Geliş Tarihi / Receive


‚Beşeri Bilimler ve Sanat Dergisi‛


Download 195.43 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/19
Sana30.01.2024
Hajmi195.43 Kb.
#1817214
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
yaltay, 2.Rahmatulla Barakayev (2)

 
‚Beşeri Bilimler ve Sanat Dergisi‛ 
‚International journal of Humanities and Art ‛ 
[trk dergisi/2021] 
e-ISSN:2757-6388 
Cilt/Volume:2 
Sayı/Issue:1 
38 
Kosmonavt bo‘lib, osmonlarda uchish, ko‘klarni quchish, Oyu Marslarni 
o‘zlashtirish, tunda uchgan yulduzni o‘z o‘rniga qaytarib qo‘yishdek ulkan 
orzu-umidlar qurshovida yashayotgan bolalarning niyatlari pok: Nodir 
Oyga kaptar rasmini o‘ymoqchi, kaptar esa tinchlik ramzi, demak, 
bolakayning orzusi butun olamda tinchlik barqaror bo‘lishiga erishish; Nosir 
Marsga handalak ekib, do‘stlari kelsa handalak so‘yib, ularni mehmon 
qilmoqchi, demak, uning niyati ham ezgulik. Dialogik nutq uslubiga 
asoslangan 
ushbu 
she'rda 
bolalarning 
o‘zbekona 
bag‘rikenglik, 
mehmondo‘stlik tabiati ishonarli, samimiy satrlarda tasvirlangan. She'r 
xulosasi bolalar hali yoshliklari-dan ozgina afsuslansalar-da, beg‘ubor orzu-
istaklari niyatlari pokligiga, qat'iyligiga kitobxonni ishontira olishi bilan 
e'tiborga loyiq.
«Mening savolim» she'rida esa barcha narsaga qiziquvchan, hamma 
narsaning mohiyatini bilishga intiluvchi ana shunday bolakaylardan yana 
birining jonli obrazi yaratilgan: 
O‘ylab qoldim ko‘rpadan 
Turib-turmay uyg‘onib. 
Tun ne uchun qorong‘i? 
Kunduz nega yop-yorug‘? 
Onam, buvim qayoqdan – 
Yaralganim so‘rasam, 
Qotib-qotib kulishar, 
O‘ylab hayron bo‘lasan. 
Parvoz etar nega qush? 
Bu savol ham qiynaydi. 
Nechun uchmas qalpog‘im? 
Meni ko‘zi qiymaydi? 
Turib-turmay ko‘rpadan 
Shuncha savol qoshimda. 
To‘lib-toshgan jumboqlar 
Yurar mening boshimda (Adashboyev. 2003: 36). 
Darhaqiqat, hayotda duch kelayotgan har bir yangiligi yosh bola uchun 
mo‘jiza. U tabiat va jamiyatdagi har bir narsa va hodisaning mohiyatini 
tushunishga, anglashga harakat qiladi va «nima uchun?» degan yuzlab 
savollari bilan bobo-buvisi, ota-onasi, aka-opalariga tinim bermaydi. 
Rostdan ham, nega tun qorong‘u-yu, kunduz yop-yorug‘? Nega qush 



Download 195.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling