganda qatnashuvchi shaxslar ko‘rsatiladi. Masalan, o‘qituvchi, boshqa talabalar, xolislar yoki balog‘atga etmagan shaxslar tekshiruvida qatnashgan ota-onalar, pedagok yoki vosiylar va hokazolar; -savollar qismi-bu joyda ekspertiza tayinlash qarori (ajrimi) yoki yo‘llanmada bayon qilingan savollar mazmunlari o‘zgartirilmagan holda batafsil yoritiladi; -ish tafsilotlari yoki hodisaga taaluqli dastlabki ma’lumotlar qismida ekspertiza (tekshiruv) hamda to‘xtam (xulosa) tuzish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar, ya’ni turli-tuman tibbiy hujjatlar yoki hodisa joyini ko‘zdan kechirish bayonnomasi dalillari, jumladan, jabrlangan shaxs ko‘rsatmalari va hokazolar xronologik tartibda yoritiladi. II. TEKSHIRUV (TASVIRIY) QISM. Bu qismning tarkibi ekspertizaning turi bilan bog‘liq. Murda ekspertizasida (tekshiruvda) kiyim-kechaklar, murda tashqi va ichki tekshiruvi, jumladan bo‘shliqlar, a’zolar, to‘qimalar tekshiruvining to‘liq ta’rifi; qo‘shimcha-laboratoriya tekshiruvi uchun olingan ob’ektlar nomlari, ro‘yxati; bajarilgan qo‘shimcha tekshiruv natijalari hamda sud-tibbiy tashxis ifodalanadi. Tirik shaxslar tekshiruvida esa kiyim-kechaklaridagi jarohatlari ta’rifi, dog‘lar (ahamiyatga ega bo‘lgan) xususiyati, shaxsini tekshirganda olingan ob’ektiv ma’lumotlar, qo‘shimcha-laboratoriya tekshiruvi uchun olingan ob’ektlar, mutaxassislar ko‘rigi, rengenologik va boshqa laborator tekshiruv natijalari to‘liq yoritiladi. Ushbu qismga fochanoquratlar yoki jarohatlar belgilangan qontur sxemalar ilova qilinadi. Tekshiruv qismi ekspertiza bajargan shaxs va ishtirok qilgan barcha shaxslar tomonidan imzolanadi. III. TO‘XTAM (XULOSA) QISMI. Bu qismda ekspertiza (tekshiruv) tayinlash qarori (ajrim) yoki yo‘llanmada bayon qilingan savollarga tushunarli, to‘liq, ob’ektiv hamda ilmiy-amaliy asosga ega bo‘lgan, ya’ni tekshiruv (tasviriy) natijalariga asoslangan ekspertning (talabaning) javobi keltiriladi. Download 378.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling