G‘azal janri tarixi. Turkiy adabiyotda g‘azalning ilk namunalari
Download 20.73 Kb.
|
Документ Microsoft Word
REJA: G‘azal janri tarixi. Turkiy adabiyotda g‘azalning ilk namunalari. G‘azalning milliy xususiyatlari. Alisher Navoiy g‘azalarida ishq va farah, xayol va tasavvurning avj pardalari. Parokanda g‘azallar. Yakpora g‘azallar. Parokanda so‘zi “tarqoq”, “sochilgan” degan ma`nolarni bildiradi. Parokanda g‘azallarda boshdan-oyoq yagona fikr, kechinma yoki holat tasvirlanmaydi. Har bir bayt mazmunan mustaqil bo‘lib, avvalgi bayt keyingi baytning mazmunini belgilamaydi. Yagona kechinma yoki holat tasvirining yo‘qligi sababli parokanda g‘azallardagi baytlarning o‘rni almashtirilsa yoki biror bayt tushib qolsa ham, g‘azalning umumiy mazmuniga unchalik putur yetmaydi. Albatta, matla` va maqta` bundan mustasnodir. Chunki matla`dagi misralar o‘zaro qofiyadosh bo‘lsa, maqta`da shoirning taxallusi keladi. Parokanda g‘azal namunasi bo‘lgan Atoiyning quyidagi g‘azalini ko‘rib chiqaylik: Jamoling vasfini qildim chamanda, Qizordi gul uyattin anjumanda. Tamanno qilg`ali la`lingni ko‘nglum, Kishi bilmas onikim qoldi qanda. Chu jonimdin aziz jonona sensan, Kerakmas jon mango sensiz badanda. Mangu ul dunyada jannat na hojat, Eshiging tuprog‘i basdur kafanda. Solib borma meni, ey Yusufi husn, Bu kun Ya`qubdek baytul hazanda. Uzun sochingdin uzmasman ko‘ngulni, Oyog‘ing qanda bo‘lsa, boshum anda. Tilar el mansabi oliy va lekin, Atoyi sarvi ozodingg‘a banda G‘azal mahabbat mavzusida bo‘lib, oshiqning ma`shuqaga nisbatan otashin sevgisi tasviridan iborat. Ammo har bir baytda qandaydir mustaqillik, alohidalik seziladi, ya`ni keyingi bayt oldingi bayt mazmunining davomi emas. Baytlar mazmunini qisqacha ifodalasak, quyidagi manzara hosil bo‘ladi: 1-bayt: Sening jamoling guldan go‘zal. 2-bayt: La`l lablaringni ko‘nglim orzu qiladi 3-bayt: Sensiz hayot kerak emas. 4-bayt: Eshiging tuprog‘i jannatdan afzal. 5-bayt: Meni tashlab ketma. 6-bayt: Boshim uzun sochingga fido. 7-bayt: Men sarvi qadding bandasiman. Download 20.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling