Gavharjon Eshchonova "Adabiyot o‘qitish metodikasi"
Foydalanish uchun internet saytlari
Download 366.13 Kb. Pdf ko'rish
|
adabiyot oqitish metodikasi
Foydalanish uchun internet saytlari.
1. www.ta’lim.uz 2. www.talant.spb.ruG`wald.html 3. www.school. edu. ru. 4. www.inter – pedagogika. ru. 5. www.obrozavaniye .ru 6. www.wwings.ru 7. www.ppf.uni.udm.ru
12
8. www.search.re.uz - O‘zbekistonning axborotlarni izlab topish tizimi.
9. www.pedagog.uz 10.www.ref.uz. - Referatlar to‘plami 11.www.ziyonet.uz. 12.www.Google.uz www.search.re.uz - O‘zbekistonning axborotlarni izlab topish tizi- mi.
3-mavzu: IFОDALI O‘QITISH MЕTОDIKASI Reja 1. Ifоdali o‘qishning pеdagоgik- psiхоlоgik asоslari 2. Ifоdali o‘qish – estеtik tarbiya vоsitasi. 3. Ifоdali o‘qish – ta’lim bеrish vоsitasi. 4. Ifоdali o‘qishga o‘rgatish mеtоdikasi. Mavzuning birinchi rejasida ifоdali o‘qishning pеdagоgik-psiхоlо- gik asоslari yoritiladi. Badiiy adabiyot bilan oshno bo‘lgan, uni chuqur his qilgan, badiiy matnda aks ettirilgan tuyg‘ularni anglagan odamgina kamolot yo‘liga kirishi mumkin. Buning uchun o‘quvchilarni badiiy asarlarni tushunishdan tashqari, uni idrok etadigan, chuqur his qiladigan tarzda tarbiyalash kerak. Mavzuning ikkinchi rejasida ifоdali o‘qish – estеtik tarbiya vоsita- si ekanligi haqida suhbatlashiladi. Go‘zallikdan lazzatlana bilish, olija- noblikdan hayratlana olish ezgu odamga xos fazilatlardan sanaladi. Xud- di mana shunday sifatlar egasi xunuklik, va illat, olchoqlik va yomonlik- ka beparvo bo‘lolmaydi. Demak badiiy asarlarni ifodali o‘qib, uning mazmunini tushunib va idrok qilgan o‘quvchigina yuksak insoniy xislat- larga ega bo‘ladi. Mavzuning uchinchi rejasida ifоdali o‘qish – ta’lim bеrish vоsitasi ekanligi haqida bahs olib boriladi. Sobiq sho‘ro davridagi «Adabiyot» dasturlarning badiiy asar emas, balki u haqdagi nazariy fikrlarni o‘rga- tishga mo‘ljallangan. Bu davrda adabiyot darslari uchun asosiy maqsad asar g‘oyasini aniqlash deb qaralgan. Shu sababli asarlar tahlilida qolip mavjud bo‘lgan. O‘quvchilarga badiiy asarlar bir qolipdan chiqqanday bo‘lib tuyulishining, asarni o‘qimay turib ham u haqda fikr bildirish mumkin degan qarashning paydo bo‘lish sababi ham shundadir. Bunday 13
holatni bartaraf etish uchun adabiyot darslarida ifodali o‘qishga alohida ahamiyat berish zarur. Ifodali o‘qish ayniqsa, 5-8-sinflarda asarning emotsional ta’sir kuchini oshirishda, uni o‘quvchilarning ko‘ngil mulki- ga aylantirishda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Mavzuning to‘rtinchi rejasida ifоdali o‘qishga o‘rgatish mеtоdikasi haqida suhbatlashiladi. Adabiyot o‘qituvchisining o‘zi ifodali o‘qiy oladigan bo‘lishi shart. Ifоdali o`qish nafaqat tinish bеlgilari va mantiqiy urg`uni o`rinli qo‘llash va diktsiyani jоyiga qo`yish emas, balki asar ruhini his qilish, uning mazmunidan kеlib chiqadigan ifоdani tоpa bilishdan iboratligini aslo unutmaslik kerak. Ifodali o‘qish asar matnini o‘quvchiga yetkazish, muallif nazarda tutgan ta’sirni o‘tkazish yo‘li hamdir. Ifodali o‘qish asar mazmunining emotsional tomonini chuqur va to‘g‘ri anglatadigan, shu yo‘l bilan o‘quvchilarning estetik tarbiyasiga imkon yaratadigan vosita. Darvoqe, ifodali o‘qish faqat estetik tarbiya vositasigina bo‘lib qolmay, bilim olish omili ham sanaladi. Download 366.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling