GLОSSARIY
Adabiyot – bir xalqning, davrning badiiy, ilmiy, filosofik va bosh-
qa asarlari majmuyi. San’atning so‘z, til vositasida badiiy obrazlar yara-
tuvchi sohasi va shu sohada yaratilgan asarlar majmuyi. Muayyan bir
fan yoki sohada, masalaga oid asarlar, kitoblar ya’ni mavzu yuzasidan
tavsiya etilgan adabiyotlar ro‘yxati.
Metod – biror ishni bajarish, ado etish, amalga oshirish usuli yoki
usullari tizimi ya’ni dars berish metodi.
Metod tushunchasi haqidagi dastlabki qarashlar XIX asr boshlarida
yashab o‘tgan rus pedagogi F.I.Buslayevga mansub bo‘lib, u adabiyot
o‘qitish metodlarini geyristik va tarixiy-dogmatik tarzda ikkiga bo‘ladi.
Metodika – biror ishni bajarish, amalga oshirish, ado etish usulla-
rining yig‘indisi.
Metodika o‘qitish usullari haqidagi ta’limot-adabiyot o‘qitish me-
todikasi, ona tili o‘qitish metodikasi. Bu vaqtni tejash malakasi, o‘quv-
chi kuchlarini oqilona sarflash, o‘quv materialidagi asosiy va bosh nar-
sani topish malakasi, jamoa mehnatini tashkil qilish san’ati, bu o‘quv-
chilardagi xilma-xil individualliklarga tayanadigan ta’sir tizimidir.
Barcha metodikalar, ularning qaysi bir fanga aloqadorligidan qat’-
iy nazar, o‘qituvchining ish prinsiplari, material va metodlarini muayyan
ketma-ketlikda, izchillikda ko‘rib chiqishiga hamda uchta eng asosiy,
yani nima uchun? nimani? va qanday? degan savollarga javob berishiga
ko‘ra bir-biriga o‘xshaydi. (V. V Golubkov)
Do'stlaringiz bilan baham: |