G’aznachilik Mavzu: G’aznachilikda to’lovlarni amalga oshirishning tartibi
Download 49.01 Kb.
|
gazna
Iqtisod qilingan mablag’larning o’tkazilishi byudjet tashkilotlari tomonidan yuridik va moliyaviy majburiyatlar bilan band qilinmagan ajratilgan byudjet mablag’lari doirasida hisobot choragining keyingi oyi davomida amalga oshiriladi. Byudjet mablag’larining iqtisodi tegishli o’tgan davr uchun aniqlangan byudjet mablag’lari limitlari va qabul qilingan yuridik majburiyatlar o’rtasidagi farq doirasida aniqlanadi. Qabul qilingan moliyaviy majburiyatlar yuridik majburiyatlardan ortiq bo’lgan hollarda, byudjet mablag’larining iqtisodi tegishli o’tgan davr uchun aniqlangan byudjet mablag’lari limitlari va qabul qilingan moliyaviy majburiyatlar o’rtasidagi farq doirasida aniqlanadi.Agar shartnomaga uning amal qilish muddatini uzaytirish bo’yicha qo’shimcha kelishuv tuzilmagan bo’lsa, shartnomaning muddati tugashi bilan mahsulot etkazib beruvchi (pudratchi) tomonidan tovar (ish, xizmat)lar etkazib berish bo’yicha majburiyatning bajarilishi tugatiladi. Bunda, amal qilish muddati joriy yilning 31 dekabrigacha bo’lgan shartnomalar muddatini uzaytirish bo’yicha qo’shimcha kelishuv tuzishga yo’l qo’yilmaydi (kapital qo’yilmalar bo’yicha shartnomalardan tashqari). Amal qilish muddati tugagan shartnomalar bo’yicha mahsulot etkazib beruvchilarning etkazib bergan tovar (ish, xizmat)lari uchun kreditorlik qarzlari o’rnatilgan tartibda hisobvaraq-fakturalar va o’zaro qarzdorlikning solishtirma dalolatnomasi asosida to’lab beriladi. Mahsulot etkazib beruvchilardagi mavjud debitorlik qarzlari buyurtmachiga – byudjetdan mablag’ oluvchining tegishli g’azna hisobvarag’iga qaytariladi.Agar mahsulot etkazib beruvchi tomonidan o’tgan moliya yilining debitorlik qarzlari keyingi yilda (keyingi yillarda) qaytarilsa, u holda g’azna hisobvarag’iga tushgan debitorlik qarzlari summasi tegishli byudjet daromadlariga tiklanadi.Amaldagi shartnomalar bo’yicha moliyaviy majburiyatlar miqdori ro’yxatga olingan yuridik majburiyatlar summasiga nisbatan kam qabul qilinishi natijasida byudjet mablag’larining iqtisodi yuzaga kelganda, byudjet tashkilotlari tegishli hisobot davri uchun shartnomalar summasini qabul qilingan moliyaviy majburiyatlar summasiga muvofiqlashtirish uchun, ularni kamaytirish bo’yicha qo’shimcha kelishuv tuzishlari lozim.Amal qilish muddati tugagan shartnomalar bo’yicha moliyaviy majburiyatlar miqdori ro’yxatga olingan yuridik majburiyatlar summasiga nisbatan kam qabul qilinishi natijasida byudjet mablag’larining iqtisodi yuzaga kelgan xollarda, yuridik majburiyatlar summasi qabul qilingan moliyaviy majburiyatlar summasiga buyurtmachi hamda mahsulot etkazib beruvchi (pudratchi) o’rtasidagi solishtirma dalolatnoma asosida muvofiqlashtiriladiDownload 49.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling