3. G‘aznachilikda xarajatlar smetalarini va ularga kiritiladigan o‘zgarishlarni ro‘yxatga olish - 3. G‘aznachilikda xarajatlar smetalarini va ularga kiritiladigan o‘zgarishlarni ro‘yxatga olish
- Budjetdan mablag' oluvchilar budjet xarajatlarini amalga oshirish uchun g'aznachilik bo'linmalariga quyidagilarni:
- budjet mablag'lari bo'yicha:
- doimiy xarajatlar sme talari moliya organlarida ro'yxatga olinguniga qadar — birinchi chorak uchun oylar kesimida moliya bo'limlarida ro'yxatga olingan vaqtinchalik xarajatlar smetalari nusxalarini; doimiy xarajatlar smetalari moliya organlarida ro'yxatga olingandan
- so'ng — moliya organlarida ro'yxatga olingan, oylar kesimida doimiy xarajatlar smetalarini;
- budjetdan tashqari mablag'lar bo'yicha — moliya organlarida
- ro'yxatga olingan, budjetdan tashqari mablag'laming kelib tushishi va ishlatilishining cheklanishi oylar kesimida ko'rsatilgan vaqtinchalik va aniqlangan xarajatlar smetalari nusxalarini taqdim etadi (kelib tushishi va sarflanish yo'nalishi cheklanmagan budjetdan tashqari mablag'lar turlari bundan mustasno).
- Budjetdan mablag' oluvehilar budjet mablag'lari bo'yicha xarajatlar smetalari nusxalarini va ularga ilovalarni hamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Zaxira jamg'armasi, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi zaxira jamg'armasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimligi zaxira jamg'armalari mablag'lari hisobiga va budjetdan tashqari mablag'lar bo'yicha smetalami, ular moliya organlarida o'rnatilgan tartibda ro'yxatga olinganidan so'ng, g'aznachilik bo'lmmalariga taqdim qiladi.
- Kapital qurilish obyektlari bo'yicha kapital qurilish buyurtmachilari g'aznachilik bo'linmalariga “Davlat budjeti g'azna ijrosi qoidalari”da keltirilgan shaklga muvofiq, tegishli moliya organlari bilan kelishilgan, tasdiqlangan qurilishlaming manzilli ro'yxati (loyiha-tadqiqot ishlarining manzilli ro'yxati) va qurilishlarnmg titul ro'yxati asosida tuzilgan xarajatlaming oylar kesimidagi yoyilmasini (Davlat budjeti mablag'lari hisobidan kapital qurilish obyektlari bo'yicha xarajatlar smetasi) taqdim etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |