Gaz xromatografiyasi Reja: Gaz xromatografiyaasining asosiy xarakteristikasi
-§. Suyuqlik-adsorbsion xromatografik tahlil usuli
Download 0.75 Mb.
|
Gaz xromatografiyasi
5.6-§. Suyuqlik-adsorbsion xromatografik tahlil usuli
Suyuqlik-adsorbsion xromatografiyaa ishlatiladigan asboblariga qarab ikki usulda: kolonkali va yupqa qatlamli usulda olib boriladi. Ular ayrim xususiyatlari bilan bir-biridan keskin farqlanadi. Suyuqlik xromatografiyaasi gaz xromatografiyaasidagi kabi prinsip-larga asoslangan bo'lib, bunda tashuvchi gaz o'rniga kolonkadagi qo'zg'almas faza bilan aralashmaydigan suyuqlik oqimidan foydalaniladi. Xromatografik kolonkadagi suyuq tashuvchi oqimiga tekshiriluvchi material namunasi kiritilganda moddalarning qo'zg'almas va harakatchan fazalar orasida qayta taqsimlanishi sodir bo'ladi va aralashma alohida birikmalarga ajraladi. Detektorda alohida moddalarga tegishli cho'qqilar qayd etiladi. Suyuqlik xromatografiyaasi amal-da moddalarning biror erituvchida eriydigan har qanday aralashma-larini tahlil qilishga imkon beradi. Suyuqlik xromatografiyaasida ishlatiiadigan asboblarning tuzilishi bo'yicha bir nccha o'ziga xos xususiyatlari bo'ladi. Xromatografik kolonka oqimga katta qarshilik ko'rsatishi tufayli suyuqlik tashuvchini xromatografga ma'lum bosim ostida kiritish kerak. Shuning uchun suyuqlik kolonkaga porshenli nasos yoki gaz bosimi ostida ishlovchi membranali moslamalar yordamida kiritiladi. Gaz va suyuqlikni ajratib turuvchi membrana (to'siq) gazning suyuqlikda erishining oldini olishda ishlatiladi. Namunani kiritish uchun ikki yo'lli jo'mrak yoki mikroshprislardan foydalaniladi. Kolonkalarning diametri kichik (2— 6 mm) va uzunligi 1 metrgacha bo'ladi. Ular shishadan, zanglamay-digan po'lat va teflondan yasaladi. Suyuqlik-qattiq modda xromatografiyaasida adsorbentlar sifatida aluminiy oksid, faollantirilgan ko'mir, kapron, kizelgur va boshqalar ishlatiladi. Suyuqlik-suyuqlik xromatografiyaasida suyuq fazani tashuvchilar gaz xromatografiyaasidagi tashuvchilar singari bo'ladi. Bunda qo'z-g'almas faza harakatchan fazaga aralashmasligi kerak. U kolonkaga uchuvchan erituvchidagi eritma tarzida kiritiladi va erituvchi azot gazi oqimi yuborilganda bug'lanib chiqib ketadi. Harakatchan fazani kolonkaga kiritib, tashuvchi qatlamlarining har xilligini yo'qotish uchun kolonkadan o'tkaziladi. Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling