Kimyoviy qurol. Kimyoviy xavfsizlik


Sepadigan aviatsion asboblar (SAA)


Download 159.5 Kb.
bet4/5
Sana02.12.2023
Hajmi159.5 Kb.
#1779043
1   2   3   4   5
Bog'liq
6-мавзу.2022 раздатка

Sepadigan aviatsion asboblar (SAA) suyuq zaharlovchi moddalar bilan to‘ldirilib, samolyot qanotlari yoki fyuzelyaji (korpusi) tagiga osiladi va 300-500 m balandlikdan sepiladi.
Ular yordamida katta maydonlarda ZMlarning aerozol, tomchi va bug‘lari tez hosil qilinadi. SAAlar yordamida ZMlar qo‘llanilganligining o‘ziga xosligi – past uchib o‘tgan samolyot ortidan aerozol izi qolishi hamda joylarda hamda u yerda joylashgan obyektlar ustida mayda tomchilarni hosil bo‘lishi.
Raketa vositalari. Kimyoviy hujum zarurati paydo bo‘lganda raketa vositalaridan keng foydalaniladi.
Boshqarilmaydigan reaktiv snaryadlarning uchish masofasi 40 km ni tashkil qiladi.
Boshqariladigan raketa vositasi reaktiv snaryadlarining uchish masofasi 5-140 km ni tashkil qiladi.
Reaktiv minomyotlar ko‘p stvolli kurilmalardan otiladigan reaktiv snaryadlar yoki minalar zaharlovchi moddalardan zarin yoki V-gazlari bilan to‘ldirilgan bo‘ladi, qo‘llanilganda ko‘plab maydonlar va insonlar zararlanadi, qurilmalarning otish uzoqligi 2,7-11 km ni tashkil qiladi.
Artilleriya kimyoviy snaryadlari va minalari. Bu tabelli snaryadlar V-gazlari, zarin, xaydalgan iprit va CS (Si-Es) zaharlovchi moddalar bilan to‘ldirilgan.



115 mm li kimyoviy artilleriya snaryadlari:
1 va 8 – portlagichlar; 2 – porox zaryadi; 3 – diafragma; 4 – teshilgan nay; 5 – zaxarlovchi moddalar shashkasi; 6, 9 – qobiq; 7 – snaryadning ostki qismi; 10 – zaxarlovchi modda; 11 – portlatuvchi zaryad ustki stakani; 12 – portlovchi zaryad.

Gaubitsalarning otish masofasi 16-18 km, zambaraklarning otish masofasi 32 km ni tashkil qiladi.


Kimyoviy artilleriya snaryadlari qobiq va portlovchi zaryad, portlatgichdan iborat. Qobiqning ichki qismi ZM bilan to‘ldiriladi. Tashqi ko‘rinishi bo‘yicha kimyoviy snaryad (mina)lar oddiy o‘q-dorilaridan faqat belgilari bilan farqlanadi.
Kimyoviy snaryadlarning yana bir turi – bu binar vositalar. Binar vositalarning o‘ziga xosligi – ular ikki xil toksik bo‘lmagan moddalar bilan to‘ldiriladi. Bu moddalar vositaning ichida bir-biridan ajratilgan holda mahsus konteynerlar ichida joylashgan bo‘ladi. Snaryad nishonga yetgach ushbu moddalar aralashib zaharlovchi modda hosil bo‘ladi.
Vositani ichida konteynerlarni buzilishi mahsus portlatish qurilmasi yordamida yoki otish vaqtidagi inersiya kuchi bilan amalga oshiriladi. Moddalarning aralashishi snaryadni aylanishi tufayli yoki mahsus aralashtirgichlar yordamida amalga oshiriladi. Binar snaryad portlatilishi vaqtida jangovar holatga oddiy usulda o‘tkaziladi.

Download 159.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling