Gaz taqsimlash mexanizmni tuzilishi va ishlashi Reja


Download 21.52 Kb.
bet1/3
Sana02.06.2024
Hajmi21.52 Kb.
#1833341
  1   2   3
Bog'liq
Gaz taqsimlash mexanizmni tuzilishi va ishlashi Reja-fayllar.org


Gaz taqsimlash mexanizmni tuzilishi va ishlashi Reja

Gaz taqsimlash mexanizmni tuzilishi va ishlashi


Reja:
1. Klapanli taqsimlash mexanizmning ishlashi
2. Klapanli gaz taqsimlash mexanizm detallari
3. Dekompressiya mexanizmi
To‘rt taktli dvigatellarda klapanli gaz taqsimlash mexanizmlari ishlatiladi, bu klapanlar kirish va chiqish teshiklarini ochib va yopib turadi.

Klapanli gaz taqsimlash mexanizmlarining ikki turi farq qilinadi: tsilindrlar kallagiga o‘rnatilgan osma klapanli va blok karterga urnatilgan klapanli mexanizmlar.


Ikki taktli dvigatellarda gaz taqsimlash ikki usulda bajariladi: 1-rasmda ko‘rsatilganidek, krivoship-shatun mexanizmi bilan;
  1. tizim bilan amalga oshiriladi; bu holda havo porshen ochib va yopib turadigan tuynukcha orqali kiradi, ish bajargan gazlar esa klapanlar yordamida chiqarib yuboriladi.




Osma klapanli gaz taqsimlash mexanizmi quyidagicha ishlaydi. Tirsakli val shesternyalar orqali taqsimlash vali 1 ni aylantiradi. 1-rasmda taqsimlash valiv aylanganda uning kulachoklari o‘z chiqiqlari bilan turtkich (tolkatel) 3 ni ko‘taradi. Turtkich o‘zagi blok karterda harakat qiladi. Turtkich bilan birgalikda (pastki uchi turtkich 2 ning sferik o‘yig’I ichiga, yuqori uchi koromislo 8 ning rostlash vinti 6 ga tiralgan) shtanga 4 ko‘tariladi. O‘q 7 ga o‘rnatilgan koromislo o‘z o‘qi atrofida buriladi va klapan 13 ni pastga siqadi. Bunda tsilidrlar kallagidagi kanal teshiklari ochiladi, prujinalar 12 siqilgan bo‘lsa ham (klapanni yopiq holda tutib turish uchun), qo‘shimcha siqiladi. Klapan o‘zagi yo‘naltiruvchi vtulka 14 da harakat qiladi.
Turtkich kulachok chiqiqlari uchida turganida, klapan eng katta ochiladi. Taqsimlash valining undan eying burilishida turtkich tusha boshlaydi, klapan esa prujina ta’siridan yuqoriga harakat qiladi, yurish oxirida tsilindrlar kallagidagi kanal teshigini zich yopadi. Klapanning teskari (qaytma) harakatida uzatish detallari (koromislo, shtanga va turtkich) dastlabki vaziyatiga qaytadi.
To‘rt taktli dvigatelning bir ish tsikli vaqtida kiritish va chiqarish klapanlari bir martadan ochiladi. Buning uchun taqsimlash vali bir ish tsiklida bir marta aylanishi, tirsakli val esa bu davrda ikki marta aylanishi kerak. Shuning uchun taqsimlash vali yuritmasi 1: 2 uzatish nisbatiga ega bo‘ladi. Ikki taktli dvigatellarda taqsimlash vali tirsakli val bilan bir xil aylanish sonida aylanadi, shuning uchun uning yuritmasi 1: 1 uzatish nisbatiga ega.
Bir xil sharoitda yon klapani dvigatel tsilindrlariga nisbatan osma klapanli dvigatel tsilindrlari ko‘proq to‘ladi, chunki osma klapanli dvigatelda havo yoki yonilg’I aralashma oqimi tsilindrga kirganiga o‘z yo‘nalishini keskin o‘zgartirmaydi. Osma klapanlar yonish kamerasining ancha ixcham yasalishiga imkon beradi; bu esa uning devorlari orqali nobud bo‘ladigan issiqlik isrofini kamaytiradi, binobarin, yoqilg’ining solishtirma sarfini kamaytiradi.
1-rasm.Dizelning gaz taqsimlash mexanizmlari: 1–taqsimlash vali; 2–rolik; 3–turtkich; 4–turtkich shtangasi; 5 va 6–rostlash gaykasi va bolti; 7–koromisloning o‘qi; 8–koromislo; 9–koromislo o‘qi ustuni; 10–tsilindrlar qallagi; 11-qalpoq; 12–klapanning ichki va tashqi prujinalari; 13–klapan; 14–yunaltiruvchi vtulkasi
2-rasm.Gaz taqsimlanish diagrammalari:
a–dizellarida;b–karbyuratorli dvigatellarda

Klapanlarning ochilib-yopilish paytlari taqsimlash vali kulachoklari profiliga, uning tirsakli valga nisbatan o‘rnatilishi hamda klapanlar bilan turtkichlar yoki koromislolar orasidagi tirqish kattaliliga bog’liq.


Klapanlarning (yoki ikki taktli dvigatellarda tuynukcha) ochilish paytidan yopilish paytigacha bo‘lgan davr tirsakli valning burilish graduslarida ifodalanadi va bu davr gaz taqsimlash fazalari deyiladi. Gaz taqsimlash fazalarini gaz taqsimlash diagrammasi deb ataladigan doiraviy diagramma ko‘rinishida (3-rasm, a, b) tasvirlash mumkin.
Gaz taqsimlash fazalari asosan dvigatelning ishlash tezligiga bog’liq bo‘ladi. Dvigatelning nominal aylanishlari chastotasi qancha katta bo‘lsa, gaz taqsimlash fazalari burchaklari shuncha katta bo‘ladi.
Barcha dvigatellarda kiritish va chiqarish klapanlarining bir vaqtda ochilishi, ya’ni klapanlarning qayta yopilishi deb ataladigan holat yuz beradi. Qayta yopilish burchaklari qiymagi 16 dan 78 gacha oraliqda bo‘ladi. Klapanlar qayta yopilishida ish bajargan gazlar bilan chiqib ketayotgan yonuvchi aralashma miqdori uncha katta bo‘lmaydi, chunki qayta yopilish vaqti o‘tish kesimi kichik bo‘ladi.
Dvigatelning har bir yangi modeli uchun eng qulay gaz taqsimlash fazalari tajriba yo‘li bilan aniqlanadi. Dvigatelning qabul qilingan gaz taqsimlash fazasidan ozgina chetga chiqishi uning quvvatini va tejamkorligini ancha pasaytiradi. Dvigatelni yig’ishda uning gaz taqsimlash fazasini to‘g’ri o‘rnatish uchun tirsakli val va taqsimlash vali shesternyalarida mos holda turadigan maxsus belgilar qo‘yiladi.



Download 21.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling