Gavharjon Eshchonova "Adabiyot o‘qitish metodikasi"
Mavzuning birinchi rejasida
Download 366.13 Kb. Pdf ko'rish
|
adabiyot oqitish metodikasi
Mavzuning birinchi rejasida ko‘rsatmalilik-ta’limning asоsiy tamо- yillaridan biri ekanligi yoritiladi. Didaktikaning eng muhim tamoyillari- dan biri uning ko‘rsatmaliligi bo‘lib, bu tamoyil qaysidir pedagogning xohishi yoki uslubiyotchi olimning istagi natijasi bo‘lmay, didaktikaning metodologik asosi bo‘lmish bilish nazariyasining qonuniyatidan kelib chiqqan. O‘quvchi, ayniqsa, quyiroq sinflarda bilishning hissiy bosqichi- ni boshdan kechirayotgan bo‘ladi. Yani sezgi organlariga bevosita ta’sir etgan narsa-hodisalarni yaxshiroq idrok etadi. Shu boisdan ham adabiyot darslarida o‘rni bilan ko‘rsatmali quroldan foydalanish joiz, ammo ada- biyot so‘z san’ati ekanini va uning butun qudrati so‘zda ekani, butun
15
mohiyati, jozibasi so‘z orqali yuzaga chiqajagini unutmaslik kerak. Darslarni kerak-nokerak sxemalar, chizma va rasmlar bilan to‘ldirib tashlash zarur emas. Mavzuning ikkinchi rejasida ko‘rsatmali qurоl-adabiy matеrialni o‘zlashtirishni yaхshilash vоsitasi ekanligi haqida bahs yuritiladi. Ta’- limda ko‘rsatmalilik masalasi buyuk chex pedagogi Yan Amos Komens- kiy tomonidan “Buyuk didaktika”, “Rasmlarda sezimli narsalar olami” singari kitoblarida ilk bor ilmiy asoslab berilgan. I.Pestalotsi asarlarida bu ta’limot yanada rivojlantirilib va boyitib borilgan. Ta’limda ko‘rsat- malilik masalasida rus pedagogi K.Ushinskiy qo‘shgan hissasining ul- kanligini ta’kidlash kerak. Bolalarning yosh xususiyatlari va ularning turli bosqichdagi bilish faoliyatini puxta o‘rgangan rus pedagogi mav- hum so‘zga emas, aniq obrazga tayangan holda olib borilgan ta’lim ko‘proq samara berishi, agar darsga surat olib kirilsa, soqov bola ham gapirib yuborishini ta’kidlagan. Mumtoz pedagog olimlarning yuqorida aytgan fikrlari zamonaviy tarbiyashunoslarning tadqiqotlari bilan yanada mustahkamroq tasdiqlangan. Chunki bilish jarayoninig bosqichlari o‘z- o‘zidan ko‘rsatmalilikning ahamiyatini ta’kidlaydi. Mavzuning uchinchi rejasida ko‘rsatmali qurоl turlari haqida fikr- lar bildiriladi. Ko‘rsatmali qurollarni zamonaviy pedagogika quyidagi- cha tasniflaydi: 1.Tabiiy ko‘satmalilik. 2.Tasviriy ko‘satmalilik. 3.Grafik ko‘satmalilik.
4.Badiiy so‘z ko‘satmaliligi. Umuman, adabiy ta’limda ko‘rsatmalilikning roli beqiyosdir. Mavzuning to‘rtinchi rejasida adabiyot o‘qitishni yo‘lga qo‘yishda texnika vositalari ya’ni axborot kommunikatsiyasi texnologiyalarining o‘rni ham beqiyos ekanligi ayniqsa, darslar jarayonida elektron doska, “O‘qituvchi-60”, kodoskop, turli video va aydio yozuvlardan, teleko‘rsa- tuvlardan foydalanish dars samaradorligini oshirishga xizmat qilishi ha- qida fikr bildiriladi. Darsni tashkil etishda kichik guruhlar bilan ish olib boriladi. Download 366.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling