Yer osti gaz quvurlarining ko‘chada joylashishi
Yer osti gaz quvurlarining ko‘chada joylashishi
Shaharlarda yer osti gaz quvurlari, asosan, ko‘chaning qatnov yo‘llari tagidan o‘tkaziladi. Agarda ko‘chalarda keng piyoda yo‘llari yoki maysazorlar bo‘lsa, ular tagidan o‘tkazish maqsadga muvofiq, chunki qatnov yo‘llarini buzish va tiklash qimmatga tushadi. Gaz quvurlarini o‘tkazishda gaz quvurlari bilan bino, yer osti va yer usti inshoatlari va daraxtlar oralig‘ida ma’lum masofani ta’minlash kerak. Bu masofalar texnik sharoitlarda va qurilish qoidalarida keltirilgan. Shular bilan tanishib chiqamiz.
1. Yer osti gaz quvuri bilan bino orasidagi masofa quyidagicha bo‘lishi kerak:
1. Yer osti gaz quvuri bilan bino orasidagi masofa quyidagicha bo‘lishi kerak:
Bu masofalar yer osti gaz quvurlaridan gaz chiqa boshlaganda uning bino ichiga kirmasligini ta’minlay olmaydi, lekin kirish xavfini kamaytiradi.
1
2
3
4
3. Temir yo‘l relsigacha bo‘lgan masofa:
3. Temir yo‘l relsigacha bo‘lgan masofa:
Bu masofalar gaz quvurlarini yotqizish va ta’minlash ishlarini bajarish paytida transport harakatini to‘xtatmasdan olib borishga imkon beradi.
1
2
3
4
4. Gaz quvuri daraxtlardan kamida 1,5 m masofada o‘tish kerak, chunki undan yaqin bo‘lsa, xandaq qaziganda, daraxtning ildizi kesilib ketadi. Bundan tashqari, quvurdan gaz chiqa boshlasa, daraxt ildizlariga ta’sir qilib, uni quritadi.

5. Elektr kabeli bilan yer osti past, o‘rta va yuqori (0,3 – 0,6) MPa bosim gaz quvuri orasidagi masofa kamida 1 m bo‘lishi kerak. Agarda yuqori bosim (0,6 – 1,2) MPa bo‘lsa, kamida 2 m bo‘lishi lozim. Bu masofalar xandaq qaziganda yoki tamirlash ishlari olib borilganda kabelni uzib yubormaslik uchun kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |