O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2010-yil, 29- oktabrdagi 92-son buyrug'i bilan tasdiqlanib, O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2010-yil, 19-noyabrda 2157-son bilan ro'yxatga olingan "O'zbekiston Respublikasi Davlat budjetida turuvchi tashkilotlarning xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini tuzish, ko'rib chiqish, tasdiqlash va ro'yxatdan o'tkazish tartibi to'g'risida nizom”ga muvofiq, budjet tashkilotlarida smetalarning quyidagi turlariarnalda qo'llaniladi: - O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2010-yil, 29- oktabrdagi 92-son buyrug'i bilan tasdiqlanib, O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2010-yil, 19-noyabrda 2157-son bilan ro'yxatga olingan "O'zbekiston Respublikasi Davlat budjetida turuvchi tashkilotlarning xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini tuzish, ko'rib chiqish, tasdiqlash va ro'yxatdan o'tkazish tartibi to'g'risida nizom”ga muvofiq, budjet tashkilotlarida smetalarning quyidagi turlariarnalda qo'llaniladi:
- yakka (individual) smetalar; jamlanma smetalar;
- budjetdan tashqari mablag'lar bo'yicha smetalar; ü markazlashgan tadbirlar uchun smetalar.
- Yakka smetalar- yuridik shaxs maqomiga ega bo'lgan alohida olingan muassasa bo'yicha tuziladi. Masalan, muayyan hududda (tuman yoki shaharda) joylashgan yuridik shaxs maqomida faoliyat yurituvchi davlat sog'liqni saqlash muassasasi (kasalxona. qishloq vrachlik punkti, ixtisoslashgan dispanser va sh.k.) mustaqil ravishda budjetdan to'lanishi ko'zda tutilgan o 'z xarajatlarini yakka smeta asosida rejalashtiradi.
- Jamlanma smetalar yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan va tegishli davlat boshqaruv organlari huzuridagi markazlashtirilgan buxgalteriyalar va tegishli hokimiyatlaming buxgalteriyalari tomonidan xizmat k o ‘rsatilayotgan tashkilotlar bo‘yicha tuziladi (masalan, tuman madaniyat b o ‘limiga qarashli markaziy kutubxonalar tizimi bo'yicha).
- O'zbekiston Respublikasi Budjet Kodeksida keltirilishicha, “jamlanma xarajatlar smetasi - budjet mablag'larini taqsimlovchi tomonidan uning tasarrufidagi budjet tashkilotlarining va budjet mablag'lari oluvchilarning xarajatlar smetalari asosida tuziladigan xarajatlar smetasi” hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |