G’aznachilikda budjet tashkilotlari xarajat smetalarini va ularga kiritiladigan o’zgarishlarni ro’yxatga olish
Xarajatlar smetalarini tuzish, kо‘rib chiqish, tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi
Download 253.78 Kb.
|
G\'aznachilik - Yangiyev J -96-2
2. Xarajatlar smetalarini tuzish, kо‘rib chiqish, tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi Moliya yilining yakunida tashkilot balansini nolga keltirishi kerak. Agar moliya yili tugaganda tashkilot ijobiy saldo bilan chiqqan bo’lsa, iqtisod qilingan mablag’ keying yil uchun daromad bo’ladi. Ba’zida ishlatilmagan mablag’lar yil oxiriga kelib o’z qiymatini yoqotishi mumkin. Bunday holatda tashkilot uchun mablag’ni ishlatishning“hozir yoki hech qachon”vaziyati yuzaga keladi. Ijobiy saldo qolishining yana bir omili- kechiktirilgan harajatdir. Bunda tashkilot harajatini amalga oshirishda biroz kechiktirilishi mumkin. Bunda tashkilot ma’lum harajati uchun byudjet ajratgan mablag’ning bir qismini olib qo’yadiyu ammo harajatni amalga oshira olmaydi. Bunday kechikish maqsadga muvofiq bo’lmaydi, aksincha mablag’ maqsadli rejalashtirilmaganligidan dalolat beradi. Budjet tashkilotiarining xarajatlar smetasi Davlat budjeti xarajatlarining iqtisodiy tasnifiga muvofiq xarajatlar guruhlari bo‘yicha, 4 guruh xarajatlarining to ‘liq yoyilmasini va hisob-kitoblarni o 'z ichiga olgan holdagi ilova bilan birgalikda tuziladi. llova xarajatlar smetasining ajralmas qismi bo'lib, smetaning prognoz hisob-kitoblarini asoslaydi va hisobot tuzish maqsadida foydalaniladi. Xarajatlar smetasini tuzish b o ‘yicha ishlarni tashkil etish davomida O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi vazirliklari, idoralari, tegishli hokimiyatlarning boshqarma va bo'limlari o ‘zlariga b o ‘ysunuvchi tashkilotlarga tegishli xalq deputatlari Kengashi sessiyasining budjetni tuzish tartibi va muddati to g 'risid ag i qaroridan va moliya organining ushbu masala bo‘yicha ko'rsatmalaridan kelib chiqib, kelgusi yil uchun smetalami tuzish tartibi va muddatlari to ‘g ‘risida ko‘rsatmalar beradi. Buning uchun O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi vazirliklari va idoralari, tegishli hokimiyatlarning boshqarma va bo‘limlari o‘zlariga qarashli tashkilotlarning rahbarlari hamda tegishli xodimlari kengashini chaqiradi va xarajatlar smetasini tuzish tartibi, muddatlari to'g'risida yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatadi, ularga tashkilotlarning moliyaviy-xo'jalik faoliyatiga va ularga xarajatlar smetasini tuzish masalalari b o ‘yicha qonunchilik talablarini tushuntiradi, budjet mablag'lari bo'yicha xarajatlar smetasi hisob- kitoblarining qonunchilikka muvofiq kelishi, xarajat qilishda moliya intizomiga, iqtisod qilish tartibiga rioya qilish haqida ko‘rsatmalar beradi, shuningdek, xarajatlar smetasini tuzish hamda blankalami to’lidirish texnikasi masalalari bo'yicha yo'lyo'riqlar ko'rsatadi.
Download 253.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling