G’aznachilik” fanidan G’aznachilikda davlat kafolatlarini ta’minlash mavzusida tayyorlagan mustaqil ishi
Har bir davlat oʻz milliy strategiyasiga ega boʻlishi zarur
Download 75.11 Kb.
|
Gaznachilik Yo\'ldoshev Bobur
Har bir davlat oʻz milliy strategiyasiga ega boʻlishi zarur
Dunyoning ayrim mamlakatlarida tashqi qarzning kritik darajasi yuqorilab borayotganligi nafaqat mamlakatlar iqtisodiy xavfsizligi, balki dunyo iqtisodiyoti barqarorligi nuqtayi nazaridan ham xavf-xatarlar keltirib chiqarayotganligi bor haqiqat. Bir qator rivojlangan va jadal rivojlanayotgan mamlakatlar umumiy qarz majburiyatlarida nafaqat davlat qarzining, balki tijorat banklari va korporativ sektorning qarzlari keskin oshib ketishi iqtisodiyotda jiddiy muammolarni keltirib chiqarganligi jahon moliyaviy inqirozi avj olgan paytida YEIning Gretsiya, Portugaliya, Ispaniya kabi mamlakatlari misolida kuzatildi. Ushbu mamlakatlar tajribasi qarzdorlik darajasini doimiy nazorat qilish, qarzlarning nooʻrin oshib ketishiga yoʻl qoʻymaslik, tashqi va ichki qarzlarni samarali boshqarishda har bir davlat oʻzining milliy strategiyasiga ega boʻlishi zarurligini koʻrsatadi. Oʻzbekiston sharoitida ichki kapital bozori endi shakllanayotgan paytda tizimli islohotlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashda hozircha yagona muqobil manba — tashqi qarz boʻlib qolayotganligini hisobga olgan holda mamlakatning investitsiya va qarz bozorining moliyaviy dastaklari hamda mexanizmlarini tezroq ishga solish choralarini koʻrish maqsadga muvofiq. Bunda aholining qoʻlidagi mablagʻlarni iqtisodiyotga samarali jalb qilish muhim vazifadir. Ayni paytda aholi ixtiyorida 10 mlrd. AQSH dollari miqdorida mablagʻlar mavjudligi taxmin qilinmoqda. Masalan, hozirgi paytda ayrimlarning oʻz sarmoyasini saqlash maqsadida Toshkent shahrining eng nufuzli hududlaridan, ehtiyoji boʻlmasa ham uy-joylar sotib olayotganligini hisobga olsak, ushbu taxminlar nooʻrin emasligiga ishonch hosil qilish mumkin. Shunday ekan, ushbu mablagʻlarni iqtisodiyotimizga samarali investitsiya sifatida jalb qilish davlatning tashqi qarzlarga boʻlgan talabini bir oz boʻlsa ham qisqartirgan boʻlar edi. Buning uchun aholining qimmatli qogʻozlarga boʻlgan ishonchi va ishtiyoqini oshirish maqsadida maxsus qimmatli qogʻozlarni chiqarish va tijorat banklari orqali toʻgʻridan-toʻgʻri sotish imkoniyatlarini chuqur oʻrganishimiz kerak. Bunday amaliyotni toʻgʻri yoʻlga qoʻyish kapital bozori rivojlanishining dastlabki bosqichida real iqtisodiyotni moliyaviy mablagʻlar bilan taʼminlashda hamda Davlat byudjetining taqchilligini qoplashning samarali vositasi sifatida xizmat qiladi. Qisqacha aytganda, davlat qarzi va tashqi qarz masalasida Oʻzbekiston jiddiy muammolarga toʻqnash kelmaganligi, eng avvalo, Prezidentimizning uzoqni koʻzlab olib borayotgan iqtisodiy siyosatining natijasidir. Davlat qarzini boshqarishning milliy strategiyasida belgilangan vazifalar Prezidentimiz tomonidan 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalar bilan hamohang boʻlib, unda tashqi qarz portfelini optimallashtirish va ichki qarz bozorini rivojlantirish evaziga ichki mablagʻlarni iqtisodiyotning eng ustuvor yoʻnalishlari hamda dolzarb loyihalariga qaratish strategik ahamiyat kasb etgan. Buning tasdigʻini xalqaro moliya tashkilotlari monitoring guruhlarining berayotgan xulosalaridan ham topish mumkin. Download 75.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling