G`aznachilik (ma`ruzalar matni)
Download 319.01 Kb.
|
Urganch davlat universiteti j. B. Xudayberganov-fayllar.org
Hududiy
g'azna hisobvaraqlari. Qoraqalpog`istonRespublikasi budjeti va mahalliy budjetlar qaramogida boigan budjetdan mablag` oluvchilarning pul
mablag`larini kirim qilish va o`tkazish bo`yicha operatsiyalar hududiy g’azna hisobvaraqlari orqali amalga oshiriladi. Qoraqalpog`iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar qaramogida boigan budjetdan mablag` oluvchilarning budjetdan tashqari mablag`lari (ota-onalarning maktabgacha taiim muassasalarida bolalami saqlash uchun to`lovlari, ota-onalarning musiqa va san'at maktabiarida bolalarni o`qitish uchun to`lovlari, maktabgacha taiim muassasalari ishchilaridan ovqatlanish uchun tushgan tushumlar, shuningdek, ijtimoiy ta ? minot organlaridan budjet tashkiloti xodimlariga pensiya va ijtimoiy nafaqa to`lash uchun tushgan mablag`lar) o`rnatilgan tartibda kirim qilinadi. Joriy yilda budjetdan mablag` oluvchilarning joriy moliya yili uchun kelib tushgan debitorlik qarzlari summasi kassa xarajatlarini tiklash orqali kirim qilinadi (budjetdan mablag` oluvchilarning shartnomalar tuzmasdan amalga oshiriladigan to`lovlari bo`yicha yuridik va moliyaviy majburiyatlar). Budjetdan mablag` oluvchilarning o`tgan yilgi debitorlik qarzlarining joriy moliya yilida qaytarilgan summalari, shuningdek, tovar-moddiy boyliklarni, asosiy vositalami sotishdan va inventarizatsiya (tekshirish) natijalari bo 4 yicha kelib tushgan summalar kirim qilinadi va keyinchalik ushbu summalar budjetdan mablag` oluvchilar joylashgan hududning shartli hisobvaraq raqami (ShHR) bilan ochilgan 23402 (005) "Respublika budjeti mablag`lari" daromadlar tranzit hisobvaraqlari orqali tegishli budjetlaming daromadlariga o`tkazilishi bilan alohida shaxsiy hisobvaraqlarda hisobga olinadi. Shaxsiy hisobvaraqlaridan ko`chirmalar operatsiyalar amalga oshirilganligini tasdiqlovchi, birlamchi to`lov hujjatlarining asl va ko`chirma nusxalari ilovalari bilan, shuningdek, naqd pul mablag`arini berish uchun 23212 "Moliya vazirligi g`aznachiligimablag`lari" va 23214 "g`aznachilikning hududiy bo`linmalari mablag`lari" hisobvaraqlaridan
ko`chirmalar ularga ilovalar bilan, tegishli banklar tomonidan va 23212 "Moliya vazirligi g`aznachiligimablag`lari" va 23214 "g`aznachilikning hududiy bo`linmalari mablag`lari" hisobvaraqlarida mablag`lar harakatining keyingi ish kunida doimiy ravishda g’aznachilik bo`linmalariga taqdim etiladi. Download 319.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling