Gazlarning o’rtacha molyar massasini hisoblash Gazning zichligi


Download 20.01 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi20.01 Kb.
#1593124
Bog'liq
Gazlar. o\'rtacha molyar massa


Gazlarning o’rtacha molyar massasini hisoblash
Gazning zichligi − molyar massani molyar hajmga nisbatiga aytiladi.

bunda, – gazning zichligi; Mr − molyar massa; VM − molyar hajm.
Masala – 1 Azotning zichligini aniqlang?
Yechish: Yuqoridagi formuladan foydalangan xolda Mr = 28g/mol, VM – 22,4 litr javob – 1,25g/l


Gazlarning nisbiy zichligi−bir gazsimon moddaning boshqa gazga nisbatan necha marta og’ir yoki yengil ekanligini ko’rsatuvchi songa nisbiy zichlik (D) deb ataladi.


Masala – 2 Uglerod (IV) – oksidining geliyga nisbatan zichligini aniqlang? Yechish: javob – 11
Gazlar aralashmalarining o’rtacha molekular massasi:



bunda, M − gazning molyar massasi; n − gazning modda miqdori; V − gazning hajmi; φ − gazning hajmiy ulushi.
Masala – 3 2mol azot bilan 3mol kislorodning o’rtacha molyar massasini aniqlang Yechish: Bu savolda gazning miqdori (mol) berilgan shuning uchun (1) formulani qo’llaymiz; n1(N2) = 2mol; M1(N2) = 28g; n2(O2) = 3mol; M2(O2) = 32g javob – 30,4 g/mol
Masala – 4 6 litr HF bilan 4 litr HCl ning o’rtacha molyar massasini aniqlang. Yechish: Bu savolda gazlar hajmlari berilganligi sababli (2) formulani qo’llaymiz. V1(HF) = 6 l ; M1(HF) = 20 g; V2(HCl) = 4 l ; M2(HCl) = 36,5 g javob – 26,6 g/mol


Mavzuga doir masalalar

  1. 4 mol kuldiruvchi gaz, 1,5 mol tulki dumi va 2,5 mol botqoq gazining o’rtacha molyar massasini toping. A) 40,875 B) 35,625 C) 28,2 D) 42,4



  1. Chorak mol uglerodning indeferent oksidi, 3/4 mol eng yengil gaz va 3 mol geliyning o’rtacha molyar massasini hisoblang. . A) 5,125 B) 4,875 C) 6,25 D) 3,225 .

  2. Teng moldan olingan CO, CO2, NO2 va SO2 gazlarining geliy bo’yicha zichligini toping. . A) 38,4 B) 45,5 C) 9,25 D) 11,37



  1. 5 litr azot va 15 litr kislorodning o’rtacha molyar massasini aniqlang A) 31 B) 30 C) 29 D) 31,5



  1. Qaldiroq gazining H2 ga nisbatan zichligini aniqlang. . A) 24 B) 12 C) 6 D) 3



  1. 2,8 litr neon, 5,6 litr geliy va 8,4 litr argonning o’rtacha molekulyar massasini hisoblang. . A) 13,3 B) 17,6 C) 20,3 D) 24,6



  1. Lyapis parchalanganda hosil bo’lgan gazlarning o’rtacha molyar massasini hisoblang. . A) 41,3 B) 39,3 C) 37,3 D) 43,3



  1. Gazlar aralashmasi quyidagicha ; ; va aralashmaning o’rtacha molyar massasini aniqlang A) 32,8 B) 43,2 C) 34,6 D) 28



  1. Idishga 0,3 mol azot, 16,8 litr vodorod sulfid va 9 gramm vodorod ftorid solindi. Aralashmaning o’rtacha molyar massasini toping. . A) 31,2 B) 30,2 C) 28,6 D) 26,4



  1. Idishga 33,6 g azot, 33,6 litr kislorod, 1,3 mol ftor gazlari mavjud. Gazlar aralashmasining o’rtacha molekulyar massasini hisoblang. . A) 26,9 B) 32,75 C) 19,5 D) 30



  1. Vodorod ftorid va argondan iborat gazlar aralashmasida inert gazning massa ulushi 40 %. Gazlarlarning o’rtacha molyar massasini hisoblang. A) 23 B) 24 C) 25 D) 26



  1. Gazlar aralashmasi massa jihatdan 50 % metan, 25% geliy va qolgani vodoroddan tashkil topgan bo’lsa, uning o’rtacha molyar massasini toping. A) 4,57 B) 6,14 C) 9,33 D) 7,66



  1. Teng massada olingan metan va geliy gazlarining vodorodga nisbatan zichligini toping. . A) 12,8 B) 6,4 C) 3,2 D) 9



  1. Havo tarkibida hajm jihatdan azot – 80 % va kislorod – 20 % ni tashkil etsa havoning zichligini aniqlang. . A) 29 B) 2,56 C) 14,5 D) 1,28





Download 20.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling