Gazni qayta ishlash texnologiyasi fani Mavzu 1: uglevodorodli gazlarni fraksiyalash


Absorbsion - rektifikasion turdagi gazni fraksiyalarga bo’luvchi qurilma (AGFQ) ningprinsipial sxemasi


Download 0.86 Mb.
bet3/4
Sana19.06.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1614121
1   2   3   4
Bog'liq
3-маъруза

Absorbsion - rektifikasion turdagi gazni fraksiyalarga bo’luvchi qurilma (AGFQ) ningprinsipial sxemasi:
1 - tomchini urib yemuruvchi ; 2 - 10 - idishlar; 3 - fraksiyalarga bo’luvchi absorber; 4 - aylanib turuvchi sug’orish sovitgichlari; 5 - gaz separatori; 6 - nayli pech’; 7 - issiqlik almashtirgich; 8 - stabilizator; 9 - kondensator - sovutgichlar; 11 - propanli ustun; 12 - sovutgichlar; 13 - riboylerlar 14 - butanli ustun; 15 - nasoslar; A - gazni monoetanolamin bilan tozalash blogi; В - kompressor xonasi; V - stabilizasiya otganini tozalash va quritish bloki; G – barqaror benzinni ishqorlash bloki; I - yog’li gaz; II - barqaror bo’lmagan benzin; III - quruq gaz; IV - kondensat; V - propan - propilenni fraksiya; VI - barqaror benzin; VII - butan - butilenli fraksiya VIII - suv.
Qurilma katalitik va termik kreking benzinini stabilisasiyalash, gazni vodorod sul’fiddan tozalash, gazdan C3-C4 uglevodorodlarni ajratib olish, bu uglevodorodlar aralashmasini propan-propilenli va butan-butilenli fraksiyalarga bo’lish uchun mo’ljallangan.
Asosiy apparatlar bo’lib fraksiyalarga bo’luvchi absorber 3, stabilizatsion ustun 8, propanli ustin 11 va butanli ustin 14 hisoblanadi.
Yog’li gaz gaz separatordan tomchi 1 ning yuqorisidan monoetanolamin bilan tozalash bloki A ga va kompressor bloki B ga kelib tushadi. So’ngra uni kompressor yordamida gazni fraksiyalovchi absorber 3 ga yetkazib beradilar, shu erning o’ziga sug’orish sifatida nasos yordamida barqaror bo’lmagan benzinni idish 2 ning pastidan hamda yog’liq gazni kompreslash natijasida hosil bo’lgan kondensat (gazni kiritish joyidan yuqoriroqda) va tomchini urib emiruvchi 1 dagi suyuqlikni yetkazib beradilar.
Absorber 3 ning yuqorisiga yetkazib berilayotgan asosiy absorbent bo’lib idish 2 dagi barqaror bo’lmagan benzin xizmat qiladi olib ketilayotgan barqaror bo’lmagan benzinni yuvish uchun qushimcha ravishda barqaror benzinni yetkazib beradilar (bir nechta likopcha yuqoriroq). Absorberda absorbsiyaning issiqligini yechib.
Olish uchun aylanib turadigan sug’orishning uchta konturidan tarkib topgan sistema mavjud aylanib turadigan oqimlarni suvli sovutgichlarda sovutadilar va yuqorida joylashgan likopchaga qaytarib yuboradilar. Quruq gazni gaz separatori 5 dan o’tkazadilar, u erda kondensatning ma'lum miqdorini ajratib olib zavodning gaz tarmog’iga chiqarib yuboradilar.
Deetanlashtirilgan benzinni yutilgan C3-C4 fraksiyalar bilan issiqlik almashtirish 7 da qizdiradilar va stabilizatsision ustun 8 ga yetkazib beradilar, bu ustunning vazifasi benzinni debutanlashdan iborat. Pech 6 (ikki seksiyali) ustun 3 va 8 lar uchun riboyler bo’lib hisoblanadi. Barqaror benzin issiqlik almashtirgich 7 orqali o’ta turib o’zining issiqligigini barqaror bo’lmagan benzin va propanli ustunning xom ashyosiga beradi so’ngra uni sovutgich 12 da sovutadilar va ishqorlash bloki G ga yo’naltiradilar Stabilizasiyalash otgan (boshi) ni sovutgich - kondensator 19 da kondensasiyalaydilar va idish 10 dan qisman sug’orish uchun ustun 8 ga yetkazib beradilar; otgonning balans miqdorini blok V ga manoetonolning hamda ishqor eritmasi bilan tozalashga va dietilenlikol bilan quritishga yuboradilar. So’ngra asosan C3-C4 fraksiyalardan tarkib topgan otganni ustun 11 ga propan-propenli fraksiyani ajratish uchun yo’naltiradilar, bu fraksiyani ustunning yuqorisidan kondensasiya va sovutishdan keyin qisman sug’orishga yuboradilar, balans miqdorining esa qurilmadan chiqarib yuboradilar. Qoldiqni ustun 11 dan ustun 14 ga yo’naltiradilar u erda butan-butilenli fraksiyani og’irroq qoldiqdan (asosan S fraksiya) ajratish sodir bo’ladi bu qoldiqni sovutgich 12 orqali barqaror benzinning oqimiga qo’shib qo’yadilar. Ustun 11 va 14 larning pastidan harorat uncha katta bo’lmasligi (36-jadval) sababli ularning isitilishini bug’li riboylerlar 13 bilan amalga oshiradilar. Propan -propinli fraksiyaning tozaligi 96 % , butan-butilenliniki 97 %; potensialdan olingan tegishli ravishda 82 va 95 %; quruq gaz C4 fraksiyasining faqatgina 0,3 % ini va 90 % ga C2 gacha bo’lgan fraksiyalardan tarkib topgan.

Parametr

Rektifikasion kolonna

3

8

11

14

Bosim, MPa

1,35

0,93

1,73

0,59

Harorat, °C yuqorida

35

78

44

48

Harorat, °C pastda

130

218

107

106

Likopchalar soni

60

60

60

60

Flegma soni

-

2

3

3

AGFQ texnologik rejimi

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling