Gazdan zaharlanish va birinchi yordam koʻrsatish haqida nimalarni bilishimiz kerak?
Kuz-qish mavsumida aholi oʻrtasida is gazidan zaharlanish hamda havo-gaz aralashmasi chaqnashi bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda aholining bu boradagi savodxonligini oshirish maqsadida, “Hududgaztaʼminot“ AJ quyidagilarni maʼlum qiladi.
Is gazi nima?
Is gazi (uglerod oksidi) - rangsiz, taʼmsiz, hidsiz zaharli gaz. Kimyoviy formulasi – CO2. U yer yuzida energiyaning jadal ishlatilishidan yuzaga keluvchi, tabiatda eng koʻp tarqalgan zaharlovchi gazlardan biridir.
Qazib olinadigan yoqilgʻilarning toʻliq yonmasligi is gazining bosh manbai hisoblanadi. U asosan koʻmir, tabiiy gaz va boshqa yoqilgʻilarning toʻliq yonmasligi sabab yuzaga keladi. Nafas olinuvchi havo tarkibida 0,1 foiz is gazining boʻlishi oʻlim holatiga olib kelishi mumkin! Is gazi organizmga tushganda u qon tarkibidagi gemoglabin va kislorod tashuvchi eritrotsitlarni oʻzaro bogʻlab, kislorodning tana boʻylab harakatlanishini cheklaydi. Natijada inson hushini yoʻqotadi.
Is gazidan zaharlanishning umumiy belgilari.
Bosh miya tizimida:uyquga tortish, bosh aylanishi, bosh ogʻrigʻi, hushini yoʻqotish;
Koʻrish tizimida:koʻz oldining qorongʻulashishi;
Eshitish tizimida:eshitish qobiliyatining pasayishi;
Teri qismida: terlash kuchayishi;
Nafas olish tizimida: nafas olishning ogʻirlashishi, yoʻtal;
Yurak qismida: puls va AB ortishi;
Mushaklar tizimida: tremor (qaltirash).
Qanday holatlarda is gazidan zaharlanish xavfi yuqori boʻladi?
Shamollatish tizimi yaxshi ishlamaydigan organik moddalarni ishlab chiqaradigan korxonalarda;
Do'stlaringiz bilan baham: |