Gazni qayta ishlash zavodlari Jarayon uchun xom ashyo va olinadigan mahsulotlar. Katalitik kreking


Download 294 Kb.
bet2/4
Sana17.06.2023
Hajmi294 Kb.
#1549790
1   2   3   4
Bog'liq
Tabiiy gazni qayta ishlash texnologiyasi.

Absorbsiya – rektifikatsion usul
Neftdan ajralib chiqgan gazni fraksiyalarga ajratish texnologik tizimi
Jarayonni amalga oshirishdan maqsad, neftni qayta ishlashda chiqayotgan gaz tarkibidagi engil uglevodorodlarni aloxida komponent holida ajratib olish yoki yuqori tozalikdagi uglevodorod fraksiyasini ajratib olish.
Jarayon uchun xom ashyo va olinadigan mahsulotlar. Jarayonga xom
ashyo sifatida neftni qayta ishlash tizimlaridan ajralib chiqayotgan gaz fraksiyalari yoki stabilizastion kolonnalarda ajratib olinayotgan engil uchuvchi fraksiyalardan tashkil topgan suyuqlik fazasi beriladi.

Gazni fraksiyalash texnologik tizimi
I-xom ashyo; II-rektifikatsiyalash tizimidagi barqarorlashtirish kolonnasida ajralgan gaz; III-katalitik reforming tizimidagi barqarorlashtirish kolonnasida ajralgan gaz; IV-propan fraksiyasi; V-izobutan fraksiyasi; VI-butan fraksiyasi; VII-izopentan fraksiyasi; VIII- pentan fraksiyasi; IX-C6 va undan yuqori fraksiyalar; X-quruq gaz; XI-amiak.
Tuyingan gazlarni fraksiyaga ajratishda quyidagi mahsulotlar olinadi:

  1. Etan fraksiyasi – piroliz jarayoni uchun xom ashyo va moylarni

deparafinastiya qilishda sovituvchi agent sifatida qo’llaniladi;

  1. Propan fraksiyasi – piroliz jarayoni uchun xom ashyo, yoqilg’I yoki sovituvchi agent sifatida qo’llaniladi;

  2. Izobutan fraksiyasi - sintetik kauchuk ishlab chiqarishda xom ashyo sifatida qo’llaniladi;

  3. Butan fraksiyasi – yoqilg’I gaz yoki sintetik kauchuk ishlab chiqarishda xom ashyo sifatida qo’llaniladi. Kish mavsumida avtomobil benziniga benzin bug’ining talab qilingan bosimini hosil qilishni osonlashtirish maqsadida, ma’lum miqdorda aralashtiriladi.

  4. Izopentan fraksiyasi – izopren kauchugi ishlab chiqarish uchun xom ashyo, yuqori oktan sonli benzinga komponent sifatida kullaniladi.

  5. Pentan fraksiyasi – izomerizastiya va piroliz jarayonlari uchun xom ashyo sifatida kullanadi.


Download 294 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling