Gaz taqsimlash mexanizmining tuzilishi. Reja


Download 1.26 Mb.
bet1/2
Sana23.03.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1289700
  1   2
Bog'liq
Gaz taqsimlash mexanizmining tuzilishi


Gaz taqsimlash mexanizmining tuzilishi.


Reja.
1. Gaz taqsimlash mexanizmining vazifasi.
2. Klapanlari yuqorida joylashgan gaz taqsimlash mexanizmi.

Gaz taqsimlash (ichki yonuv dvigatellarida) — ichki yonuv dvigateli kiritish va chiqarish organlarining davriy harakati (ochilib-yopilishi) natijasida yuz beradigan jarayon. U dvigatel silindrining yangi zaryad bilan toʻlishini (soʻrish, kirish) va ish bajarib boʻlgan gazning silindrdan chiqib ketishini (chiqarish, chiqish) taʼminlaydi. Dvigatelning turi va tuzilishiga qarab, gaz taqsimlash klapan (qopqoq)li, shaybali, zolotnikli (klapansiz), tirqishli va aralash boʻlishi mumkin. Kema va teplovoz ichki yonuv dvigatellari (dizellar)dagi Gaz taqsimlash tizimida qoʻshimcha kulachoklar va reversiv qurilmalar boʻladi. Bular dvigatel tirsakli valining aylanish yoʻnalishini oʻzgartirishga imkon beradi.
Gaz taqsimlash mexanizmi- silindrlarga havoni (dizellarda) yoki yonuvchan aralashmani (karburatorli va gazli dvigatellarda) kiritishni hamda ishlatilgan gazlarni chiqarishni o’z vaqtida amalga oshirish uchun mo’ljallangan. Gaz taqsimlash mexanizmi klapanlarining yuqorida (silindrlar kallagida) va pastda (silindrlar blokida) joylashgan turlari bo’ladi. Zamonaviy avtomobil dvigatellarida klapanlari yuqorida joylashgan gaz taqsimlash mexanizmi ishlatiladi. Klapanlarning bunday joylashuvi bejirim yonish kamerasi olishga, silindrlarni yonuvchan aralashma bilan yaxshi to’ldirishga va issiqlik tirqishlarini sozlashni yengillashtirishga imkoniyat yaratadi.
Klapanlari yuqorida joylashgan gaz taqsimlash mexanizmi. Quyidagi chizmada ZIL-130 dvigatelining gaz taqsimlash mexanizmi ko’rsatilgan. Taqsimlash vali aylanganda uning mushtchalari (6,7), turtgichlar (20), shtangalar (19) va koromislo (14) orqali klapanlarga kuch yuboriladi, natijada prujinalar (12) siqilib klapanlar ochiladi. Klapanlarning yopilishi siqilgan prujinalar hisobiga amalga oshiriladi. Ikkala silindrlar qatori uchun umumiy bo’lgan taqsimlash valida, shuningdek, uzgich-taqsimlagich va moy nasosi yuritmalarining shesternasi hamda yonilg’I haydovchi nasos yuritmalarining ekssentrigi joylashtirilgan. Taqsimlash vali silindrlar blokida joylashgan bo’lib, shesterna (1) orqali tirsakli valdan harakat oladi. Uning aylanishlar chastotasi tirsakli valning aylanishlar chastotasidan ikki marta kichik bo’lishi lozim.
Taqsimlash valining o’q bo’ylab siljishini cheklash uchun shesterna (1) va oldingi tayanch bo’yni (4) orasiga tirgak halqa (3) qo’yiladi. U tayanch flanes (2) va shesterna orasidagi tirqishni (0,1-0,2 mm) ta’minlaydi.
VAZ va “Moskvich” avtomobillarining zamonaviy, aylanishlar soni yuqori bo’lgan dvigatellarida taqsimlash vali silindrlar blokining kallagiga o’rnatilgan. Bu o’z navbatida mushtchalar va klapanlar orasidagi kinematik bog’lanishlarni ancha soddalashtiradi.

12-rasm. Taqsimlash valining yuqorida joylashgan gaz taqsimlash mexanizmi yuritmasi:

a-zanjirli; b-tishi bor tasmali; 1-tirsakli val, 2-yetaklovchi tishli g’ildirak; 3- zanjir; 4-boshmoq; 5-tortish moslamasi; 6-yetaklovchi tishli g’ildirak; 7-taqsimlash vali; 8-klapan yuritmasi richagi; 9-klapanlar; 10-rostlash boltining vtulkasi; 11-rostlash bolti; 12-zanjir tinchlantirgichi; 13-moy nasosi va uzgich-taqsimlagich yuritmalarining tishli g’ildiragi; 14,16,17-tishli shkivlar, 15-tishli tasma; 18-bolt.
Taqsimlash valining bunday joylashuvi yuqorigi joylashuv deb ataladi va bu vaziyat silindrlar blokini soddalashtirish hamda gaz taqsimlash mexanizmining ishlagan paytdagi shovqinlarni kamaytirish imkoniyatini beradi. Yuqorida joylashgan taqsimlash vali zanjir yoki tishli tasma vositasida harakatga keltiriladi. Masalan, VAZ-2101 “Jiguli” avtomobili dvigatelida cho’yandan tayyorlangan taqsimlash vali (7) beshta tayanchda joylashgan, ularning aluminiyli korpusini shpilkalarga o’rnatib, silindrlar kallagiga, yuqoridan gaykalar bilan qotirib qo’yiladi.
Taqsimlash vali aylanganda, uning mushtchalari bevosita richaglarga (8) ta’sir etadi. Bir tomoni bilan qo’zg’almas rostlash boltining (11) sferik kallagiga tayanib turgan richag, ikkinchi tomoni bilan klapanni yuqori tomonidan bosadi va natijada klapan ochiladi. Rostlash bolti silindrlar kallagining vtulkasiga (10) burab kiritilgan bo’lib, kontrgaykalar bilan qonirib qo’yiladi. Klapanlar siqilgan ikkita prujina hisobiga yopiladi. Aylanma harakat, tirsakli valdan (1) taqsimlash valiga vtulka-rolikli zanjir (3) orqali uzatiladi. Xuddi shu zanjir bilan moy nasosi va uzgich-taqsimlagich yuritmalarining yetaklovchi tishli g’ildarakchasi ham aylantiriladi. Zanjirning tebranishlarini kamaytirish uchun dvigatelning old tomoniga mahkamlangan tinchlantirgich (12) xizmat qiladi. Vaqti-vaqti bilan zanjirni tortib turish uchun boshmoqli (4) rostlash moslamasi (5) o’rnatilgan.
VAZ-2105 avtomobilining dvigatelida taqsimlash vali tishli tasma yordamida aylantiriladi. Shuning uchun tisakli va taqsimlash vallariga, maxsus shaklli tashqi tishlari bo’lgan shkivlar (14,16) o’rnatilgan, ularni ichki tomonida tishlari bo’lgan tasma (15) qamrab turadi. Moy nasosining tishli shkivi (17)ni ham xuddi shu tasma qamrab turadi. Tasma maxsus rezinadan tayyorlanib, shisha kordli shnur bilan mustahkamlangan. Uning tishli sirti esa maxsus elastik material bilan qoplangan. Yuritma konstruksiyasida tortish moslamasi nazarda tutilgan bo’lib, u moslamani tashqi sirtidan prujina yordamida bosib turuvchi, buriladigan plastinaga o’rnatilgan silliq rolikdan iborat. Tasmani normal holatda tortish uchun plastinaning ariqchasimon teshigidan o’tkazib qotirilgan boltni (18) bo’shatish kifoya. Chunki prujina va plastinani rolik (5) bilan birga o’ziga tortib, tasmani taranglaydi. Shundan so’ng bolt qotirib qo’yiladi. Taqsimlash vali yuritmasining barcha qismi moylashga muhtoj emas. Chang va kirlardan yengil plastmassa qopqoq yordamida himoya qilingan. Bunday yuritmalar zanjirli yuritmalarga qaraganda, metallarni tejash va gaz taqsimlash mexanizmining shovqinini pasaytirish imkonini beradi. Hozirgi paytda chet ellarda yengil avtomobillar dvigatellarida har bir silindr uchun to’rttadan klapan qollanilmoqda. Ikkita chiqaruvchi klapanlar silindrni ishlatilgan gazlardan yaxshi tozalashni ta’minlasa, ikkita kirituvchi klapanlar esa yaxshi to’ldirioshni ta’minlaydi. Natijada litrli quvvat 10-20 foizga ko’payadi.



KamAZ-740 dizelidagi taqsimlash valining mushtchalari va tayanch bo’yinlari sirtlari sementasiya qilingan va yuqori chastotali tok bilan toblangan. Podshipniklar vtulkasi bimetall (ikki xil metall yoki qotishma qatlamidan iborat) lentadan tayyorlangan bo’lib, ular blok pardevorlariga zichlab o’tkazilgan. Taqsimlash vali yuritmasining shesternalari silindrlar blokining orqa tomonida joylashgan. Valning har bir tayanch bo’yinlari juftligi orasida to’rttadan, o’ng va chap qatordagi bittadan silindrning klapanlari uchun mushtchalar joylashgan. Mushtchalarning o’zaro joylashish burchagi silindrlarning ishlash tartibi va gaz taqsimlash fazalariga bog’liq bo’ladi.


Har bir silindr bittadan kirituvchi va bittadan chqaruvchi klapanlarga ega. Ayrim dvigatellar uchun taqsimlash vali cho’yandan tayyorlanadi/ bunday holatlarda uning mushtchalari va tayanch bo’yinlari oqartiriladi.
Karburatorli dvigatellarning taqsimlash vali shesternalari cho’yandan (ZIL-130) yoki tekstolitdan (YaMZ-53, ZMZ-24) tayyorlanadi. Shesternalarning tishlari qiya joylashgan. Shuning uchun ular taqsimlash valining o’q bo’ylab siljitishga harakatlanuvchi kuchlarni paydo qiladi.
Turtkichlar po’lat yoki cho’yandan tayyorlanadi. Po’lat turtkichlarning mushtchalar bilan tegishadigan qismiga (tovoniga) cho’yan qoplanadi. Turtkichlar silindrsimon (ZIL-130), qo’ziqorinsimon (KamAZ-740) yoki rolikli (YaMZ-236) bo’ladi. Turtkichlar shtangalarning pastki uchi tushib turadigan chuqurchalarga ega. Turtkichlar silindrlar blokidagi yo’naltirgichlarda yoki blokka o’rnatilgan yo’naltiruvchilar korpusida harakatlanadi.
Shtangalar ichi kovak qilib, po`latdan (KamAZ-740, ZIL-130) yoki duraluminiydan (ZMZ-53, ZMZ-24) tayyorlanadi. Ularning ikkala uchiga toblangan po`latdan yasalgan poynak (uchlik) o`rnatiladi. Shtanga bir uchi bilan turtkichga, ikkinchi uchi bilan esa rostlash vintining sferik sirtiga tayanib turadi.
Koromislo po`lat yoki cho`yandan tayyorlanadi. Koromisloning klapan tomonidagi elkasi shtanga tomondagidan uzunroq bo`ladi. Bu albatta, turtkich va shtanganing ko`tarilish balandligini kamaytirish imkonini beradi. Masalan, KamAZ-740 dizeli koromisloning uzatish nisbati 1: 1,55 ga tengdir. Klapan mexanizmidagi issiqlik tirqishini rostlash uchun, koromisloning kalta yelkasuga kontrgaykali rostlash vinti o’rnatilgan. Koromislo teshigiga bronzali vtulka zichlab o’tkazilgan. Koromislo barcha silindrlar uchun umumiy bo’lgan (ZIL – 130, ZMZ - 53) yoki har bir silind uchun alohida bo’lgan (KamAZ - 740) ichi kovak o’qlariga o’rnatiladi.
Klapanlar kiritish va chiqarish kanallarini ochadi hamda yopadi. Klapan o’zak qismidan va tarelkasimon kallakdan iborat. Kirituvchi klapan kallagining diametri, chiqaruvchi klapannikidan katta bo’ladi. Kirituvchi klapanlar xromli po’latdan tayyorlansa, chiqaruvchi klapanlar (yoki ularning kallagi) olovbardosh po’latdan tayyorlanadi. Silindrlar blokiga yoki kallagiga zichlab o’rnatilgan klapan o’rindiqlari esa olovbardosh cho’yandan yasaladi. Kirituvchi klapanlarning ishchi yuzalariga, ba’zan, olovbardosh qotishmalar qoplanadi. Yaxshi sovitilishi uchun ayrim chiqaruvchi klapanlarning ichki qiami suyuqlanish harorati 980C va issiqlik o’tkazuvchanligi yuqori bo’lgan metallsimon natriy bilan to’ldiriladi. Klapan harakatlanganda suyuqlangan natriy o’zak ichiga siljib, kallakdagi issiqlikni o’ziga olib o’zakka, u esa o’z navbatida yo’naltiruvchi vtulkaga uzatadi. Klapan kallagining ishchi sirti (faskasi) odatda 450 burchakka ega bo’ladi, faqat ZIL-130 dvigatelidagi kirituvchi klapanlar faskasi 300 bo’ladi.
ZIL-130 dvigatelining chiqaruvchi klapanlari ishlash jarayonida majburiy buralib turadi. Bu holat ularni tez yeyilishdan va kuyib ketishdan saqlaydi. Buruvchi mexanizm qo’zg’almas korpus , qaytaruvchi prujinali beshta zoldr, disksimon prujina va qulfli halqasi bo’lgan tayanch shaybalardan iborat.
Hozirgi paytda chet ellarda borgan sari to’rt klapanli, ya’ni har bir silindr uchun ikkita kirituvchi va ikkita chiqaruvchi klapanlari bo’lgan konstruksiyalar keng qo’llanilmoqda. Bu konstruksiyalar, albatta, silindrlarni yangi aralashma bilan to’ldirishga, demak dvigatelning litrli quvvatini oshirishga imkon beradi. 

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling