Geliş Tarihi / Receive


Istiqlol Davri O‘zbek Bolalar She'riyatining Ba'zi O‘ziga Xosliklari


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/19
Sana09.06.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1466206
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19
Bog'liq
yaltay, 2.Rahmatulla Barakayev

 
Istiqlol Davri O‘zbek Bolalar She'riyatining Ba'zi O‘ziga Xosliklari 
 
 
‚Beşeri Bilimler ve Sanat Dergisi‛ 
‚International journal of Humanities and Art ‛ 
[trk dergisi/2021] 
e-ISSN:2757-6388 
Cilt/Volume:2 
Sayı/Issue:1 
35 
sharaflash ruhidagi she'ru dostonlar yaratadilar; bolalarni ilm-ma'rifat 
nuridan bahramand bo‘lishga chorlovchi – maktab, kitob va boshqa turli 
o‘quv qurollarini madh etuvchi asarlar bitadilar va hokazo. Albatta, bu 
mavzularning har biri ham umrboqiyligi va bolalar adabiyotimiz mahsulida 
doimo sezilarli mavqye kasb etishi isbot talab qilmaydigan haqiqatlar. 
Binobarin, «ana shu haqiqatlarni har bir avlod qanday qayta kashf qilayapti 
va bu kashfiyotlarning badiiyat darajasi qanday?» degan savol doimo 
oldimizda ko‘ndalang turishi ham, shu boisdan tabiiydir. 
Bolalar Sheriyatining Yangi Qahramoni 
Istiqlol davrida xalqimiz tom ma'noda uyg‘ondi, o‘zligini qayta idrok etdi, 
ming yillik qadriyatlariga, e'tiqodlariga qaytdi. Ushbu jarayonda o‘zbek 
bolalar she'riyatining ham kamtarona o‘rni, o‘ziga xos xizmati bor. Ushbu 
davr o‘zbek bolalar she'riyatining eng sara namunalari shu ma'noda yosh 
avlod qalbida istiqlol tuyg‘ularining chechak ochishiga, haqiqiy, tom 
ma'nodagi ona Vatan – kindik qoni to‘kilgan muqaddas Zaminga mehr-
muhabbat; ona zaminni, uning betakror tabiati – qir-adirlarini, tog‘u 
o‘rmonlarini, 
bog‘-rog‘larini, 
daryoyu 
ko‘llarini 
avaylab-asrashga, 
«O‘zbekiston» deb atalmish ana shu muqaddas Vatanga, uning nomini 
olamga tanitgan buyuk farzandlari – mutafakkir olimu shoirlari, ulug‘ 
Turkiston yagonaligi uchun kurashgan sohibqiron tojdorlari sha'niga 
munosib farzand bo‘lish ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi. 
Shu o‘rinda marhum ijodkor H.Imonberdievning «Alla» she'ridagi quyidagi 
misralar beixtiyor yodga tushadi: 
- Ana, Bo‘ri kelyapti!
Uxlay qol, ovunchog‘im. 
Qo‘y shunday deb qo‘rqitib,
Uxlatar qo‘zichog‘in. 
- Vuy, anovi ilonni!
Uxla tez, bolajonim, -
Chumchuq shunday qo‘rqitib,
Uxlatar polaponin. 
- Uxla, Olabo‘jiyov 
Ko‘rsatgan qorasini. - 
Odam shunday qo‘rqitib,
Uxlatar bolasini. 


Rahmatulla Barakayev

Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling