G'azzoliyning falsafa ilmiga oid qarashlari Reja: I. Kirish II. Imom G'azzoliyning falsafa ilmiga oid qarashlari III. G'azzoliy qoldirgan ijtimoiy-falsafiy meros. IV. Xulosa Kirish
Download 27.52 Kb.
|
1 2
Bog'liqAbu Nasr Farobiy va G\'azzoliyning falsaf ilmiga oid qarashlari R
- Bu sahifa navigatsiya:
- Imom G`azzoliy haqida Gʻazzoliy
G'azzoliyning falsafa ilmiga oid qarashlari Reja: I.Kirish II.Imom G'azzoliyning falsafa ilmiga oid qarashlari III. G'azzoliy qoldirgan ijtimoiy-falsafiy meros. IV.Xulosa Kirish Islom olamining buyuk mutafakkirlaridan biri, Sharqda Hujjat ul-Islom va Hujjat ul-Haq rutbasi bilan mashhur bo’lgan Abu Homid Muhammad ibn Muhammad al-G’azzoliy o’zining ilmiy merosi bilan yuqorida nomlari zikr etilgan donishmand allomalar orasida o’ziga munosib joy egallagan betakror shaxsiyatdir. Uning ilm-fan, boy ma’naviyatimiz sarchashmasiga qo’shgan hissasi beqiyosdir.Alloma o’zining asarlarida o’sha vaqtda qamrab olinishi mumkin bo’lgan barcha jabhalarda fikr-mulohazalar yaratdi, inson tafakkurining yangidan-yangi sirli qirralarini kashf etishga musharraf bo’ldi, bashariyatning yorqin xotirasida abadul-abad o’chmas nom qoldirdi. Imom G’azzoliy qisqa 53 yillik umri davomida 100 ga yaqin asar yozib qoldirgan. Ular islom dinining turli tarmoqlariga taalluqli bo’lib, dalillar qamrovi jihatidan juda katta miqyosga ega. Mazkur asarlar tafsir, hadis, tarix, falsafa, fiqh, tasavvuf va irfon olimlari uchungina emas, oddiy odamlar uchun ham muhim ahamiyatga egadir. Chunonchi faqihlar G’azzoliyning «Basit», «Vajiz», «Vosit» kabi asarlaridan, mufassirlar, kalom ilmining olimlari «Qavoid al-aqoid», «Ar-risolat al-qudsiya», «Al-iqtisod fil-e’tiqod» singari kitoblaridan, mutasavviflar va umuman barcha haqiqat oshiqlari «Ihyo ulum ad-din» nomli buyuk asaridan bahramand bo’lsalar, katta ruhiy quvonchni boshdan kechiradilar Imom G`azzoliy haqida Gʻazzoliy, Abu Homid Muhammad ibn Muhammad al-Gʻazzoliy [1058 — Tus (Eron) — 1111] — islom ilohiyotchisi, faylasuf."Gʻazzoliy" taxallusi haqida turli fikr bor. Baʼzi olimlar gʻazzol (ip yigiruvchi) oilasida tugʻilgan, shu sababdan Gʻazzoliy taxallusini olgan desa, boshqalari esa Gʻazola (Tus yaqinidagi qishloq)da tugʻilgan, shuning uchun taxallusi Gʻazoliy deb hisoblaydilar. Nishopur (Sharqiy Eron) va Bagʻdodda taʼlim olgan. "Nizomiya" madrasasi (Bagʻdod)da islom huquqshunosligidan dars bergan. Mudarrislikdan voz kechib, 11 yil zohidlikda hayot kechirgan, ilm bilan mashgʻul boʻlgan. 1105-yilda Nishopurga kelib, yana madrasada mudarrislik qildi, ammo bu hol uzoqqa choʻzilmadi. Tusga koʻchib borib 300 ga yaqin talabaga xususiy tarzda dars berdi. Uning fiqhga doir "Bosit", "Vojiz", "Vosit", aqidaga doir "Qavoid al-Aqoid" ("Aqidalarning qoidalari"), "ar-Risolat al-qudsiya" ("Qudsiya risolasi"), mutasavviflar uchun "Ihya ulum ad-din" ("Diniy ilmlarni tiriltirish"), "Mukoshafat ul-qulub" ("Qalblar kashfiyoti") asarlari mashhur. Shuningdek, "Tahofut al-falasifa" ("Faylasuflarni rad etish"), "Kimyo-i-saodat" ("Saodat kimyosi"), "Maqosid al-falasifa" ("Faylasuflarning maqsadlari") asarlari olim ijodida muayyan oʻrinni egallaydi. Bu asarlarda Forobiy, Ibn Sino qarashlarining taʼsirini koʻrish mumkin. Gʻazzoliy oʻz asarlarida islom ilohiyotini falsafiy jihatdan asoslashga harakat qilgan. Gʻazzoliy xudoni aql orqali anglash mumkin emas, uni maxsus ruhiy, jismoniy harakatlar — sigʻinish va ibodatlar orqali anglash mumkin deb hisobladi. Sunniylik aqidalarini tasavvuf ideallari bilan birga qoʻshib talqin qilgan. G`azzoliy fikricha, insonning Alloh buyurgan amallardan oʻziga maqbulini tanlab olishi oʻz ixtiyo-ridadir, shu bois mazkur xatti-hara-katlari oldindan belgilab qoʻyili-shiga qaramay ular uchun aynan in-sonning oʻzi masʼuldir. Gʻazzoliyga koʻra, jon xudo singari fazodan tashqari-da, olam xudo tomonidan yaratilgan. Gʻazzoliyning diniy tizimi tasavvufni anʼanaviy islom bilan birlashtirdi. Gʻazzoliy gʻoyalari islom tafakkuriga va oʻrta asr Yevropa falsafasiga taʼsir koʻrsatdi. Gʻazzoliyni zamondoshlari "Hujjat ul-islom" ("Islom dalili") deb ulugʻlashgan. Download 27.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling