“Moliya organlarida byudjetdan mablag’ oluvchilar bilan tovar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar o’rtasidagi shartnomalarni ro’yxatdan o’tkazish va ularning xarajatlari to’lovini nazorat qilish tartibi haqida Vaqtinchalik nizom” (Moliya Vazirligi 63-son (05.05.2005), Adliya vazirligidan 1475-raqam (21.05.2005)) Ushbu Nizom tajriba tariqasida Samarqand viloyatida, shu jumladan respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan ayrim byudjet tashkilotlarida byudjetdan mablag’ oluvchilar bilan mol yetkazib beruvchilar o’rtasidagi shartnomalarni tegishli moliya organlarida ro’yxatdan o’tkazish va byudjet mablag’larini ularning xarajatlarini to’lashga o’tkazish ustidan nazorat qilish tartibini belgilab berdi. “Samarqand viloyati mahalliy byudjetining g’azna ijrosi hisobi to’g’risidagi Vaqtinchalik qoidalar” (Moliya Vazirligi 61-son (12.07.2006), Adliya vazirligidan 1599-raqam (24.07.2006) O’z.Res M.B 279-son (12.07.2006)) Mazkur Vaqtinchalik qoidalar tajriba tariqasida Samarqand viloyati mahalliy byudjeti g’azna ijrosi hisobini amalga oshirish tartibini belgilab berdi. Davlat byudjetining g’azna ijrosini tadbiq etish hisobiga byudjet tizimini yanada isloh etish, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda byudjet mablag’larining maqsadli sarflanishi ustidan nazoratni kuchaytirish, barcha darajalardagi byudjetlar daromadlari va xarajatlarini boshqarish samaradorligini oshirish maqsadida 2007 yil 28 fevralda “Davlat byudjeti g’azna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-594 sonli Qarori qabul qilindi. “Davlat byudjeti g’azna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining (28.02.2007) PQ-594 sonli Qarori Ushbu qarorga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat byudjetining g’azna ijrosini tadbiq etish hamda mahalliy moliya organlarining g’aznachilik bo’linmalari negizida O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligi va uning hududiy bo’linmalari tashkil etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |