G‘aznachilik ijrosida budjet nazorati


Download 41.44 Kb.
bet2/8
Sana06.02.2023
Hajmi41.44 Kb.
#1171410
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
G‘AZNACHILIK IJROSIDA BUDJET

Qonuniylik printsipi Konstitutsiya bilan belgilangan bo‘lib, davlat va uning barcha organlari (shu jumladan nazorat organlari) qonunga muvofiq faoliyat yuritishini, jamiyat va fuqarorlarning manfaatlari himoya qilinishiini ta’minlashini nazarda tutadi va pul mablag‘lari jamg‘armalarining yaratilishi, taqsimlanishi va ulardan foydalanish jarayoni moliya va budjet qonunchiligi normalari bilan mutassal tartibga solinishida namoyon bo‘ladi.
Rejalilik printsipi davlatning moliyaviy faoliyati moliya-reja hujjatlari
(davlat budjeti, mahalliy budjetlar, davlatning budjetdan tashkari jamg‘armalari budjetlari, budjet tashkilotlari smetalari, davlat korxonalarining daromadlar va xarajatlar balansi) tizimiga asoslanganini anglatadi, ularni tuzish, tasdiqlash, ijro etish tartibi tegishli normativ hujjatlar bilan belgilanadi.
Tizimlilik printsipi nazorat tadbirlarini o‘tkazishda nazorat ob’ektining barcha tomonlari va uning o‘zaro aloqalari vertikal va gorizontal boshqaruv tizimlari bo‘yicha ko‘rib chiqilishini nazarda tutadi.
Uzluksizlik printsipi barcha nazorat ob’ektlari (boshqariladigan tizim) nazorat sub’ektlari (tizimni boshqaruvchilar) tomonidan doimiy ravishda amalga oshiriladigan dastlabki operativ va davriy nazorat, ularning faoliyatlari shartlari va xususiyatlaridan kelib chikib belgilangan muddatlarda nazorat ostida bo‘lishini anglatadi. Bu rejalar va vazifalarning bajarilishi ustidan doimiy kuzatishni, belgilangan ko‘rsatkichlardan og‘ishlar aniqlanganda faoliyatga tuzatishlar kiritish choralari ko‘rilishini ta’minlaydi.
Nazoratning samaraliligi printsipi moliya-xo‘jalik faoliyatidagi me’yordan og‘ishlarni va ularning sabablarini o‘z vaqtida va to‘liq aniqlashda, shuningdek yuz bergan salbiy xolatlarni tezkorlik bilan bartaraf etish va etkazilgan moddiy zararni o‘z vaqtida koplashda namoyon bo‘ladi.
Oshkoralik printsipi jamiyat e’tiboriga ommaviy axborot agentligi orqali turli moliyaviy reja xujjatlari loyihalarini, ularning ijrosi bo‘yicha berilgan xisobotlarni, moliyaviy faoliyatni tekshirish va taftish kilish natijalari mazmunini etkazishda namoyon bo‘ladi.
Mustakillik printsipi nazorat kiluvchi organning moliyaviy mustakilligini, nazorat organlari raxbarlarining vakolat muddatlari parlamentnikiga nisbatan uzunligini, ularning makrmi Konstitutsiya bilan belgilanganligini
ko‘rsatadi.

Download 41.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling