Kimyoviy qurol. Kimyoviy xavfsizlik


Download 159.5 Kb.
bet1/5
Sana02.12.2023
Hajmi159.5 Kb.
#1779043
  1   2   3   4   5
Bog'liq
6-мавзу.2022 раздатка


6 – mavzu: “Kimyoviy qurol. Kimyoviy xavfsizlik”.



      1. Kimyoviy qurol. Zaharlovchi moddalarning tavsifi va tasnifi



Kimyoviy qurol ommaviy qirg‘in qurollarining turi bo‘lib, uni ta’siri zaharlovchi moddalarni (ZM) ishlatishga asoslangan.
Kimyoviy qurolning asosiy tarkiblariga jangovar zaharlovchi moddalar, ularni yetkazish vositalari, shuningdek kimyoviy o‘q-dorilarni nishonga yetkazish uchun qo‘llaniladigan tashuvchilar, boshqaruv asbob va uskunalari kiradi. Kimyoviy qurol qo‘shinlar va aholini ommaviy qirg‘in qilish uchun, hududlar, moddiy vositalar, oziq ovqat, suv manbalarini zararlash uchun, hayvonlarni, ekinlarni yo‘q qilish uchun qo‘llanilib, dushmanni jangovar harakat va front ortidagi ishlarini qiyinlashtiruvchi vosita bo‘lib hisoblanadi.
Kimyoviy qurol tarixi
Kimyoviy qurol (KQ) birinchi marta Birinchi jahon urushida Germaniya qo‘shinlari tomonidan g‘arbiy uchastkalarining birida (Belgiyaning Ipr shahri yaqinida) ingliz-fransuz qo‘shinlariga qarshi ishlatilgan (1915- yil 22- aprel). 5-8 daqiqa ichida 5730ta ballondan 168 tonna xlor gazi tarqatilgan. Natijada 15000 odam zaharlanib, ulardan 5000 tasi halok bo‘lgan.
1915- yilning 31- mayida nemislar Varshava yaqinidagi rus qo‘shinlariga qarshi gaz hujumidan yana foydalangan. Ular xlor va yangi ZM – fosgen aralashmasidan foydalanganlar. Natijada taxminan 9 ming kishi zaharlangan, ulardan 1200 nafari vafot etgan. Biroq, rus frontida nemis hujumi to‘xtatilgan.
Umuman olganda, Birinchi jahon urushi davomida 1,3 mln kishi kimyoviy quroldan aziyat chekishgan, ularning 100 mingdan ko‘pi vafot etgan. Atrof-muhitga yetkazilgan ekologik zarar miqdori hozirgacha baholanmagan.
Zaharlovchi moddalarning tasnifi
Barcha zaharlovchi moddalar o‘zining ta’sir qilishiga, qanday maqsadda ishlatilishiga hamda boshqa xususiyatlariga qarab turlicha tasnif qilinadi.
Fiziologik (toksikologik) tasnif
Zaharlovchi moddalar organizmga ta’sir ko‘rsatish xarakteriga qarab oltita guruhga bo‘linadi:
1. Asablarni falajlash ta’siriga ega bo‘lgan ZMlarga zarin, zoman, V-gazlari kiradi.
2. Terida yara paydo qilish ta’siriga ega bo‘lgan ZMlarga iprit, azotli ipritlar, lyuizit kiradi.
3. Psixokimyoviy ta’sirga ega bo‘lgan ZMlarga (inkapsikantlar): lizergin kislotaning dietilamidi (DLK), xinuklidil-3-benzilat (BZ (Bi-zet)) kiradi.
4. Ta’sirlash xususiyatiga ega bo‘lgan ZMlar (irritantlar) ikki guruhga bo‘linadi:
a) yuqori nafas yo‘llari va burun shilliq pardasiga ta’sir etuvchi ZMlar (sternitlar): adamsit, difenilxlorarsin, difenilsianarsin;
b) ko‘z shilliq pardasiga ta’sir etuvchi ZMlar (ko‘zdan yosh oqizuvchi yoki lakrimatorlar): brombenzilsianid, xloratsetofenon (CN), xlorbenzal-malonodinitril (Si-Es (SC)) va dibenzoksazepin (Si-Ar (SR)) moddalari.
5. Umumiy zaharlash ta’siriga ega bo‘lgan ZMlarga sianid kislota, xlorsian moddalari kiradi.
6. Bo‘g‘uvchi ta’sirga ega bo‘lgan ZMlarga fosgen, difosgen moddalari kiradi.
Taktik tasnif
Ta’sir qilish xususiyatiga va natijasiga qarab zaharlovchi moddalar quyidagi guruhga bo‘linadi:
1. O‘ldiruvchi zaharlovchi moddalar (asablarni falajlovchi, terida yara paydo qiluvchi, umumiy zaharlovchi va bo‘g‘uvchi ta’sirga ega bo‘lgan zaharlovchi moddalar) – dushmanni tirik kuchini yo‘q qilishga mo‘ljallangan.
2. Vaqtincha safdan chiqaruvchi zaharlovchi moddalar (inkapsikantlar) qo‘llanilganda harbiy qo‘shinlarning ish faoliyati pasayadi (psixokimyoviy va ta’sirlash xususiyatiga ega bo‘lgan zaharlovchi moddalar (irritantlar)), ular dushmanni tirik kuchlarini bir necha daqiqadan bir necha sutkagacha safdan chiqarishga mo‘ljallangan.

Download 159.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling