Суд тиббий экспертиза турлари
Эксперт ва мутахасисснинг ҳуқуқлари
Download 378.14 Kb.
|
SUDMED
- Bu sahifa navigatsiya:
- Эксперт ва мутахасисснинг мажбуриятлари
Эксперт ва мутахасисснинг ҳуқуқлари
Ekspertning huquqlari: ((JPK 68-moddasi SETQ- 15-modda) · ekspertiza qilish uchun tegishli ish materiallari bilan tanishish va undan kerakli ma’lumotlarni yozib olish; · o‘ziga qo‘shimcha materiallar taqdim qilinishi haqida iltimosnoma berish; · basharti hal qilinishi lozim bo‘lgan masalalar uning mutaxassisligiga oid bo‘lmasa yoki xulosa berish uchun unga taqdim etilgan materiallar etarli bo‘lmasa xulosa berishning iloji yo‘qligi haqida hujjat tuzish; · surishtiruvchining, tergovchining yoki prokurorning ruxsati bilan tergov harakatlari yuritilishida ishtirok etish va tergov harakatlarida ishtirok etuvchi shaxslarga ekspertizaga oid tegishli savollar berish; · ekspertizaga oid dalillarni tekshirishda sud muhokamasida ishtirok etish va sudning ruxsati bilan so‘roq qilinayotgan shaxslarga savollar berish, ashyoviy dalillarni va hujjatlarni ko‘zdan kechirish; · o‘z xulosalarida faqat uning oldiga qo‘yilgan masalalar haqida emas, balki ekspertizaga oid boshqa masalalar bo‘yicha ham fikr bildirish; · basharti ish yuritilayotgan tilni bilmasa yoki etarlicha bilmasa, o‘z ona tilida xulosa va ko‘rsatuv berish, bu holda tarjimon xizmatidan foydalanish; · surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning qarorlari ustidan shikoyat berish. Эксперт ва мутахасисснинг мажбуриятлари Ekspertning majburiyatlari (burchlari) quyidagilardir (SETQ- 16-modda) · surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning chaqiruviga binoan borish; · oldiga qo‘yilgan savollar bo‘yicha yozma xulosa berish; · o‘zi tomonidan o‘tkazilgan ekspertiza bo‘yicha ko‘rsatuvlar berish va bu xulosalarni tushuntirish uchun qo‘yilgan qo‘shimcha savollarga javob berishi; · surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning ruxsatisiz surishtiruv va dastlabki tergov materiallarini oshkor etmasligi; · ishning tergovi va sud majlisi vaqtida tartibga rioya etishi shart; · sud ekspert zimmasida qonun hujjatlariga muvofik boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin; · sud ekspertizasini o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan, ishning natijasidan o‘zining manfaatdor emasligini shubxa ostiga kuyadigan masalalar yuzasidan protsess ishtirokchilari bilan shaxsiy alokaga kirishishiga; · sud ekspertizasini o‘tkazish uchun mustakil ravishda materiallar to‘plashga; · sud ekspertizasi natijalarini sud ekspertizasini tayinlagan organdan (shaxsdan) tashqari biron-bir shaxsga xabar qilishga haqli emas. Download 378.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling