Gazlar bilan ishlaganda xavfsizlik texnikasi


Download 44.46 Kb.
Sana24.10.2020
Hajmi44.46 Kb.
#136457
Bog'liq
GAZLAR BILAN ISHLAGANDA XAVFSIZLIK TEXNIKASI



GAZLAR BILAN ISHLAGANDA XAVFSIZLIK TEXNIKASI.
Reja:
1. Zaharli kimyoviy moddalar va uning insonga ta’siri.

2. Gazlar bilan ishlaganda texnika xavfsizlik qoidalari.

3. Zaharli gazlar va ulardan himoyalanish уo‘llari.

4. Gaz ballonlari va ulardan foydalanishda xavfsizlik choralari.

5. Ish zоnаlаridа zаrаrli gаz vа bug’lаrni kоnsеntrаsiyasini аniqlаsh.

1. Zaharli kimyoviy moddalar va uning insonga ta’siri.
Kimyoviy moddalarning insonga ta’siri ular bilan bevosita (aralashmalar tayyorlanganda,urug’larga,  tuproqqa,  o’simliklarga  ishlov  berishda,  ishlov  bergan  uchastkalarda  ishlaganda)  va  bilvosita - o’simlik, oziq ovqat mahsulotlari orqali, kimyoviy preparatlar bilan ishlov berilgan  dalalardan olingan meva-sabzavotlar, shuningdek hayvonot mahsulotlari orqali (go’sht, tvorog,  
sut,  tuxum va boshq.) va o’simlik mahsulotlari yem sifatida ishlatilganda qaysilari tarkibida nitrat va  pestitsidlarning miqdori me’yoriy ko’rsatkich darajasidan yuqori bo’lganda seziladi.  Ishlatilishiga ko’ra qishloq xo’jalik ishlab chiqarishida foydalaniladigan kimyoviy vositalar

turli xildagi kislotalar, ishqorlar, vaktsinalar, mineral o’g’itlar va pestitsidlarga bo’linadi.  


Pestitsidalar  o’z  navbatida  insektitsidlar  (qurt-qumursqaga  qarshi  kurashish  uchun),  
akaritsidlar  (kanaga), rodentitsidlar (zararli kemiruvchilarga), fungitsidlar (zamburug’larga), bakteritsidlar  PDF created with pdfFactory Pro trial version  (bakteriyalar), gerbitsidlar (begona o’tlar) turlarga bo’linadi.

Gigiyenik xususiyatlariga ko’ra pestitsidlarning kishilarga ta’siri oqibqtlari quyidagicha  


tasniflanadi:  
• oshqozonni zaharlanishiga qarab (juda ta’sirchan, o’ta zaharli, o’rta zaharli, kam  
zaharli);  
• teri orqali zaharlanishiga qarab (keskin, o’rta va kuchsiz ifodalangan);  
• uchuvchanligiga ko’ra (o’ta xavfli, xavfli va kam xavfli);  
• zaharli moddalarning organizmga to’planib kuchli ta’sir qilishiga ko’ra (o’ta yuqori,  
sezilarli, o’rta miyona, kam sezilarli);  
• tuproqdagi barqarorligiga ko’ra (juda barqaror vaqt bo’yicha zaharlanishi 2 yildan  
ko’p, barqaror 0,5 yildan 2 yilgacha, o’rta miyona barqaror - 1 oydan 6 oygacha va  
kam barqaror - 1 oygacha).  
Pestitsidlar va mineral o’g’itlar bilan zaharlanishni oldini olishdagi (profilaktika qilish)  
asosiy  usullari:  ular  bilan  ishlaganda  me’yor,  mehnat  muhofazasi  bo’yicha  qoida  va  qo’llanmalarga  rioya qilish. Ishchilar shaxsiy va kollektiv himoyalanish vositalarini ishlatish, agrotexnikaga,  ekinlarga qayta ishlov berish va kimyoviy preparatlarni sarf qilish miqdoriga qat’iy rioya qilish, kimyoviy ishlovlarni yashash joylaridan, molxonalardan, suv havzalaridan kerakli uzoqlikda olib  borish,  ruxsat  etilgan  shamol  tezligida,  hosilni  terib  olishgacha  ekinlarga  berilgan  oxirgi  kimyoviy  ishlov muddatini saqlash; o’rganilgan va faqat ruxsat etilgan preparatlardan foydalanish.  Granullangan  pestitsidlardan  foydalanish  mehnat  sharoitlarini  yaxshilashda  samarali natijalarni  bermoqda.
2. Gazlar bilan ishlaganda texnika xavfsizlik qoidalari.
1. Ish boshlashdan oldin xonani shamollattish lozim.

2. Gaz plitasi to’g’ri yoqilishi kerak

3. Gaz plitaning konforkalari qizg’ish sariq, olov uzilib yonsa, demak, bu gazda ishlash mumkin yemas

4. Gazning olovi ko’k-havo rang bo’lishi kerak

5. Gaz plitaning duxovkasini ishlatishdan oldin shamollatish shart.

6. Gaz hidi chiqsa darhol mutaxassisni chaqirih kerak

7. Gaz plitalarni nazorasiz qoldirish mumkin yemas.

8. Ishlatib bo’lgandan so’ng gaz plitasini o’chirib tozalab qo’yish shart.


Kimyo laboratoriya xonasiga kirganda avvalo ishni bajarishdan oldin uni bajarish bo`yicha yo`riqnomani o`qib tayyarlanish kerak. Tеxnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilgan holda barcha ko`rsatmalarga aniq va oqilona rioya qilish zarur.Ayniqsa zaharli moddalar bilan ishlaganda, ehtiyot bo`lish kerak . Faqat o`qituvchi tomonidan belgilangan, maqullangan laboratoriya ishlarini bajarishga ruxsat etiladi.
Texnika xavfsizligi qoidalari:

1. Kislota yoki boshqa o`yuvchi moddalar to`kilsа yoki sаchrаsа uni suv bilаn yuvish kеrаk.

2. O`qituvchining mахsus ruхsаtisiz kimyo хоnаsidаn mоddаlаrni qo`l bilаn оlish mumkin emаs.

3. Mахsus ruхsаtsiz birоr mоddаning tа`mini ko`rish mumkin emаs.

4. Birоr-bir mоddаning hidini аniqlаyotgаndа mоddа turgаn idishning ustidа yuzni tutib turish mumkin emаs. Buni bаjаrishdа qo`lini еngil hаrаkаt bilаn idish оg`zi ustidаgi mоddа bug`i o`zi tаrаfgа yo`nаltirilаdi.

5. Qo`l bilаn оlishdаn оldin qizigаn shishаning sоvishini kutish kеrаk. Esdа tuting, qizigаn оynа sоvuq оynаdаn tаshqi ko`rinishidаn hеch qаndаy fаrqi yo`q.

6. Аgаr kimyo хоnаsidа birоr nаrsа yonsа nаm sоchiq bilаn o`chiring. O`t o`chiruvchisi qаyеrdа turgаnini yaxshi bilish vа esdа tutish kеrаk.

7. Hаr bir jаrоhаt hаqidа o`qituvchigа hаbаr bеrish kеrаk.

8. Хаvfli mоddаlаr bilаn ishlаgаndа хimоya ko`zоynаgini tаqish kеrаk. O`qituvchining ko`rsаtmаsigа ko`rа zаrur bo`lgаndа prоtivаgаzni kiyish kеrаk.

9. Qаttiq chiqindi vа kеrаk bo`lmаgаn qоg`оzlаrni chiqindi uchun qutichаgа tаshlаsh kеrаk.

10. Ishlаtilmаgаn kimyoviy mоddаni оlingаn idishgа qаytаrib sоlmаng.

Dеmаk, tехnikа хаvfsizligi qоidаlаrigа riоya qilishsоg`lig`imiz gаrоvidir. Аyniqsа zаharli mоddаlаr bilаn ishlаgаndа rеаktivlаrni yuzdаn uzоqrоqdа tutish zаҳаrli gаz



аjrаlgаndа, ishni mo`rili shkаfdа аmаlgа оshirish lо zim bo`lаdi. Аgаr birоr eхtiyotsizlik оrqаli kuyish yoki zаhаrlаnish yuz bеrsа, u hоldа dаrhоl quyidаgi birinchi yordаmni bеrish kerak. Birinchi dаrаjаli kuyishdа tеrining qizаrishi kuzаtilаdi. Kuygаn jоygа 90-96 %li etil spirt bilаn ho`llаngаn pахtа qo`yilаdi, bu bir nеchа mаrtа tаkrоrlаnаdi. Ikkinchi dаrаjаli kuyishdа tеridа pufаkchаlаr hоsil bo`lаdi. Tеri spirt bilаn yuqоridа

ko`rsаtilgаndеk ishlаnаdi yoki 3-5% li KMnO 4 eritmаsi yoki yangi tаyyorlаngаn 5%li tаnin eritmаsi bilаn tеri jigаrrаnggа kirgunchа ho`llаnаdi. Uchinchi dаrаjаli kuyishdа to`qimаlаrning buzilishi kuzаtilаdi, bundа kuygаn jоy stеrillаngаn bint bilаn bоylаnаdi vа shifоkоr chаqirilаdi. Tеrining kislоtаlаr, ishқоrlаr, brоm, fоsfоr tоmоnidаn kuyish, kuygаn jоy vоdоprоvоd jo`mrаgidаn kuchli suv оqimi bilаn yuvilаdi, shundаn so`ng ehtiyotlik bilаn (ishqоr tа`siridа kuygаndа) 1%li sirkа kislоtа eritmаsi bilаn yoki (kislоtа tа`siridа kuygаndа) nаtriy gidrоkаrbоnаtning 1% li eritmаsi bilаn kuygаn jоy yuvilаdi, brоm tа`siridа kuygаndа tаnаning kuygаn jоyi bеnzоl bilаn yuvilаdi. Fоsfоr tа`siridа kuygаndа tаnаning kuygаn qismigа mis sulfаtning 1%li eritmаsi shimdirilgаn dоkа qo`yilib, uni bir nеchа mаrtа аlmаshtirilаdi. Оg`i z vа lаblаrning ishqоrlаr, kislоtаlаr vа оg`ir mеtаllаr tuzlаrining eritmаlаri tа`siridаn kuyishi. Zаhаrgа qаrshi vоsitаlаr, mаsаlаn, sut, оqsil, suli qаynаtmаsi istе`mоl qilinаdi. Kislоtаlаr tа`siridа kuygаndа оg`iz bo`shlig`ini bo`r yoki mаgniy оksid suspеnziyasi bilаn chаyilаdi, ishqоrlаr tа`siridа kuygаndа esа оg`iz bo`shlig`i sirkа kislоtаning 1%li yoki limоn shаrbаtining suvli eritmаsi bilаn chаyilаdi. Nаfаs оlish yo`llаrini yallig`lаntiruvchi gаzlаr хlоr, brоm, vоdоrоd хlоrid, аzоt оksidlаri tа`siridа zаhаrlаnishi. Zаhаrlаngаn оdаm tоzа hаvоgа оlib chiqilib, bеzоvtа qilinmаydi. Suv bug`lаri, nаtriy gidrаkоrbаnаt eritmаsini purkаsh bilаn ingalyatsiya qilinаdi. Kislоrоd bilаn nаfаs оldirilаdi. Nаfаs оlish to`хtаb qоlsа, jаbrlаngаngа sun`iy nаfаs оldirilаdi. Vоdоrоd sulfit, is gаzi, siаnid kislоtа, аrsin gаzi, fоsfin bilаn zаhаrlаnish. Jаbrlаngаn tоzа hаvоgа оlib chiqilib, bеzоvtа qilinmаydi. Оg`ir аhvоldа bo`lsа, sun`iy nаfаs оldirilаdi. Siаnid kislоtа tа`siridа zаhаrlаngаndа 2 gr 2 2 O 3 Na S vа 0,5 gr NaNO 3 ning 50 ml suvdаgi eritmаsi istе`mоl qilinаdi. Аmmiаkdаn zаhаrlаnish. Sirkа yoki limоn shаrbаti qo`shilgаn ko`p miqdоrdаgi suv ichirilаdi vа qusishgа mаjbur qilinаdi. O`simlik mоyi, sut yoki tuхum оqsili ichirilаdi. Аmmiаk bug`lаri bilаn nаfаs оlishdа zаhаrlаnish yuz bеrsа, jаbrlаngаn оchiq hаvоgа оlib chiqilib, uni tinch qоldirilаdi. Hаr хil zаhаrlаr hisоbigа zаhаrlаnish jаbrlаngаngа mis kupоrоsining 5% eritmаsidаn 15-25 ml ichirilib, qusishgа mаjbur qilinаdi vа shu yo`l bilаn zаҳаr oshqоzоndаn chiқаrilаdi. Хulоsа qilib аytаdigаn bo`lsаk, zаhаrli mоddаlаr bilаn ishlаgаndа ulаrni ishlаtish qоidаlаrigа аmаl qilish, zаhаrlаngаndаn kеyin bеrilаdigаn birinchi tibbiy yordаmni bilish kеrаk. Ish jоy, idishlаr vа uskunаlаr hаr dоim tо zа hоlаtdа bo`lishi kеrаk. Ish tugаgаch ish jоyini аlbаttа yig`ishtirish kеrаk. Chunki, zаhаrli mоddаlаr to`kilgаn bo`lsа, bu kimningdir hаyotigа xаvf sоlishi mumkin. Sklyankаlаrdаgi rеаktivlаrning tо zаligigа, аyniқsа, e`tibоr qаrаtish lо zim. Hеch vаqt iflоslаngаn rеаktivdаn fоydаlаnmаng. Zаҳаrli gаzlаr vа bug`lаr аjrаlishi bilаn bоrаdigаn hаmmа rеаksiyalаr mo`rili shkаfdа bаjаrilаdi, bu rеаksiyalаr uchun ishlаtilgаn idishlаr hаm o`shа yеrdа yuvilib tоzаlаnаdi. Kumush tuzlаri sаqlоvchi eritmаlаr, аrаlаshmаlаr mахsus sklyankаlаrdа to`plаnаdi (bu аrаlаshmаlаrdаn kеyinchаlik kumush mеtаlini аjrаtib оlish mumkin). Оsоn аlаngаlаnuvchi vа uchuvchаn mоddаlаrni аlаngа yoki kuchli qizigаn аsbоblаr yaqinidа sаqlаsh mumkin emаs. Zаhаrlаnib qоlishdаn sаqlаnish uchun lаbоrаtоriya хоnаsidа оvqаtlаnish qаt`iyan mаn qilinаdi. Ishlаr bаjаrilib bo`lgаndаn kеyin qo`llаrni yaхshilаb yuvish zаrur. Gаz vа suv jo`mrаglаrini bеkitib, elеktr аsbоblаrining o`chirilgаnligigа ishоnch hоsil qilibginа, lаbоrаtоriyadаn chiqib kеtish mumkin. Kuygаndа vа zаhаrlаngаndа ko`rsаtilаdigаn birinchi yordаm. 1.Issiqlik tа`siridа kuygаndа dаrhоl kаliy pеrmаngаnаt eritmаsi, etil spirt yoki tаninning spirtdаgi eritmаsigа lаttа yoki pахtаni bоtirib, kuygаn jоygа bоsish kеrаk. 2.Kislоtа to`kilib kuygаn jоyni tеzlik bilаn suv оqimidа yuvib, kеyin nаtriy kаrbоnаtning 3% li eritmаsi bilаn аrtilаdi. 3.O`yuvchi ishqоrlаr to`kilib kuygаn jоy suv оqimidа yuvilib, so`ngra suyultirilgan sirka kislota bilan artiladi va yana suv oqimida yuviladi. 4. Ko`zga kislota yoki ishqor sachraganda ko`zni 3-5 minut davomida ko`p suv bilan yuvish kerak. Keyin, kislotali reagent sachragan bo`lsa gidrokarbonat eritmasi bilan, ishqor sachragan bo`lsa borat kislota eritmasi bilan yuviladi. Shundan so`ng, albatta, shifokorga murojaat qilish kerak. 5. Fenol ta`sirida kuyganda zararlangan joyni spirt bilan artish kerak. 6. Brom ta`sirida kuygan joyni darhol spirt yoki suyultirilgan ishqor eritmasi bilan yuvib, keyin yana spirt bilan artiladi. Shundan keyin kuygan joyga surtiladigan maxsus moy dori surtiladi. 7. Agar suvda erimaydigan organic modda teriga to`kilib kuydirsa, kuygan joy shu modda eriydigan erituvchi bilan yuviladi. 8. Jabrlanuvchiga birinchi yordam ko`rsatilgandan keyin uni medpunktga olib boriladi.
3. Zaharli gazlar va ulardan himoyalanish уo‘llari.
Zaharli kimyoviy moddalar bilan ishlaydigan kishilarning shaxsiy himoya vositalari:  korjoma, niqob, gazniqob va maxsus etiklari o’zlariga loyiq bo’lishi kerak. Aks holda tor kiyim  harakatga halaqit qiladi. Etik tor bo’lsa, oyoq panjalari shilinishi yoki qadoq bo’lishi mumkin.  
Natijada  jarohatlangan  yerga  zaharli  kimyoviy  moddalar  tushib,  kishini  zaharlashi  mumkin.  
Kiyimkechak  katta bo’lsa ham ishlash xavfli bo’ladi, chunki kiyimning yengi va yoqasidan zaharli  kimyoviy moddalarning changi, zarrasi tushadi va teri orqali kishi organizmiga o’tishi mumkin.  Shaxsiy himoya vositalari hamisha ozoda bo’lishi kerak.

Havo muhiti va  tarkibi changlardan tashqari ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirish davrida yuzaga  keladigan turli xil zaharli gazlar va kimyoviy moddalar bilan  ham ifloslanadi. Bu atmosfera havosini buzilishi bilan bir vaqtda turli xil kasalliklarni kelib chiqishiga ham sabab bo‘ladi. Ishlab chiqarish jarayonida yuzaga kelayotgan zaharli  va zararli moddalar, masalan, oqindi suvlar, axlatlar,  ishlangan gazlar (ichki yonuv dvigatellaridan chiqadigan gazlar), radiaktiv moddalar, biotsidlar va boshqalar  ekotizimga kelib tushgach, izsiz уo‘qolib ketmaydi. Ularning  


kichik konsentratsiyali miqdori ham uzoq vaqt ta’sir etishi,  insonlarni, o‘simliklarni va  hayvonlarni zaharlashi mumkin.  Ayrim zaharli moddalar ozuqani tayyorlash va iste’mol  qilish jarayonida ham, ta’sir etishi mumkin. Masalan, zaharli moddalar o‘simlikdan chorva mollariga, chorva mahsulotlari  
(sut, go‘sht) orqali insonga ta’sir etib, turli xil kasalliklarni  kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.   Bundan tashqari, zararli va zaharli moddalar yer yuzi  
iqlimini, shuningdek, atmosferani, troposferani (atmo- sferaning pastki qatlami), stratosferani (yer yuzidan 10–80  km uzoqlikdagi qatlami) va kriosferani (yer yuzining  
muzliklar va qorliklar bilan qoplangan yuzasi) ham  o‘zgarishiga olib kelishi mumkin.   
Iqlimga ta’sir etuvchi muhim faktor – yerning issiqlik  balansidir.  Albatta, bu quyosh nurlari ta’sirida yuzaga  keladi. Hozirgi vaqtda «Yer - atmosfera» tizimi issiqlik
balansi holatida bo‘lib, yerga tushadigan 100% qisqa  to‘lqinli quyosh nurlarining o‘rtacha 18% atmosferada  yutiladi (3% bulutlar va 16% havo orqali), 30% kosmosga  
qaytariladi (20% bulutlar va 6% havo hamda 4% yer yuzasi  orqali). Qolgan 51% qisqa to‘lqinli quyosh nurlari yer  yuzasida yutiladi. Shundan 21% qayta nurlanib uzun  
to‘lqinli nurlar ko‘rinishida qaytadi, 30% esa sezilarli (7%)  va yashirin (23%) issiqlik ko‘rinishida atmosferaga uzatiladi.  Ushbu keltirilgan nurlar balansi Yerning «Issiqlik хо‘jaligi»  asosini tashkil etadi. Qabul qilingan nurlarning qaytgan  
nurlarga nisbati «аlbедо» deb ataladi, Maksimal qaytarish  xususiyatiga ega bo‘lgan absolyut oq jismning albedosi birga  teng. Yerning albedosi 0,30 ni tashkil etadi. Lekin insoniyat  tomonidan yerdan noto‘g‘ri foydalanish, o‘rmon-larni  
kesilishi, cho‘1 yerlarni haydalishi, sun’iy suv havza1arini  barpo etilishi, atrof-muhitga minglab tonna chiqindilarni  chiqarilishi, ishlab chiqarish jarayon1ari natijasida tonnalab  zaharli gazlar va  moddalarning atrnosferaga chiqarilishi  
issiqlik balansini o‘zgarishiga olib kelmoqda. Masalan, havo  tarkibida karbonat angidrid gazining oshishi ma’lum  miqdorda iqlimni isishiga olib kelishi mumkin. Karbonad  
angidrid gazi rangsiz gaz bo‘lib, uning sof, toza havo  tarkibidagi miqdori 0,03% ni tashkil etadi. Ushbu gaz tirik  organizmlarni nafas olishida, neft va gazni yoqish  
jагауопidа, bug‘ qozonlarida, issiqlik elektr stansiyalarida,  
avtomobil ishlashi vaqtida ajralib chiqadi. Keyingi yuz yi1  ichida havo tarkibidagi karbonad angidrid miqdori 14% ga,  hozirgi vaqtda esa har yili 0,4% ga oshib bormoqda.  Industrial  ега (taxminan 1860-yillar)dan hozirgi vaqtgacha  
140 mlrd. tоппаgа  уаqin uglerod atmosferaga chiqarilgan,  hozirgi vaqtda esa atmosferaga jahon bo‘yicha yiliga 8 mlrd.  tonnaga yaqin uglerod chiqarilmoqda. Ushbu gazning havo  tarkibidagi miqdorini oshib borishi atmosferada ma’lum
qatlam hosil qilib, issiqlikni kosmosga uzatilishini  susaytiradi, Bu esa o‘z navbatida yer yuzi haroratini ma’lum  darajada oshishiga olib kelishi mumkin. Havo tarkibida  
karbonad angidrid gazining  та’lum miqdorda oshishi  natijasida 2030-yilga borib havoning 1,5–2,5 С ga ortishi  taxmin qilinmoqda. Haroratning ortishi esa okean sathining  ko‘tarilishiga olib keladi. Hozirgi vaqtda, keyingi 100 yil  
ichida harorat 0,5 С ga, okean sathi  esa 10–15 sm.ga  ko‘tarilganligi qayd etilgan.   1987-yili G‘arbiy Berlinda bo‘lib o‘tgan Xalqaro  simpoziumda qayd etilishicha, ishlab chiqarishda sovutuvchi  suyuqliklarni, turli xil turdagi aerozol ko‘rinishiga ega  tozalovchi vositalarni va uglevodorodlarni (freonlarni) keng  
ishlatilishi  Antraktida «Ozon tuynugi» (Qora tuynuk)ni  hosil bo‘lishiga olib kelgan. Amerikalik olimlarning  baholashiga «0zon tuynugining» 1987-yilgi o‘lchami  
AQShning maydoniga teng kelgan. Hozirgi ma’lumotlar  bo‘yicha esa uning o‘lchami Yevropa qit'asining o‘lchami  (20507000 kv km) bilan barobardir. Oddiy misol, birgina  
kosmetik va shunga o‘xshash kichik aerozol ballonlarni  ishlatilishi natijasida yiliga 50 ming tonna freon atmosferaga  chiqariladi. Bu albatta, stratosferadagi ozon qatlamini  
yemirilishiga olib keladi.   Bundan tashqari millionlab kishilar  havoning  ifloslanishi  va  ifloslangап suvdan iste’mol qilish oqibatida  jigar kasalligi, rak kasal-ligi, turli xil yuqumli va allergik  kasalliklar bilan kasallanmoqda.   
Yuqorida keltirilgan gaz va zararli moddalardan  tashqari ol- tingugurt, simob, qo‘rg‘oshin, asbest, uglerod  ksidi (SO), oltingugurt oksidi, azot oksidi, uglevodorodlar,  ammiak va shunga o‘xshash minglab zaharli moddalar ishlab  chiqarish chiqindilari sifatida atmosferaga chiqarilmoqda.  Zoolog Drisherning qayd etishicha, har yili atmosferagainsoniyatning faoliyati tufayli 40 ming xilga yaqin zaharli va  
zararli moddalar chiqindi sifatida chiqarilmoqda. Masalan,  bitta avtomobil yiliga o‘rtacha 297 kg SO, 39 kg  uglevodorod (konserogin birikmalar), 10 kg azot oksidi, 2 kg  chang, 1 kg oltingugurt ikki oksidi va 05 kg qo‘rg‘oshin  tomonidan atmosferaga chiqariladigan uglerod  oksidi-ning (is gazi) yillik miqdori taxminan 8 million  tonnage yetadi.

Gaz niqobi - protivogaz


Protivogaz – nafas olish organlarini, ko‘z, hamda yuz terisini havoda mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan zaharli gazlar va toksik moddalardan himoya qiluvchi shaxsiy himoya vositasidir.

Protivogazlarning ikki turi, ya’ni, filtrlovchi hamda, izolyatsiyalovchi turlari farqlanadi.

Filtrlovchi protivogazlar odamni o‘zi turgan havo muhitidagi zaharli gazlardan himoya qiladi va bu turdagi gaz niqoblarini kiygan holda uzoq muddat ish bajarish, zaharli havo muhitida ishlashda va yurishda davom etish mumkin emas. Chunki, o‘z nomiga ko‘ra, bu turdagi protivogaz, nafas olinayotgan havo muhitidagi zaharli gazlarni filtrlab ushlab qoladi va nafas olish uchun faqat kislorod gazini o‘tkazib beradi. Bunda, kislorod ham aynan o‘sha muhitning o‘zidan olinadi. Shu sababli ham, bunday protivogazni taqqan holda uzoq turib bo‘lmaydi.

Chunki uning filtri zaharli gaz bilan to‘yinib qolib, kislorodni o‘tkazmay qolishi mumkin. Filtrlovchi protivogazdan foydalanish faqat to‘satdan gaz xavfi paydo bo‘lganda, tezkorlik bilan gaz niqobni kiyib, ushbu zaharlangan havo muhitini tark etish uchun tavsiya etiladi. Filtrlovchi protivogazning filtr qutisini himoya qobiliyati vaqt o‘tishi bilan yo‘qolishi sababli, uni davriy almashtirish (yangilash) zarur bo‘ladi. Filtrlovchi protivogazlar havo muhitida erkin kislorod miqdori 18% dan kam bo‘lmagan va zaharli gazlar miqdori 0,5% dan ko‘p bo‘lmagan holatlarda qo‘llaniladi. Chunki, aytib o‘tilganidek, bunday protivogazda kislorod bevosita odam turgan muhitdagi havoning o‘zidan olinadi filtr uni qo‘shimcha kislorod bilan boyita olmaydi. Agar havo muhitidagi erkin kislorod miqdori 18% dan kam bo‘lsa, bu odamda nafas yetishmovchiligiga olib keladi va hushdan ketish, yoki, yanada og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Izolyatsiyalovchi protivogazlar esa zaharli gaz muhitida, yoki, havoda nafas olish uchun erkin kislorod yetarli bo‘lmagan muhitlarda ish olib borish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda odam uchun kislorod uzun shlang orqali boshqa joydan, ya’ni, havosi toza muhitdan olib, uzatib berib turiladi. Izolyatsiyalovchi protivogazlar ham ikki xil bo‘ladi. Ularning birinchi turida shlang qisqaroq bo‘lib, bunday protivogazda ishlayotgan odam shlang orqali havoni o‘z o‘pkasi kuchi bilan erkin nafas olib tortib olaveradi. Bunday protivogazlarda shlang uzunligi 10 metrgacha bo‘ladi va u PSH-1 deb ataladi. Lekin, agar toza havo muhiti 10 metrdan uzoq bo‘lsa, bunday masofadan odam o‘pkasi o‘zi mustaqil havo tortib nafas olishga kuchi yetmaydi. Shu sababli, shlang uzunligi 10 metrdan uzoq bo‘lgan (20 metrgacha bo‘lgan) holatlarda, PSH-2 turdagi izolyatsiyalovchi protivogazdan foydalanish zarur bo‘ladi. Bunday protivogaz qo‘shimcha ravishda, odamga havo yetkazib berish uchun mo‘ljallangan maxsus havo haydovchi kompressor bilan jihozlanadi. Bunday kompressor ham elektr tokida va ham qo‘lda aylantirish orqali ishlaydigan bo‘ladi. Sababi, elektr toki yetib bormagan joylarda ish bajarishga to‘g‘ri kelib qolsa, yoki, odam ishlayotgan paytda tok o‘chib qolsa, u dimiqib qolishi tayin. Shuning uchun ham, bunday protivogaz bilan ishlashda juda qattiq ehtiyot choralari ko‘riladi. PSH-1 izolyatsiyalovchi protivogazda ishlayotganda kamida ikki kishi ishlashi kerak bo‘ladi. PSH-2 bilan ishlashda esa kamida uch kishi ishlaydi. Ulardan biri bevosita ish olib boradi, ikkinchisi esa har qanday holatga tayyor turib, ishning borishini kuzatadi. Agar, ishlayotgan odam o‘zini sal noxush sezishni boshlasa, uni darhol chiqarib olinadi va ishni to‘xtatiladi. Ish 30 daqiqadan oshmagan holda, oraliq 15 daqiqadan kam bo‘lmagan tanaffuslar bilan bajariladi. Bunday protivogaz komplektida albatta qutqaruv arqoni, signal berish arqoni, qutqaruv tasmasi va uch xil o‘lchamdagi shlem-niqob bo‘ladi.

Protivogazlarning yuqoridagi har ikki turini o‘zida birlashtirgan kombinatsiyali, ya’ni, aslida izolyatsiyalovchi, lekin, favqulodda zaruriyat bo‘lib qolsa, yengil harakat bilan filtrlovchi protivogazga ham aylantirsa bo‘ladigan turlari ham mavjud.

Protivogazlar qo‘llanish sohalariga qarab to‘rt turkumga ajratiladi. Ya’ni: harbiylar uchun gaz niqoblari, sanoat gaz niqoblari, fuqaro gaz niqoblari, hamda, bolalar gaz niqoblari farqlanadi. Harbiylar gaz niqoblari harbiy xizmatchilarning standart ekipirovkasi tarkibiga kiradi va asosan universial filtrlash qobiliyatiga ega bo‘ladi. Harbiylardan tashqari, bunday protivogaz shuningdek favqulodda vaziyatlar vazirligi tarkibidagi qutqaruv xizmatlarida ham qo‘llaniladi. Bunday protivogazlar ishonchliligining yuqori ekanligi, hamda, deyarli barcha turdagi zaharli gazlardan himoya qilish xususiyati bilan ajralib turadi. Fuqaro gaz niqoblari esa favqulodda vaziyatlarda aholini gaz hujumidan himoya qilish va odamlarni xavfsiz hududga qochib chiqib olishlarini ta’minlash uchun foydalaniladi. Albatta, bunday gaz niqoblari ham yetarlicha ishonchlilikka ega bo‘ladi. Ularni harbiy gaz niqoblaridan farqlash ham aslida birmuncha mushkul. Faqat harbiylarning gaz niqoblar nisbatan mustahkamroq materiallardan ishlab chiqariladi (masalan, ko‘zoynagi olovbardosh shishadan tayyorlanishi mumkin).

Sanoat gaz niqoblari esa protivogazlarning eng alohida ahamiyatga ega, maxsus turi bo‘lib, bu ishlab chiqarish jarayonlarida va avariya holatlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan zaharli gazlardan hamda kimyoviy toksik moddalardan ishchilarni himoya qilishga mo‘ljallangan. Bunday protivogazlarning filtr qutisi aynan bitta turdagi zaharli gazni filtrlashga mo‘ljallangan maxsus bo‘lishi, yoki, bir necha turdagi zaharli gazlardan himoya qila oladigan kombinatsiyalangan bo‘lishi, yoki, bir vaqtning o‘zida, hamma turdagi zaharli gazlardan, aerozollardan va changdan himoya qiladigan universial bo‘lishi mumkin.

Bolalar gaz niqoblari esa, nomidan ham ma’lumki, o‘smirlar va kichik yoshdagi bolalarni gazdan himoya qilish uchun mo‘ljallangan bo‘ladi va ularning fuqaro gaz niqoblaridan faqri odatda faqat niqobning o‘lchamlarida bo‘ladi.

Turli yillarda gaz niqoblarining jangovar itlar va otlar uchun mo‘ljallangan turlari ham ishlab chiqarilgan. Lekin, hayvonlarning hammasi ham gaz niqobiga to‘g‘ri munosabatda bo‘la olmaydi va odatda bu hayvonning g‘ashiga tegadi. Shunga qaramay, hozir ham keng qo‘llanishda bo‘lmasa-da, har holda, zarurat tug‘ilganda jangovar itlar va otlar uchun taqsa bo‘ladigan gaz niqoblari mavjud.

O‘rni kelganda aytib o‘tish kerakki, ba’zilar protivogaz, ya’ni, gaz niqobi bilan, respiratorni adashtirishadi, yoki, ikkalasi bitta narsa deb o‘ylashadi. Lekin unday emas. Farq shundaki, protivogaz yuqorida aytilganidek, ham nafas yo‘llarini, ham ko‘zni va yuz terisini himoyalaydi. Oddiy qilib aytganda, protivogaz odamning butun bosh qismini himoyalaydi va kallaning barcha qismini, jag‘ va quloqlarni, boshning orqa tarafini, ya’ni, ensagacha bo‘lgan qismini ham to‘sadi. Respirator esa faqat og‘iz va burunni to‘sib, boshning boshqa qismlarini himoyalay olmaydi.

Gaz niqoblarining ilk namunalari o‘rta asrlarda paydo bo‘lgan bo‘lsa-da, lekin, odamni zaharli gazlardan samarali himoya qila oladigan haqiqiy gaz niqoblarini yaratishga bo‘lgan urinishlarning barchasi to XX-asr boshlarigacha muvaffaqiyatsiz ketgan. Olimlar laboratoriyalarda, kuchli chang chiqarib ishlovchi sanoat korxonalarida, tutunda va tumanda ishlashga mo‘ljallangan turli himoya vositalarini, niqob va skafandrga o‘xshash bosh kiyimlarni o‘ylab topishgan. Lekin, bugungi ko‘rinishdagi, haqiqiy himoya qobiliyatiga ega samarador protivogazlar birinchi jahon urushi yillarida ixtiro qilingan. Bunga sabab, o‘sha urushda nemislar birinchi bor kimyoviy qurollarni ommaviy qo‘llashga o‘tgani bo‘lgan edi. Xususan, 1914-yil avgustida, Kayzer Germaniyasi tomonidan boshlangan I-jahon urushi, ma'lum vaqt o‘tgach, ittifoqchi davlatlar qo‘shinlari tomonidan Germaniyaning o‘zini mag‘lubiyatga uchratila boshlanishi bilan, mazkur mamlakat uchun tahdidli yo‘nalishga kirdi. Germaniyaning urush harakatlari borgan sari muvaffaqiyatsizliklarga uchray boshladi, armiya jiddiy talafotlar ko‘rdi. Mazkur vaziyatda, nemis harbiy qo‘mondonligi, Berlindagi Fizik Kimyo va Elektrokimyo Institutiga dushmanga ommaviy zarba bera oladigan kimyoviy qurol to‘g‘risida murojaat qildi. Mazkur institutning rahbari - Frits Gaber (1868 - 1934) shaxsan mazkur yo‘nalishda ish olib bordi va olmon armiyasiga dastlabki kimyoviy qurol - Xlorning maxsus gazini yetkazib berdi. U tomonidan nemis armiyasiga yetkazib berilgan, zaharli gaz to‘ldirilgan kimyoviy zaryadlar bilan o‘t ochuvchi maxsus minomyot tarixda birinchi marotaba 1915-yilda Belgiyaning Flandriya o‘lkasidagi Ipr qishlog‘i yaqinidagi jangda qo‘llanildi. Shu tufayli mazkur kimyoviy qurol, «Iprit gazi» nomini oldi. Aslida-ku, bu gaz ham emas, balki uchuvchan suyuqlik bo‘lib, hidi sarimsoqpiyozning o‘ta qo‘lansa hidiga o‘xshash bo‘lgan. Uning kimyoviy formulasi esa C4H8Cl2S shaklida keltiriladi. Ushbu gaz undan nafas olgan odamga o‘ta bo‘g‘uvchi salbiy ta'sir ko‘rsatib, ko‘rish organlarini ham zararlagan. Uning suyuq holda teriga kelib tushishidan esa, uzoq vaqt qichishib azob beradigan va o‘ta sekin bitadigan yara-shishlar hosil bo‘lgan.



4. Siqilgan va suyultirilgan gazlardan foydalanishda xavfsizIik texnikasi
Ishlab chiqarishda ko‘pgina texnologik jarayonlarni amalga oshirish maqsadida turli xil gazlardan, jumladan, kislorod, atsetilen, ammiak, propan-butan, is gazi kabilardan keng foydalaniladi. Ular maxsus metall ballonlarda yuqori bosimda saqlanadi. Ballonlarda kislorod – gaz holatida, is gazi, propan-butan aralashmasi va ammiak suyultirilgan holda, atsetilen aralashma holda bo‘ladi. Barcha gazlar xavflilik darajasi va zaharliligi bo‘yicha quyidagi guruhlarga bo‘linadi: а) yonuvchi va portlovchi gazlar; b) inert va yonmaydigan gazlar; d) yong‘inni kuchaytiruvchi gazlar; e) zararli gazlar. Gaz ballonlari gazlarning turiga bog‘liq holda belgilangan ranglarga bo‘yalishi va ularga gazning tarkibi, 143 ballonni sinalgan vaqti ko‘rsatilishi zarur. Gaz ballonlarini to‘ldirish stansiyalaridan qabul qilib olishda, ularning nuqsonsiz ekanligini tekshirib ko‘rish kerak. Agar ballon jumragining rezbasi yeyilgan, chiqish teshiklari yaxshi bekilmagan, ballon devorlari ezilgan va unda yog‘ dog‘lari bo‘lsa, bunday ballonlarni olmaslik lozim. Ballondan yonuvchi yoki zaharli gaz chiqib turganligi qayd etilsa, bunday bаllоп tezda xavfsiz joyga olinib, tegishli tadbirlar amalga oshirilishi zarur. Ishlab chiqarishda bаllonlarni maxsus aravalarda tashish lozim. Qish vaqtlarida ballonlarning reduktorlari muzlab ochilmay qolsa, masalan, kislorod ballonini qaynoq suvda namlangan toza latta bilan ochish mumkin. Gaz ballonlari reduktorini ochiq olov bilan qizdirib ochish taqiqlanadi. Reduktorlarda har bir gazning o‘ziga mo‘ljallangan manometrlar bo‘lishi va unda gaz nomi yozilishi shart.

Gaz ballonlarini bo‘yash va ulardagi belgilarni yozishda tavsiya etiladigan ranglar.

Gazlar turi Ballonlar rangi Ballondagi yozuvlar rangi

Atsetilen Oq Qizil

Ammiak Sariq Qora

Kislorod Havorang Qora

Butan Qizil Oq

Is gazi Qora Sariq
Insoniyatning olovdan foydalanishi uzoq tarixga ega bo’lib, yozma manbalarda undan asosan maishiy maqsadlarda foydalanganini bilib olish mumkin. Ushbu jarayon qanchalik qadimiy bo’lmasin, hozirgi zamonda ham u o’zining ahamiyatini yo’qotgani yo’q.

Aksincha, foydalanish ko’lami kundan kunga oshib, ro’zg’ordan boshlab yirik sanoat korxonalarining texnologik jarayonlarida noyob manba sifatida qo’llanilmoqda. Bugungi kunda texnikaning yuksalishi evaziga olov o’rniga elektr energiyasi yordamida issiqlik energiyasi hosil qilinayotgan bo’lsa-da, hayotimizni olovsiz tasavvur qilish qiyin.

Shu o’rinda olovni yuzaga keltiruvchi manbalardan biri tabiiy gazning ham ahamiyati beqiyos. Ma’lumki, kundalik hayotimizda asosan 2 xildagi gazdan foydalanamiz. Bular metan va propan gazlaridir. Oxirgi vaqtlarda aholiga suyultirilgan propan

gazi bilan to’ldirilgan maishiy gaz ballonlari yetkazib berilmoqda. Ushbu maishiy gaz ballonlaridan faqatgina ovqat tayyorlash maqsadida foydalanish ko’zda tutilgan bo’lib, gaz to’ldirish maskanlarida ballonlarga markazlashgan holda texnik xizmat ko’rsatilishi, ularning sinovdan o’tkazilib, gaz to’ldirilishi hamda maxsus jihozlangan transportlarda tarqatish shahobchalariga transportirovka qilinishi tashkil etilgan. Shuningdek, gaz ballonlarini o’rnatish ishlari mutaxassislar tomonidan berilgan yo’riqnomalar va xomaki chizmalar asosida amalga oshirilmoqda.

Ballonlar asosan 4 holatda, ya’ni balondan gazni yuqori tezlikda olishda, gaz jumrak orqali o’tib, ballondagi chiqish joyini elektrlashtirishi va uchqun hosil qilishi natijasida; ballondagi gaz bosimining ruxsat berilgan bosimdan oshishi (ballondagi bosimning quyosh nuri yoki boshqa issiqlik manbai ta’sirida) natijasida; ballon metallining yemirilishi natijasida devorining yupqalanishi, ballonni ta’mirlashda talabga javob bermaydigan metalldan foydalanganda, qishki vaqtda havo haroratining pasayishi bilan ballon metallining plastiklik xususiyati pasayib, zarb yetkazilganda ballon korpusi parchalanishi natijasida; ballonlarning o’z vaqtida texnik sozligi va yaroqliligi maxsus ruxsatnomaga ega bo’lgan tashkilotlar tomonidan tekshiruvdan, ya’ni maxsus laboratoriya sinovidan o’tkazmasdan uzoq vaqt davomida ekspluatatsiya qilish davomida portlashi yoki yorilishi mumkinligi aniqlandi.

Gazlashtirilgan xonalarda gaz ballonlari xona isitish tizimining radiatori yoki isitish pechidan, gaz plitasidan, boshqa elektr isitish moslamalaridan va ochiq alangali isitish manbalaridan 1 metrdan kam, isitish pechi darchasidan 2 metrdan kam masofada joylashtirilishi ta’qiqlangan.



Ballonlarning uzoq vaqt ekspluatatsiya qilinishi davomida portlashi yoki yorilishini oldini olish uchun ularning texnik sozligi va yaroqliligi maxsus ruxsatnomaga ega bo’lgan tashkilotlar tomonidan o’z vaqtida tekshiruvdan, ya’ni maxsus laboratoriya sinovidan o’tkazilishi shart.
5. Ish zоnаlаridа zаrаrli gаz vа bug’lаrni kоnsеntrаsiyasini аniqlаsh.
Tsеxlаrdаgi hаvоning tоzаligi ishchilаr sаlоmаtligini sаqlаshdа kаttа аhаmiyat kаsb etаdi. Shuning uchun bu gаzlаrning miqdоrini, turini аniqlаsh vа sаnitаr mе`yorlаr bo‟yichа sоlishtirish hаmdа ulаrni yo‟l qo‟ysа bo‟lаdigаn kоnsеntrаsiyasini аniqlаsh muxim vаzifаlаrdаn biridir. Havfli ishlab chiqarish obektlarti. Mа`lumki, ko‟pginа zаrаrli mоddаlаr xаrоrаt оshishi bilаn suyuq vа qаttiq xоlаtdаn bug‟ yoki gаz xоlаtigа o‟tаdi vа nаfаs оlish а`zоlаri оrqаli insоn sоg‟ligigа sаlbiy tа`sir ko‟rsаtаdi. Nаfаs оlish а`zоlаri оrqаli o‟tgаn zаrаrli gаzlаr hаvо bilаn qоngа so‟rilаdi. Bu esа ushbu gаzlаrning insоn оrgаnizmigа sаlbiy tа`sirini bоshqа yo‟llаr bilаn tа`sirigа nisbаtаn 20 mаrtа ko‟prоkdir. Mаsаlаn аvtоmоbil` yoqilg‟isi uy xаrоrаtidа 1m yuzаdаn 400gr,/sоаt tеzlik bilаn bug‟lаnаdi. Shu sаbаbli bоshqа nеft` mаhsulоtlаrigа nisbаtаn kuchli zаxаrlаnishgа оlib kеlаdi. Аgаr hаvо tаrkibidа bеnzin bug‟lаrining miqdоri 3-4g/m bo‟lsа, bundаy shаrоitdа 2-3 minutdаn kеyin insоndа kuchli yo‟tаl bоshlаnаdi, ko‟zi yoshlаnib yurish muvоzаnаti buzilаdi. Bеnzin bug‟lаrining miqdоri 30-40g/m bo‟lsа insоn 3-4 nаfаsdаyok xushidаn kеtаdi vа u kuchli zаxаrlаnаdi. Bundаn tаshqаri аyrim tеnоlоgik jаrаyonlаr vаqtidа аjrаlib chiqаdigаn оltingugurt vа аmmiаk gаzlаri hаm xаvfli xisоblаnаdi, ulаrning mа`lum miqdоrdаgi kоnsеntrаsiyasi pоrtlаshgа vа yong‟ingа оlib kеlishi mumkin. Shuning uchun xаr dоim vаqti-vаqti bilаn hаvоning tаrkibidаgi zаrаrli mоddаlаrning yo’l qo’ysа bo‟lаdigаn kоnsеntrаsiyasigа (YKBK) mоs kеlishini nаzоrаt qilib turish kеrаk vа sеx hаvоsini ya`ni mikrоiqlim shаrоitini yaxshilаshgа qаrаtilgаn tаdbirlаr ishlаb chiqilishi lоzim. Buning uchun esа dаstlаb ushbu gаzlаrning аjrаlib chiqish sаbаblаri аniqlаnishi, kеyin esа shungа mоs chоrа-tаdbirlаr ko‟rilishi lоzim. Mаsаlаn ishlаb chiqаrishdа ishlаtilаdigаn zаxаrli mоddаlаrni bоshqа xil zаxаrsiz mоddаlаr bilаn аlmаshtirish, tеxnоlоgik jаrаyonlаrni tаkоmillаshtirish, tirqishlаrni jipslаsh ilоji bo‟lmаsа аspirаsiоn qurilmаlаrni tаdbiq qilish, shаxsiy ximоya vоsitаlаridаn fоydаlаnish, uzоqdаn turib bоshqаrish, аvtоmаtlаshtirish kаbi tаdbirlаrdir. Ish zоnаlаri xаvоsidаgi zаrаrli gаz vа bug‟lаrning yo‟l qo‟ysа bo‟lаdigаn kоnsеntrаsiyasi (YQBK).
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.

1. Yormatov G.Yo. Maxmudov R. «Mehnatni muhofaza qilish»
2. Xayot faoliyati xavfsizligi. Ma’ruzalar matni. T-2000.
3. X.Raximova, A.A’zamov Mehnatni muhofaza qilish. T-2003.

4. Rahimov О. D. Hayot faoliyati xavfsizligi. /Мa’ruzalar matnlari to‘plami. Toshkent, 1999-у.



5. Yo‟ldoshev U., Usmonov U., Mirabzalov M. Yong‟in xavfsizligi asoslari. O‟q uv qo‟llanma, 1995.

5. O.Qudratov, T.G`aniеv. Hayotiy faoliyat xavfsizligi. Toshkеnt, 2004 y.
Download 44.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling