Gazni qayta ishlash texnologiyasi fani Mavzu 1: uglevodorodli gazlarni fraksiyalash


Download 0.86 Mb.
bet2/4
Sana19.06.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1614121
1   2   3   4
Bog'liq
3-маъруза

GFQ ning texnologik sxemasi
1-3-separatorlar; 4,22-27-idishlar; 5- kompressor, 6-14,19 -nasoslar, 15-18 ,20,21- ustunlar, 28,34,35-sovutgichlar 29-33- havoli sovutgichlar, I-neftni birlamchi qayta, II-neftni birlamchi qayta ishlash va gidrojarayonlar qurilmalarining stabilizasiyalash boshi, III-katalitik riformingning stabilizasiyalash bori; IV-propanli fraksiya; V-izobutanli fraksiya; Vl-butanli fraksiya; VH-izopentanli fraksiya; VUI-pentanli fraksiya; IX-gaz benzini; X-quruq gaz.
Neftni birlamchi qayta ishlash qurilmalaridan gaz seporator 1 orqali kompressor 5 bilan siqish uchun yetkazib beradi 129 °C gacha qizdiradilar. Siqilgan gazni so’ngra kondensator -sovutgich 34 va 35 larda kondensasiyalaydilar 34 da sovutish va kondensasiya 40 °C da 35 da esa 4 °C da tugaydi. Kondensasiyaning har bir bosqichida keyin gaz suyuqlikli aralashmani separator 2 va 3 larda gaz va suyuqlikga ajratadilar.
Separator gazli kondensat birlamchi haydash, riforling va gidrojarayonning qurilmalaridan stabilizasiyalash boshi bilan ustun 15 ga rektifikasiyalashga yetkazib beradilar.
Deetanizator deb ataladigan ustun 15 da yuqoridagi mahsulot metan va etan pastdagisi esa deetanlashgan fraksiya. Deetanizatorning yuqorisidagi mahsulotni ammiak bilan sovutadilar va qurilmadan chiqarib yuboradilar. Deetanlashgan fraksiyani ustun 15-dan depropanizator 16 ga yuboradilar, uning yuqorisidagi mahsulot bo’lib propanli fraksiya pastdagisi depropanlashgan fraksiya. Yuqoridagi mahsulotni havoli kondensator sovutgich 29 da kondensasiyalangandan va oxirgi sovutgichda sovutilgandan keyin ishqoriy tozalashga duchor qilib qurilmadan chiqarib yuboradilar. pastdagi mahsulotni deproponizator 16 dan debutanizator 17 ga yetkazib beradilar. Ustun 17 ning rektifikatsiya bo’lib butan va izobutan aralashmasi, qoldiq bo’lib esa debutanlashgan engil benzin hisoblanadi. Dektifikatni kondensator-sovutgich 30 da kondensasiyalaydilar, so’ngra ajratish uchun deizobutanizator 18 ga yuboradilar. Ustun 17 dagi qoldiq depentanizator 20 ga o’tadi. Butanli ustun 18 butanlar aralashmasini normal butan va izobutanga ajratish uchun xizmat qiladi, ustun 20 (depentanizator) esa pentanlarning gazli benzinni ajratish uchun mo’ljallangan pentanlarni esa denzopentanizator 21 da rektifikasiyalanadi. Depentalizatorning pastdagi mahsuloti-gaz benzinini (C6 va undan yuqori ) qurilmadan chiqarib yuboradilar. 35-jadval da GFQ ustunining texnologik rejimi keltirilgan.
GFQ ustunining texnologik rejimi

Apparat № 1- rasmga qarang

Rektifikasion ustun

Bosim,
MPa

Harorat, ° C

yuqorisiniki

pastiniki

15

Deetanizator

2,6-2,8

25-30

110-115

16

Depropanizator

1,2-1,4

62-68

145-155

17

Debutanizator

2,0-2,2

58-65

110-115

18

Deizobutanizator

1,0-1,2

65-70

80-85

20

Depentanizator

0,3-0,4

75-80

120-125

21

Deizopentanizator

0,35-0,45

78-85

95-100

Fraksiyalovchi absorber-desorber qurilmasi:
1- kolonna; 2,4- absorbent sovitkichlari; 3-nasoslar; 5-riboyler.
I-boyitilgan gaz; II- absorbent; III- quruq gaz; IV- to’yingan absorbent; V- yuqori bosimdagi bug ’.

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling