5.2. Kasb-hunar asoslari (8soat)
Inson hayotida kasbning o‘rni. Kasb-hunar egallashda inson salomatligiga qo‘yilgan talablar.
Kasblar tasnifi, kasblarda mehnat turlarining ta’rifi. Kasblar tasnifi, kasblarda mehnat turlarining (odam-tabiat, odam-texnika, odam-odam, odam-belgili tizim, odam-badiiy obraz) ta’rifi.
Kasbni to‘g‘ri tanlashning mohiyati va istiqboli. Kasb tanlashda shaxs, shaxsiy qiziqish, mayl va qobiliyat.
Kasbga tanlashdagi onglilik va mustaqillik. Kasbning murakkablik omillari.
Kasbga yaroqlilikni belgilash va moyillikni tarbiyalash usullari. Kasbga yaroqlilik, yaroqsizlik, mos kelish, xavas.
Amaliy mashg‘ulot: Kasbiy o‘z-o‘zini anglash va kasbiy qiziqishni aniqlash usullari.
IX SINF
Texnologiya va dizayn yo‘nalishi
I Bob. Zamonaviy texnika va texnologiyalar (2 soat)
Xalq hunarmandchiligi mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish. Ishlab chiqarishni avtomatlashtirishning afzallik va kamchilik tomonlari.
Hunarmandchilik mahsulotlarining tashqi ko‘rinishi, shakli uzviyligi va kompozitsion yaxlitligining ta’minlanishiga ko‘ra baholash. Xalq hunarmandlari tomonidan eksport va ichki bozor uchun ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar. Zamonaviy materiallarning xalq hunarmandchiligida qo‘llanilishi.
II Bob. Materiallarga ishlov berish texnologiyasi (14soat)
2.1. Yog‘ochga ishlov berish texnologiyasi (6soat)
Ganch o‘ymakorlik usullari. Ganch qorishmasini tayyorlash texnologiyasi. Naqsh solish usullari. Naqshlarni rangli va rangsiz gulganch bilan pardozlash ishlari.
Amaliy mashg‘ulot: Gipsdan, albasterdan suvenir mahsulotlari va esdalik buyumlar tayyorlash.
Buyra va Savat tayyorlash texnologiyalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |