Kimyoviy qurol. Kimyoviy xavfsizlik
Shikastlovchi ta’sir vujudga kelishi tezligiga
Download 159.5 Kb.
|
6-мавзу.2022 раздатка
- Bu sahifa navigatsiya:
- Zaharlovchi moddalar zaharlash xususiyatini saqlay olish vaqtiga qarab
Shikastlovchi ta’sir vujudga kelishi tezligiga qarab zaharlovchi moddalar quyidagilarga bo‘linadi:
1. Tez ta’sir qiladigan zaharlovchi moddalarga zarin, zoman, V-gazlari, sianid kislota, xlorsian, shuningdek ko‘z va yuqori nafas yo‘llari shilliq pardasini ta’sirlovchi zaharlovchi moddalar kiradi. Bu moddalar organizmga ta’sir qilganda zaharlanish manzarasi bir necha daqiqa ichida rivojlanib (asablarni falajlovchi zaharlovchi moddalar, sianid kislota, xlorsian) 1-10 daqiqa ichida o‘limga olib keladi. 2. Sekin ta’sir qiluvchi zaharlovchi moddalar. Sekin ta’sir qiluvchi zaharlovchi moddalarga iprit va fosgen kiradi. V-gazlari teriga ta’sir qilganda klinik alomatlari sekin rivojlanadi. Bu moddalar organizmga ta’sir qilganda zaharlanish alomatlari mutlaqo yuzaga chiqmasdan yashirin davr kuzatilishi mumkin. Bu davr bir necha daqiqadan (V-gazlari) bir necha soatgacha (iprit, fosgen) cho‘zilishi mumkin. Kimyoviy qurol qo‘llanilgan hududda kimyoviy moddalardan zaharlanish o‘chog‘i hosil bo‘ladi, uning o‘lchami qo‘llanilgan ZM miqdoriga, ZMning turiga, qo‘llash usuliga hamda ob-havo sharoitlariga bog‘liq bo‘ladi. Zaharlovchi moddalar zaharlash xususiyatini saqlay olish vaqtiga qarab quyidagicha bo‘linadi: 1. Chidamli zaharlovchi moddalar. Chidamli zaharlovchi moddalarga jangovar ta’siri bir-necha soatdan bir-necha sutkagacha davom etadigan ZMlar (iprit, lyuizit, VX, zarin, zoman) kiradi. ZMning qaynash harorati qancha yuqori bo‘lsa, u shuncha sekin bug‘lanadi va chidamli bo‘ladi. Chidamli ZMlarga yuqori qaynash haroratiga (150 oC dan yuqori) ega suyuq moddalar kiradi. Chidamli zaharlovchi moddalarga asablarni falajlovchi zaharlovchi moddalar (zarin, zoman, V-gazlari) va terida yara paydo qiluvchi moddalar (iprit, azotli iprit, lyuizit) kiradi. Zaharlovchi moddalarning chidamliligi faqatgina fizikaviy va kimyoviy xossalariga bog‘liq bo‘lib qolmasdan, ularning qo‘llash usuliga, ob-havo sharoitiga va joyning relyefiga ham bog‘liq bo‘ladi. Agar havo va yer harorati 10 oC ga ko‘tarilsa, zaharlovchi moddalarning bug‘lanishi ikki marta tezlashadi. Shamol paydo bo‘lganda ham bug‘lanish jarayoni tezlashadi. Zaharlovchi moddalar o‘rmon, daraxtzor, ekin ekilgan joylarda, jarliklarda ochiq joylarga qaraganda 7-10 barobar uzoq saqlanib qoladi. 2. Chidamsiz zaharlovchi moddalar. Chidamsiz zaharlovchi moddalar guruhiga, qo‘llanilgandan so‘ng shikastlovchi ta’siri bir-necha daqiqa davom etadigan ZMlar (fosgen, sianid kislota) kiradi. Oddiy sharoitlarda bu moddalar ham suyuq holatda bo‘lib (fosgendan tashqari), qaynash harorati juda past bo‘ladi. Bu moddalar qo‘llanilganda tez bug‘lanib, zaharli modda aralashgan bulut hosil bo‘ladi, bunday bulutlar shamolda ko‘chib, ba’zan 10-15 km gacha yetib boradi. Harakatlanish yo‘nalishida binolar ichiga kiradi, ko‘chalar, hovlilar, yerto‘lalar, jarlik va shamol kam tegadigan boshqa joylarda turib qoladi. Bu guruhdagi moddalarga fosgen, difosgen, sianid kislota, xlorsian kiradi. Uchuvchanligi yuqori bo‘lganligi sababli, chidamsiz zaharlovchi moddalarning jangovar holati – bug‘, tuman. Demak, chidamsiz zaharlovchi moddalar havoni zaharlash uchun qo‘llaniladi. Download 159.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling