Kimyoviy qurol. Kimyoviy xavfsizlik


Download 159.5 Kb.
bet5/5
Sana02.12.2023
Hajmi159.5 Kb.
#1779043
1   2   3   4   5
Bog'liq
6-мавзу.2022 раздатка

Kimyoviy fugaslar dushmanning tirik kuchlarini, maydonlarni, shuningdek to‘siq hamda yo‘llarni zararlash uchun qo‘llaniladi.
Aerozolli generatorlar katta xajmdagi havoni zararlash uchun ishlatiladi. Aerozol sifatida asosan zaharlovchi moddalardan Si-Es, Si-Ar, Bi-Zet, xloratsetofenon, adamsit va boshqalar qo‘llaniladi. Aerozolli generatorlar mashinalarga o‘rnatilgan bo‘lib, harakatlanish vaqtida zaharlovchi moddani ikki yoniga va orqasiga sochib boradi.
Kimyoviy qo‘l granatalari va tutunli shashkalar ta’sirlash xususiyatiga ega bo‘lgan zaharlovchi moddalar bilan to‘ldirilgan bo‘ladi. Ular, asosan namoyish va miting qatnashchilarini tarqatib yuborish uchun qo‘llaniladi.


3.Kimyoviy xavfsizlik
XXI asrning boshiga kelib bir qator mutaxassislar tomonidan zamonaviy urush va majarolarda radiofaol, zaharlovchi va turli vaqtincha safdan chiqaradigan kimyoviy moddalarni qo‘llanilishi xavfi ortib borayotgani qayd etilmoqda.
Bugungi kunda yadroviy texnologiyalar va ommaviy qirg‘in qurollarining tarqalish xavfi, ularni terrorchilar qo‘liga tushib qolishi va terroristik aktlarda ularni qo‘llanilishi, radiofaol yoki zaharlovchi moddalar tarqalishi bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlar kelib chiqish havfi tobora kuchayib borayotgani ham jahon hamjamiyatida havotir uyg‘otmoqda.
Terroristik guruhlar tomonidan tez ta’sir qiladigan zaharlovchi moddalarni yopiq binolar ichida qo‘llanilishi ko‘proq xavf tug‘diradi. Odamlar to‘plangan joylarda zaharlovchi moddalar bilan zararlangan havo oqimlarini tarqalishi juda ko‘p qurbonlarga olib kelishi mumkin. 1995 yilning 20 mart kuni YAponiya metrosida, 2013 yilning mart oyida Xan al-Asalda va o‘sha yilning avgust oyida Gutada (Suriya) zaharlovchi moddalar qo‘llanilishi bilan bo‘lib o‘tgan voqealar bu xavfni realligini isbotlaydi.
Tan olish lozimki, keksa avlod hozir yashayotgan avlodga nihoyatda xavfli meros – ittifoqchilar qo‘shinlari tomonidan Boltiq dengizida, shuningdek Kattegat va Skagerrak bo‘g‘ozlarida cho‘ktirib yuborilgan vermaxtning kimyoviy qurolini qoldirishgan. Polshali olimlarning ta’kidlashicha Ikkinchi jahon urushidan so‘ng Boltik dengizi suvlarida cho‘ktirilgan kimyoviy qurollar bugungi kunda baliqlarda genetik o‘zgarishlarni keltirib chiqarmoqda. Boltiq tubida 15 ming tonna turli xil xavfli kimyoviy birikmalar bilan to‘ldirilgan snaryad va bombalar joylashtirilgan. Ta’kidlash joizki, atrof-muhit uchun eng katta xavfni iprit tug‘diradi. Cho‘ktirilgan zaharlovchi moddalarning 80 % ni iprit tashkil qiladi, qolgan qismi margimush asosidagi moddalardan iborat, ba’zi joylarda esa tabun moddasi ham uchraydi. Iprit, lyuzit kabi yaxshi gidrolizlanadi, suv bilan birlashganda ular o‘nlab yillar o‘zining xususiyatlarini yo‘qotmaydigan birikmalarni hosil qiladi. Bu cho‘ktirib yuborilgan kimyoviy qurol Shimoliy, G‘arbiy va Sharqiy Yevropa xalqlari uchun jiddiy ekologik xavfni ifodalaydi.
Ushbu muammo bo‘yicha olimlarning ishini muvofiqlashtirish bilan shug‘ullanuvchi Polsha fanlar akademiyasi okeanshunoslik Instituti doktori Yasek Beldovskiyning so‘zlariga ko‘ra, kimyoviy qurolning eng yirik qatlamlari Gotland chuqurligida o‘rnashgan bo‘lib, u erda jangovar qurollar deyarli 1500 km2 maydonga yoyilib ketgan. Shuningdek, Boltiq dengizining Slupsk Rinnasi va Gdansk chuqurligida kimyoviy qurol mavjudligini isbotlashga erishildi. Jangovar qurollarning bir qismi hozir yemirilib ketgan. Bu muammoni Boltiq sohilida joylashgan barcha manfaatdor mamlakatllar birgalikda hal qilishlari zarur.
Tabiat muhitiga eng katta zararni, albatta hamma yerda ham flora, ham faunani qirib tashlovchi urushlar yetkazadi. Vaholanki, agar ilgari tabiatga yetkazilayotgan zarar go‘yo urushning nojo‘ya ta’siri bo‘lgan bo‘lsa, AQSh Hindixitoyda olib borgan urush davomida esa atrof-muhit vayron qilinishi insoniyat tarixida ilk bor tajovuzkor davlatning harbiy strategiyasining jiddiy tarkibiy qismi bo‘lib qoldi. AQSh armiyasi dushmanni tabiiy pana joylardan, harakatlanish erkinligidan, shuningdek ozuqa manbaidan boshqa ta’minot buyumlaridan mahrum qilish maqsadida ulkan hududlardagi o‘simlik qoplamlarini qirib tashlashgan. MRB 1963 yilda Saygon ustida sun’iy ravishda yog‘inlar yog‘dirish loyihasini tasdiqlagan holda, Vetnamda bulut hosil qilish bo‘yicha operatsiyalarning tashabbuskori bo‘lgan. Janubi-Sharqiy Osiyoda 2,5 dan 17,5 mm ga qadar yog‘ingarchilik chaqirishga erishilganligi to‘g‘risida arxiv ma’lumotlari, harbiylarning bayonotlari mavjud. Bu vositalar o‘simliklarni halok qiluvchi moddalar (55 ming tonna gerbitsid) bo‘lgan, yopirilma va doimiy bombardimon qilish, og‘ir buldozerlarni (rim omochlari) keng qo‘llash bo‘lgan.
Urush oqibatlari ayniqsa Janubiy Vetnam uchun jiddiy muammolarni yuzaga keltirdi – urush davomida qo‘llanilgan barcha fugas bombalarining 71 % partizan otryadlari joylashgan o‘rmonlarni yo‘q qilish operatsiyalarida ko‘llanilgan. Deyarli barcha gerbitsidlar shu yerda qo‘llanilgan. Taxminiy hisob-kitoblarga ko‘ra, Janubiy Vetnamning 400 ming gektar ekin maydonlari yo‘q qilingan. Hindixitoyda o‘simlik va hayvonot dunyosiga yetkazilgan zarar juda katta bo‘lib, u bu mintaqa mamlakatlari iqtisodiyotiga hozirgacha salbiy ta’sir ko‘rsatib kelmoqda.
Tabiat va atrof-muhitni asrash Yer yuzida tinchlikni saqlab qolish bilan uzluksiz bog‘langan. Bu jihatdan qurollanish poygasini cheklash va qurolsizlanishga qaratilgan xalqaro shartnomalar ulkan ahamiyat kasb etadi. Ular orasida 1963 yil 5 avgust kuni Moskvada imzolangan “Atmosferada, koinotda va suv ostida yadro qurollari sinovlarini taqiqlash to‘g‘risida”gi Shartnoma; 1968- yil 1- iyul kuni Moskva, Vashington va Londonda imzolangan “Yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risida”gi Shartnoma; 1972- yil 10- aprel kuni Moskva, Vashington va Londonda imzolangan “Bakteriogik (biologik) qurollarni ishlab chiqishni, ularni tayyorlashni taqiqlash va ularni yo‘q qilish to‘g‘risida”gi Konvensiya; (1971- yil 2- noyabr kuni Moskva, Vashington va Londonda imzolangan “Dengiz va okeanlar tubida va uning chuqurliklarida yadroviy va boshqa ommaviy qirg‘in qurollari turlarini joylashtirishni taqiqlash to‘g‘risida”gi Shartnoma; 1976- yil 10- dekabrda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan “Tabiiy muhitga harbiy yoki har qanday dushmanlarcha ta’sir ko‘rsatishni taqiqlash to‘g‘risida”gi Konvensiya va boshqalar).

Mavzu bo‘yicha nazorat savollari:



  1. Kimyoviy qurol qayerda va qachon birinchi marta qo‘llanilgan?

  2. Zaharlovchi moddalarning toksikologik va taktik tasnifi.

  3. O‘zbekiston Respublikasida kimyoviy qurol mavjudmi?

  4. Zaharlovchi moddalar ommaviy shikast yetkazuvchi qurol sifatida ishlatishga imkon beradigan kanday fizikaviy va kimyoviy xossalarga ega bo‘lishi kerak?

  5. Kimyoviy qurol-aslahalarga nimalar kiradi?




Download 159.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling