G’aznachilik Mavzu: G’aznachilikda to’lovlarni amalga oshirishning tartibi


Download 49.01 Kb.
bet2/6
Sana28.09.2023
Hajmi49.01 Kb.
#1689144
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
gazna

Masalan, Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 24 avgustdagi 241-son qaroriga muvofiq, elektr energiyasi, mazut, ko’mir, benzin, dizel yoqilg’isi, mineral o’g’itlar, shuningdek, avia va temir yo’l chiptalari, sanatoriylar, dam olish zonalari va bolalar sog’lomlashtirish oromgohlariga yo’llanmalar‎, barcha turdagi shahar yo’lovchi transporti yo’l kartochkalari kabilarni xarid qilishda 15 foizdan ortiq miqdorda (30 foizdan 100 foizgacha) oldindan to’lov joriy etilgan. 2850-sonli “Byudjet tizimi byudjetlari g’azna ijrosi qoidalari”ga muvofiq, byudjetdan mablag’ oluvchilarning ikkinchi tomon oldidagi moliyaviy majburiyatlari ularga tovar (ish, xizmat)lar etkazib berilganligini tasdiqlovchi hujjatlar, shu jumladan ish haqi va unga tenglashtirilgan xarajatlarni hisoblash vedomostlari asosida qabul qilinadi

Moliyaviy majburiyatlar, ish haqi va unga tenglashtirilgan xarajatlar, shuningdek sud qarorlari bo’yicha to’lovlar, yig’imlar, badallar, soliqlar va boshqa majburiy to’lovlardan tashqari, oldin tuzilgan shartnomalar va yuridik majburiyatlar qabul qilinganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar doirasida qabul qilinadi.

Moliyaviy majburiyatlar, ish haqi va unga tenglashtirilgan xarajatlar, shuningdek sud qarorlari bo’yicha to’lovlar, yig’imlar, badallar, soliqlar va boshqa majburiy to’lovlardan tashqari, oldin tuzilgan shartnomalar va yuridik majburiyatlar qabul qilinganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar doirasida qabul qilinadi.

I va II guruh xarajatlari bo’yicha moliyaviy majburiyatlar ish haqi va unga tenglashtirilgan xarajatlar to’lovi uchun naqd pul mablag’larini olishga so’rovnoma, shuningdek ushbu guruhlar xarajatlari bo’yicha to’lov topshiriqnomalari asosida ro’yxatga olinadi.

G’aznachilik bo’linmalari g’azna hisobvaraqlaridan to’lov topshiriqnomalar asosida tashkilot va muassasalarni saqlash, markazlashtirilgan tadbirlarni o’tkazish, kapital qo’yilmalar va boshqa maqsadlar uchun to’lovlarning tasdiqlangan xarajatlar smetasi va kapital qo’yilmalar limitlari doirasida amalga oshiradi.


Download 49.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling