Gaz taqsimlash mexanizmni tuzilishi va ishlashi Reja
Taqsimlash shesternyalari
Download 21.52 Kb.
|
Gaz taqsimlash mexanizmni tuzilishi va ishlashi Reja-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dekompressiya mexanizmi
Taqsimlash shesternyalari tirsakli valdan aylanma harakatni taqsimlash vallariga uzatadi. Ular dvigatelning old qismiga, odatda qopqoq bilan yopiladigan maxsus karterga yoki dvigatelning orqa qismiga joylashtiriladi. Taqsimlash shesternyalari bir tekis yurishi va shovqin chiqarmasligi uchun qiyshiq tishli qilib yasaladi.
Taqsimlash vali materiali sifatida po‘lat, cho‘yan va plastmassa ishlatiladi. Taqsimlash valida etakchi shesternya tekstolit (plastmassa) dan yasalgan. Boshqa dvigatellarda taqsimlash shesternyalari metalldan tayyorlanadi. Etakchi va etaklanuvchi taqsimlash shesternyalarini tayyorlashda har xil materiallar qo‘llanilishi ularning ishlaganida kam shovqin chiqarishiga imkon beradi. Taqsimlash shesternyalari (oraliq shesternyadan tashqari) o‘z vallariga qat’iyan ma’lum vaziyatda shponka yoki boltlar bilan mahkamlanadi. Dvigatelni yig’ishda shesternyalar tishlari ulardagi belgilarga qarab qo‘shiladi, ba’zan, karter shesternyasidagi belgiga qarab qo‘shiladi. Shesternyalarni bunday joylashtirish tirsakli val, taqsimlash vallari hamda dizeldagi yoqilg’i nasosi yuritmasi vallarini o‘zaro mos holda aylanishini ta’minlaydi. Turli dvigatellarda belgilarning ko‘rsatilishi va ularning o‘zaro joylashishi turlicha bo‘ladi. . Dekompressiya mexanizmi Dekompressiya mexanizmi yurgizib yuborish tizimi mexanizmlaridan biri hisoblanadi. U dizel tirsakli vali aylanishini engillashtirish uchun xizmat qiladi. Dekompressiya mexanizmi gaz taqsimlash mexanizmining ishlashi bilan uzviy bog’langan, shuning uchun uning konstruktsiyasi shu bobda ko‘rib o‘tiladi. Dizelning yurgizib yuborish va mexanizmlarni rostlashda tirsakli valni aylantirish davrida kiritish, ba’zan, chiqarish klapanlarini butun tsikl davomida ochib, dizelning yonish kamerasi atmosfera bilan tutashtiriladi. Buning natijasida, tsilindrlardagi havo bosimi pasayadi, ya’ni dizel dekompressiyalanadi. Tirsakli val aylantirilganida dekompressiyalangan dizel sekin - asta qiziydi, undagi moyning qovushqoqligi kichiklashadi, natijada aylanishga bo‘lgan qarshilik kamayadi. Dizelning tirsakli vali etarlicha aylanishlar chastotasi (300 aylmin ga yaqin) ga etganda dekompressiya mexanizmi to‘xtatilib, yoqilg’i berish boshlanadi. Dizel dvigatellarida dekompressiya mexanizmi klapanlarini valik 1 bilan a) turtkich 2 ga ta’sir ko‘rsatishi maxsus shtanga 5 bilan koromislo 4 ning qisqa elkasini ko‘tarib b), valik 1 yoki bolt 6 bilan koromislo 4 v va g) ning uzun elkasini bosib ochadi. 6-расм. Dekompressiya mexanizmlari sxemasi: a–valik bilan turtkichga ta’sir etish; b–maxsus shtanga bilan koromisloning qisqa elkasini ko‘tarish; v–valik bilan koromisloning uzun elkasini qisish; g–bolt bilan koromisloning uzun elkasini qisish; 1–valik; 2–turtkich; 3–shtanga; 4–koromislo; 5–dekompressiya mexanizmi shtangasi; 6–bolt (vint); 7–kontrgayka Boshqa dizellarda dekompressiya mexanizmi faqat kiritish-klapanlariga ta’sir ko‘rsatadi. Boshqa dizellarda dekompressiya mexanizmi karter devoriga o‘rnatilgan liskali to‘rtta valik 1 dan (7-rasm) iborat. Liskali valik uchlari kiritish klapanlari turtkichlari 6 ning o‘yiqlariga kirib turadi. Plastinalar 8 valiklarni tutib turadi. Richag 2 ning bir uchi shponkali shayba 10 va boltlar yordamida mahkamlangan valik 1 bilan birikkan. Richag 2 ning ikkinchi uchi barmoq 11 vositasida reyka 4 bilan bog’langan, reykani dekompressiya mexanizmini boshqarish tortqisi 13 bilan siljitish mumkin. Reykaning siljishi richag 2 dagi kemtik bilan cheklanadi. 7.8–rasmda dekompressiya mexanizmi ajratilgan vaziyatda ko‘rsatilgan, uni ulash uchun reyka 4 ni tortqi 13 bilan richag 2 dagi kemtik 3 ga taqalguncha orqaga siljitish kerak. Bunda valik 1 lar burilayotganida, o‘z tsilindr qismi bilan turtkichlar 6 ni ko‘taradi; kiritish klapanlari esa tirsakli val burilishida to‘liq yopilishga ulgurmaydi. Prujina 5 reyka 4 ni richag 2 larga siqadi, shuning uchun dekompressiya mexanizmi dizel ishlayotg anida o‘z holicha ulana olmaydi. 7-rasm. Dizelning dekompressiya mexanizmining sxemasi: 1–valik; 2–richag; 3–richagdagi kemtik; 4–reyka; 5 – prujina; 6–turtkich; 7–taqsimlash vali; 8–plastina; 9–zichlovchi halqa; 10–shponkaviy shayba; 11 – barmoq; 12 – shplint; 13 – tortqi http://fayllar.org Download 21.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling