Газларда электр токи мавзусини ўрганиш
Download 0.49 Mb. Pdf ko'rish
|
GAZLARDA ELEKTR TOKI
Па
м H S F P 1 1 2 . (2) Ko‘pincha bosimning amaliyotda foydalaniladigan birliklari: millimetr simob ustuni (mm sim. ust.), fizik atmosfera (atm.) va texnik atmosfera (at.) Pa ust sim mm at Pa ust sim mm atm Pa ust sim mm 4 5 10 8 , 9 . . 5 , 736 . 1 10 0132 , 1 . . 760 1 133 . . 1 (3) Pa bar 5 10 1 . Normal atmosfera bosimi deb, dengiz sathida С 0 0 temperaturada balandligi 760 mm simob ustuniga teng bo‘lgan atmosfera bosimiga aytiladi. Atmosfera bosimi ob-havoni belgilaydigan boshqa ko‘p hodisalar bilan uzviy bog‘liqdir. Shuning uchun ob-havoni oldindan aytish va boshqa maqsadlar uchun atmosfera bosimini bir onda o‘lchashga to‘g‘ri keladi. Atmosfera bosimlarini o‘lchashda qo‘llaniladigan asboblar barometrlar deb ataladi. Berk idishlardagi bosimni o‘lchashga mo‘ljallangan asboblarga manometrlar deyiladi. Manometrlar ikki turga: suyuqlikli va metall manometrlarga bo‘linadi. Suyuqlikli manometrlar kichik bosimlarni o‘lchashda, metall manometrlar esa katta bosimlarni o‘lchashda ishlatiladi. Hajm quyidagi formula bilan ifodalanadi: m V , (4) bu yerda V - moddaning hajmi; m - moddaning massasi; - moddaning zichligi. 3 1м m V . (5) Issiqlik hodisalari to‘g‘risidagi butun ta’limotda temperatura tushunchasi markaziy o‘rin egallaydi. Temperatura jismning isiganlik darajasini ifodalaydi. Temperaturani o‘lchaydigan asbob – termometr deyiladi. Termometrning ishlash prinsipi jismlarning bir-biriga energiya berish yoki olishiga asoslangan. Ko‘pincha ishlatiladigan termometrlar suyuqlikli (simobli, spirtli) termometrlardir. Amaliyotda temperatura Selsiy shkalasi orkali o‘lchanadi va C t 0 , bilan belgilanadi. Kelvin boshqa temperaturalar shkalasini taklif kildi. Kelvinning taklif kilgan shkalasini termodinamik yoki absolyut temperatura shkalasi deyiladi. Bu shkala bilan ifodalangan temperatura T bilan belgilanadi va Kelvin (K) hisobida ifodalanadi. Temperatura birligi kelvin SI da asosiy birliklardan biri hisoblanadi. Kelvin shkalasida ifodalangan temperatura Selsiy shkalasida ifodalangan temperatura bilan quyidagicha bog‘lanishga ega bo‘ladi: 0 273 t T . (6) Holat parametrlari bir-biriga qonuniy ravishda bog‘langan bo‘lib, ulardan birining o‘zgarishi natijasida boshqalari ham o‘zgaradi. Bu kattaliklarning o‘zaro bog‘lanishi analitik usulda funksiya ko‘rinishida ifodalanishi mumkin, ya’ni 0 ) , , ( T V P f . (7) Biror jismning parametrlari orasidagi bog‘lanishni ifodalovchi munosabat shu jismning holat tenglamasi deb ataladi. Binobarin, yukoridagi (7) ifoda holat tenglamasidir. Har qanday moddaning xossalari uni tashkil etuvchi zarralarning xossalari va harakatining harakteri bilan aniqlanadi. Moddaning uzlukli (diskret) tuzilishi to‘g‘risidagi tasavvur uzoq o‘tmishdayoq paydo bo‘lgan edi. Hozirgi zamon fanining ma’lumotlariga ko‘ra, har qanday modda molekulalar deb ataluvchi zarrachalardan tuzilgan bo‘lib, molekulalar esa o‘z navbatida atomlardan tashkil topgandir. Moddalar uzluksiz xaotik (tartibsiz) harakatda bo‘lgan atom va molekulalardan tuzilgan degan fikrga asoslangan modda tuzilishining nazariyasiga molekulyar-kinetik nazariya deyiladi. Modda tuzilishining molekulyar-kinetik nazariyasi quyidagi uchta qoidaga asoslanadi: 1. Barcha moddalar molekulalardan tashkil topgan; molekulalar o‘z navbatida atomlardan tashkil topgan; 2. Molekulalar har doim uzluksiz tartibsiz (xaotik) harakatda bo‘ladi; 3. Hamma moddalar zarralari orasida tabiati elektromagnit ta’siridan iborat bo‘lgan tortishish va itarishish kuchlari mavjud. Molekulyar-kinetik nazariya gazsimon, suyuq va qattiq holatdagi moddalarni o‘rganishda asosiy nazariya bo‘lib qoldi. Molekulyar-kinetik nazariyaning to‘g‘riligini Broun harakati, diffuziya va boshqa hodisalar to‘la tasdiqlaydi. Broun harakati deb, suyuqlik yoki gazlarda muallaq holatdagi qattiq va erimaydigan zarrachalarning uzluksiz xaotik harakatiga aytiladi. Diffuziya deb, bir-biri bilan chegaradosh ikki modda molekulalarining xaotik harakati natijasida asta-sekin o‘zaro aralashib ketish hodisasiga aytiladi. Diffuziya hodisasi gazlar, suyuqliklar va qattiq jismlarda har xil kuzatiladi, bu jismlar atom va molekulalarining bir xil harakatlanmasligini ko‘rsatadi. Diffuziya hodisasi tabiatda va texnikada katta rol o‘ynaydi. O‘simliklarning ildizlari o‘simlik uchun zarur moddalarni tuproq osti suvlaridan ildizlar ichiga qarab yo‘nalgan diffuziya oqimi vositasida oladi. O‘simlik uchun zarrali bo‘lgan moddalar o‘simlik tomonidan o‘zlashtirilmaydi, ya’ni diffuziyalanmaydi. Texnikada diffuziya har xil moddalarni, masalan, lavlagidan qandni, kimyo sanoatida xilma-xil moddalarni, tabiiy uran rudasidan yadro yoqilg‘isi uran izotopini ajratib olishda va shu kabilarda foydalaniladi. Hozirgi zamon fanida jismlarning fizik xossalarini o‘rganishda ikki xil yondoshishdan – termodinamik va molekulyar-kinetik usuldan foydalaniladi. Termodinamik usul jismlarning ichki tuzilishdagi xususiyligini hisobga olmagan holda ularda energiya aylanishi va saqlanishi qonunlari asosida o‘rganishga asoslangan bo‘lib, termodinamik usul deyiladi. Molekulyar-kinetik usul moddalarning ichki tuzilishi asosida ularning xossalarini chuqurroq o‘rgatadi. Molekulyar-kinetik usul statistik usul deb, molekulyar-kinetik nazariya esa statistik fizika deb ham yuritiladi. Har ikkala termodinamik va statistik usullar bir-birini to‘ldiradi. Bu usullarning birlashishi gaz, suyuq va qattiq holatdagi moddalarning tuzilishi va ularda bo‘ladigan jarayonlarni o‘rganishga keng yo‘l ochib beradi. Gazlarning kinetik nazariyasi gaz holatini harakterlovchi kattaliklari bilan molekulalar harakati o‘rtasidagi bog‘lanishni hosil qiladi. Biror idishda olingan gaz xaotik harakatdagi molekulalar to‘plamidan iboratdir. Har bir molekula idish devoriga urilganda devorga biror kichik kuch bilan ta’sir qiladi, ammo molekulalar to‘plami esa kattagina kuch bilan ta’sir qiladi. Xulosa Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, metallar va elektrolitlar tok tashuvchilar har doim mavjuddir, ularga berilgan elektr maydoni mavjud zaryadlarni faqat tartibga soladi. Gazlar esa normal holda izolator hisoblanadi, ularda tok tashuvchilar bo’lmaydi. Tashqi elektr maydoni bo’lganida ionlashgan gazda turli ismli ionlarning qarama-qarshi yo’nalishdagi harakati va elektronlarning harakati tufayli tok vujudga keladi.Tabiiy sharoitlarda gazda hamma vaqt ham oz miqdorda erkin elektronlar va ionlar bo’ladi, ular kosmik nurlar va atmosferada, tuproqda, suvda bo’ladigan radiaktiv moddalarni nurlanishi ta’sirida hosil bo’lishi mumkin. 10 3 – 10 5 VG’m elektr maydonlarida bu zarra-chalarni shunday tezliklargacha tezlatish mumkinki, ularning kinetik energiyasi ionizatsiya ishidan katta bo’lib ketadi va ular neytral molekulalar bilan to’qnashib, bu molekulalarni ionlashtiradi. Hosil bo’lgan elektron va ionlar ham maydon ta’sirida tezlashib o’z navbatida ular ham yangi neytral molekulalarni ionlatiradi va hakozo… Shunday qilib, ionlashgan gazda musbat ionlar ham, manfiy ionlar ham, erkin elektronlar ham bo’ladi. Gazda ionizatsiya bilan birga ionlarning rekombinatsiyalanish jarayoni ham boradi. Agar gazning barcha molekulalari ionlashgan bo’lsa, ya’ni ionlashganlik darajasi birga teng bo’lsa, to’liq ionlashgan plazma deyiladi. Boshqa hollarda qisman ionlashgan plazma bilan ish ko’riladi. Plazma moddaning alohida holatidir. Bir necha o’n million gradius temperaturaga ega bo’lgan Quyosh va boshqa yulduzlarni tashkil qilgan moddalar plazma holatda bo’ladi. Plazmani ikki uchul bilan hosil qilish mumkin. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling