Gazlarni oltingugurt birikmalaridan tozalash
Download 109.58 Kb.
|
Gazni tozalash
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Kombinatsiyalangan jarayonlar
- 4. Oksidlash jarayonlari
1. Xemosorbsiya jarayonlari – bu jarayonlar H2S va CO2 ni absorbentning aktiv qismi bilan kimyoviy ta’sir etishga asoslangan. Bu jarayonlarning keng tarqalgan reagentlari aminlar va ishqorlardir.
2. Absorbsiya jarayonlari – bu jarayonlar gaz tarkibidagi nordon komponentlarni absorbentlarda erishiga asoslangan. Absorbentlar sifatida N – metilpirrolidon, glikollar, propilenkarbinat, tributilfosfat, metanol va hokazo qo‘llaniladi. Bu jarayonlarni afzalligi – ko‘p miqdordagi nordon komponentlarni qayta ishlaganda bilinadi, chunki absorbentlarni yutish qobiliyati gazdagi nordon komponentlarning porsial bosimiga to‘g‘ri proporsionaldir. 3. Kombinatsiyalangan jarayonlar – bu jarayonlarda bir vaqtning o‘zida ximik va fizik yutuvchilar qo‘llaniladi. Bu jarayonlar ichida eng ko‘p tarqalgan sulfinol jarayonidir. Bu jarayonda yutuvchi sifatida sulfolan qo‘llaniladi. Tetragidrotiofen dioksidi va birorta kimyoviy yutuvchi qo‘yib ishlatiladi. Kimyoviy yutuvchi sifatida aminlar qo‘llaniladi, 1- navbatda diizopropanolamin (DIPA).Barcha qo‘llaniladigan usullarda nordon komponentlarni yutuvchilar quyidagi talablarga javob berishi kerak: A) Selektiv bo‘lishi. B) Kimyoviy va termik barqaror. V) Parlarini bosimi past va korroziyasi past darajada bo‘lishi kerak. G) Yuqori yutish qobiliyatli. D) Uglevodorodlarga nisbatan kimyoviy inert. E) Arzon bo‘lishi va kamyob bo‘lmasligi kerak. J) Kam zaharli bo‘lishi. 4. Oksidlash jarayonlari – bu jarayonlar yutilgan vodorod sulfidni element oltingugurtga aylantirishga asoslangan. Bu jarayonlarga misol qilib Djimmarki- Vetrokon yoki Stretford jarayonlarini ko‘rsatish mumkin. Birinchi jarayonda yutuvchi sifatida ishqoriy metallni qaynoq eritmasi qo‘llaniladi.Jarayon davomida yutilgan vodorod sulfid oltingugurtga aylanadi. SO2 ga nisbatan bu jarayon oddiy siklik sorbsion jarayondir. Bu jarayonning asosiy kamchiligi qo‘llaniladigan yutuvchining juda zaharliligidir. Stretford jarayonida yutuvchi sifatida antraxinondisulfokislotani natriyli tuzining suvli eritmasi qo‘llaniladi. Download 109.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling