“Olmon adabiyotini o‘qitish metodikasi” olmon olimlari tomo-
nidan 1977-yilda Berlinda chop etilgan.
Adabiyot o‘qitishning mazmuni asosan, dasturda ifoda etiladi.
Dastur uch qismdan iborat: a) dastur materiali, b) materialni o‘rga-
nish tartibi, d) mashg‘ulot miqdori. Dastur materiali birinchidan, tarbiya-
ning talabiga mos bo‘lishi, ikkinchidan, o‘quvchilarning yosh xususiyat-
lariga mos bo‘lishi, uchinchidan, badiiy jihatdan yuksak bo‘lishi shart.
Badiiy tahlil a) ilmiy – filologik; b) o‘quv – didaktik singari ikki
katta turga bo‘linadi.
O‘quv tahlili tahlilchilar miqdoriga ko‘ra a) individual, b) guruhiy,
d) ommaviy singari 3 turga bo‘linadi.
Dars tahlilining a) ilmiy; b) metodik; d) didaktik; e) umumpeda-
gogik singari turlari mavjud.
“Insho”- arabcha yozish, belgilab qo‘yish, ijod qilish ma’nolarini
bildiradi. Insho – o‘z fikr – mulohazalarini tilning grammatik qoidalari
asosida mustaqil yozma bayon qilish usuli.
Inshoni quyidagicha tasnif qilingan:
1. Pedagogik maqsadiga ko‘ra: a) ta’limiy insho; b) nazorat insho.
2. Shakliga ko‘ra: a) og‘zaki insho; b) yozma insho.
3. Mavzusiga ko‘ra: a) adabiy insho; b) erkin insho; d) adabiy-ijo-
diy insho.
4. Janriga ko‘ra: a) rivoya insho; b) tasviriy insho; d) muhokama
insho; e) taqriz insho.
Reja–o‘quvchining mavzu yuzasidan bilganlarini chegaralash,
muayyan tartibga solish, tizim holiga keltirish, obrazlar haqida, asar us-
lubi haqida xulosa chiqarish vositasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |