Gaz tarmoqlari va jihozlarini montaj qilish va ulardan foydalanish faniga kirish


Gaz tarmoqlarini ta’mirlash usullari


Download 0.5 Mb.
bet11/17
Sana25.01.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1118904
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
Bog'liq
Xaliqulov gaz

Gaz tarmoqlarini ta’mirlash usullari
Reja;

1Gaz tarmoqlari turlari


2. Gaz tarmoqlaridaqo`llaniladigan materiallari
3. Gaz tarmoqlarini ulash turlari
Gaz tarmoqlari gaz oqimi harakatlanadigan oraliqlarda va ularni istemolchilar bilan bog’lovchi tugunlardan tashkil to’gandir. Gaz tarmoqlari geometrik ko’rinishga qarab qo’yidagi ikki guruhga bo’linadi:
a) tarmoqlangan, ya’ni boshi berkli tasvirda
b) xalqa ko’rinishli tasvirda

1 2


a ) 2 b)




4 4 3
5 3 5


5.2.1- rasm. Gaz tarmoqlarining tasvirlari
a) tarmoklangan ko’rinishda
b) xalqa ko’rinishda

Tarmoqlangan, boshi berk ko’rinishga ega bo’lgan (5.2.1-a - rasmga qa-rang) gaz quvurlarida istemolchilarga gaz miqdorining sarfi oraliqlar bo’yicha ketma-ketlik sarflanishga egadir. Tarmoqlangan gaz quvurlari tasvirida gaz oqimi tugunga bir oraliqga, bir yo’nalishda keladi, shuning uchun ham ularga (tu’ikli) bosh berk deb aytiladi.


Tarmoqlangan gaz quvurlarida zahirali (qo’shimcha quvurli) oraliq qismlarga ega emas, shuning uchun ham oraliqlarda avariya holati uchraganda o’zidan keyinga oraliqda istemolchilarga gazning yetib borishi to’xtatiladi. Bunday holatda gaz tarmoqlarining ishonchli ishlashini faqatgina ularni tashkil etgan tarmoq qismlarigina aniqlaydi. Tarmoqlangan quvurlarda gazni ishonchli ta’minlashda ularning asosiy qismlarida qo’shimcha jixozlanish orqali ham ta’minlash mumkin, lekin bunday loyihalanish juda katta qo’shimcha mablag’ talab qiladi. Tarmoqlangan gaz o’tkazish orqali amalga oshirish mumkin.
SHuning uchun gaz tarmoqlarining ishonchli ishlashini ta’minlashning eng ishonchli usuli, ularning xalqa ko’rinishda loyihalanishdir. (5.2.1.b –rasmga qarang), ya’ni ularni bog’lovchi orqali uchatkalari kiritish orqali amalga oshirishdir.
Xalqa ko’rinishli gaz tarmoqlarning tarmoqli ko’rinishdan asosiy farqi shundaki, ular yo’iq konturdadan iborat bo’lib, natijada istemolchilarga gaz oqimining kelishi uchun ikki yoki undan ortiq tarmoqlar orqali keluviga imkoniyat yaratiladi. SHuning uchun ham xalqa ko’rinishli gaz tarmoqlarining ishonchli ishlashi tarmoqli ko’rinishga nisbatdan juda yuqoridir. Bunga sabab ular bog’lanuvchi oraliq qismlarga egadir. Bundan tashqari yana bir farq shuki, tarmoqlangan quvirlarda tranzit gaz sarfi miqdori barcha oraliqlar bo’ycha bir xilda tarqaladi.
Xalqa ko’rinishli gaz tarmoqlarida esa ko’’ sonli tarmoqlanish variantlariga egadir. Misol uchun: tarmoqlangan ko’rinishli tasvirda (5.2.1. a –rasm) da 1-5 oraliqdagi gazning tranzit miqdori 4 va 5 tugunlardagi miqdorlar yig’indisiga tengdir va boshqa hech qanday yechimga ega emasdir. Xalqa ko’rinishli tasvirda esa (5.2.1 b–rasm) da hohlagancha variantda gazning taqsimlanish harakatini tuzish mumkin.
Xalqa ko’rinishli gaz tarmoqlari, gaz tarmoqlarining ishonchli ishlashini yetarlicha ta’minlash talab etilganda qo’llaniladi. Asosiy farqlardan ya’ni biri shundaki, tarmoqlangan quvurlarda quvur diametrining o’zgarishi, boshqa oraliqlarda gaz sarfi miqdorining qayta taqsimlanishiga olib kelmaydi, faqatgina tarmoq bosh nuqtasida bosmning o’zgarishiga olib kelish mumkin. Xalqa ko’rinishli gaz tarmoqlari oraliqlarda quvur diametrining o’zgarishi esa, qolgan barcha oraliqlarda gaz sarfi miqdorining qayta taqsimlanishiga olib keladi.
Bundan tashqari tarmoq bog’lanagan nuqtada bosimning o’zgarishi ham sodir bo’ladi.
Tarmoqlangan gaz quvurlarni hisoblash uchun yuqoridagi holatni e’tiborga olib ya’ni tarmoqlardagi tranzit gaz sarfi miqdori bir xilligini etiborga olib, hamma oraliqlar uchun gazning hisobli miqdori ma’lum bo’lganda har bir oraliqda kuydagi ikki noma’lum bilan xarakterlanadi. Ya’ni: har bir oraliqda quvur diametri di va yuqolayotgan bosim miqdori Δ’i –dir.
Agarda tarmoqli quvurdagi umumiyi oraliqlar soni R ga teng deb belgilasak, umumiy nomolumlar soni 2R ga teng bo’ladi.
Bunday holda masalaning yechimini to’ishda ya’ni no’malum 2R ni to’ish uchun qo’ydagi tenglamalarni tuzamiz. Har bir oraliqda yuqolayotgan gidravlik yuqolishni aniqlashda qo’yidagi tenglamani yozamiz:

(5.2.1)


bu yerda ΔRi –oraliqda bosim yuqolishi


k – gazning xususiyatiga bog’liq
di va li –oraliqdagi gaz quvurlarning diametri va uzunligi
α va β –gazning harakat tartibiga va quvurning silliqligiga bog’liqligini hisobga oluvchi ko’rastgich darajasi.
Tarmoqlangan gaz quvurlari bosimlar farkining o’zgarmas qiymatiga hisoblanganligini etiborga olib (ΔRx ) u holda qo’shimcha qo’ydagi tenglamani yozishimiz mumkin.
(5.2.2)
Bu tenglamadan shu narsa ma’lumki har bir yo’nalishda boshlang’ich nuqtadan oxirgi nuqtagacha bo’lgan oraliqdagi bosimning yo’qolishi qiymati, ΔRx miqdoriga tengdir. Tenglamalar soni esa oxirgi nuqtalar soniga tengdir.
Qolgan ortiqcha noma’lumlar soni

(5.2.3)


tarmoqlangan quvurlar uchun ‘=m-1 ligini hisobga olib qo’ydagicha yozishimiz mumkin.


(5.2.4)

Bu tenglama yordamida ortiqcha noma’lumlarni aniqlash mumkin.


Xalqa ko’rinishli gaz tarmoqlarning tasvirida gaz gaz oqimi tarmoqlanishning ko’’lab variantlari mavjuddir. Bunday xolda ya’ni xalqa ko’rinishli tarmoqlarda o’lchamlar no’malum bo’ladi, ya’ni: quvur diametri di, ulardagi bosimlar farqi - ΔRi va gazning hisobli miqdori Qi lardir. Bundan ko’rinib turibdiki xalqa ko’rinishli gaz tarmog’ining har bir oralig’ida uchta nomalum: diametri, bosimlar farqi va gazning hisobli miqdoridir, ya’ni oraliqdagi umumiy noma’lumlar soni uchlamchi 3R ga tengdir. Tarmoqlangan gaz quvurlarida har bir oraliqda gidravlik yo’qolayotgan bosim (5.2.1) tenglama yordamida hisoblashimiz mumkin edi, ya’ni tenglamalar soni R ga teng bo’lar edi.
Xalqa ko’rinishli tarmoqlar uchun elektr tarmoqlari kabi Kirxgof qonuniga asosan tenglamalarni tuzish ham mumkin, ya’ni tugunga kelayotgan va tuguning o’zidagi gaz miqdorini ham qo’shib gaz oqimning hamma algebrik yig’indilarini nolga teng bo’ladi. Ya’ni tugunga kelayotgan oqimni qo’shuv (+) belgisi bilan, tugundan chiqib ketayotgan oqimni ayruv (-) belgisi bilan ifodalab, bu holatni matematik kurinishda kuydagicha yozishimiz mumkin.

(5.2.5)


Bu yerda Qi j barcha gaz oqimning algebrik yig’indisi;


Qj –tugundagi gaz miqdori;
Xalqa ko’rinishli gaz tarmoqlarida tugunlar soni tenglamalar sonidan bitta kam bo’ladi.
Ya’ni bu qonun (m –1) ni beradi.
2) Yo’iq konturda bosimlar farqining algebrik yig’indisi nolga teng bo’ladi. Qachonki konturdan istemol bo’lmaganda konturda gaz oqimning harakatini soat strelkasi yo’nalishi bo’ycha musbat, unga teskari yo’nalishdagini manfiy deb qarasak, oraliqlardagi bosimlar farqining algebrik yig’indisi nolga teng bo’ladi.



Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling