Газларда электр токи мавзусини ўрганиш
Download 0.49 Mb. Pdf ko'rish
|
GAZLARDA ELEKTR TOKI
plazma deyiladi. Gaz razryadli plazma elektronlari va ionlari gaz
razryadini vujudga keltirayotgan elektr toki manbaidan doimo energiya olib turadi. Natijada ionlar va elektronlarning temperaturalari keskin farq qiladi, chunki elektronlar elektr maydonida ko’proq tezlashadi. Masalan, yolqin razryadda elektronlar temperaturasi – 10 000 K bo’lsa, ionlar temperaturasi 2000K dan ortmaydi. Plazma zarralari, oddiy gaz molekulalariga o’xshash tartibsiz harakatda bo’ladi. Plazma elektromagnit maydon bilan ta’sirlashgani uchun radio to’lqinlarni qaytaradi. Plazmada tok tashuvchilar kontsentratsiyasi juda katta. Shuning uchun, plazmaning elektr o’tkazuvchanlik xossasi yaxshi. Plazmada elektronlarning harakatchanligi ionlarga nisbatan taxminan uch marta katta, shu sababli plazmada tokni asosan elektronlar hosil qiladi. Hozirgi paytda plazmadan ikki yo’nalishda foydalanish mo’ljallanyapti: 1) boshqariluvchi termoyadro reaktsiyalarida; 2)magnitogidrodinamik generatorlarda(MGDG). Molekulyar-kinetik nazariyasining asosiy qoidalari Qanday qonunlarga bo’ysinuvchi gaz deb ataladi. Molekulyar fizika va termodinamika ayni bir doiradagi hodisalarni, xususan, jismlardagi makroskopik protsesslarni, ya’ni jismlar tarkibidagi ulkan miqdordagi atomlar va molekulalar bilan bog‘liq bo‘lgan hodisalarni o‘rganadi. Molekulyar fizika moddaning atom-molekulyar tuzilishi haqidagi tasavvurlardan kelib chiqadi va issiqlikni atom va molekulalarning tartibsiz harakati deb qaraydi. Molekulyar fizikani ko‘pincha modda tuzilishining molekulyar-kinetik nazariyasi deb ham yuritiladi. Molekulyar fizika materiyaning issiqlik harakatini o‘rganadi. Issiqlik harakati degan tushuncha bir nechagina molekulalardan iborat sistemalarga tatbiq etilmaydi. Nihoyatda ko‘p molekulalarning xaotik harakati ayrim jismlarning tartibli mexaniq ko‘chishidan sifat tomondan farq qiladi. Xuddi o‘sha sababdan ham xaotik harakat materiya harakatining o‘ziga xos xossalariga ega bo‘lgan maxsus turi hisoblanadi. Jismlarning ichki xossalari issiqlik harakatiga bog‘liq, shuning uchun issiqlik harakatini o‘rganish jismlar ichida yuz beradigan ko‘p jarayonlarni tushunib olishga imkon beradi. Atom yoki molekulalari juda ko‘p bo‘lgan jismlar fizikada makroskopik jismlar deb ataladi. Makroskopik jismlarning o‘lchamlari atomlarning o‘lchamlaridan juda ko‘p marta katta bo‘ladi. Ballon ichidagi gaz, idishdagi suv, qum, tosh, po‘lat sterjen, Yer shari makroskopik jism hisoblanadi. Makroskopik jismlarda yuz beradigan jarayonlarni (protsesslarni) molekulyar fizika o‘rganadi. Atom va molekulalarning issiqlik harakatiga bog‘liq bo‘lgan va boshqa ko‘p hodisalar issiqlik hodisalari deb ataladi. Issiqlik hodisalarining qonunlari kashf etilishi bu hodisalardan amalda, texnikada samarali foydalanishga imkon beradi. Hozirgi zamon issiqlik dvigatellari, gazlarni suyuqlikka aylantiradigan qurilmalar, sovitgich apparatlar va boshqa qurilmalar ana shu qonunlarga asoslanib loyihalanadi. Makroskopik jismlarning ichki holati makroskopik parametrlar deb ataladigan miqdorlar bilan aniqlanadi. Bular jumlasiga bosim, hajm va temperatura kiradi. Bosim deb, sirtning bir birlik yuzasiiga perpendikulyar ravishda ta’sir qiluvchi kuchga miqdor jihatdan teng bo‘lgan fizik kattalikka aytiladi, ya’ni S F P , (1) bu yerda F - ta’sir qiluvchi kuch; S - sirtning yuzasi. SI sistemasida bosim Paskallarda o‘lchanadi, ya’ni Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling