Davo muolajalari gipoksiyaga, atsidoz, gipertermiyaga qarshi, antibakterial terapiya, patogenetik, asoslangan infuzion terapiyaga qaratilgan bo‘ladi. GIPERTERMIK SINDROM Gipertermik sindrom patologik holat bo`lib termoregulyatsiya buzilishi natijasida tana haroratining kutilmagan holatda 40°C dan ko‘tarilishi bilan xarakterlanadi. Etiologiyasi Ko‘p holatda bolalarda uchraydi. Katta yoshdagi odamlarda asosan bosh miyada bo‘ladiga.n patologik o'zgarishlar (travma, shishlar, qon quyilishlar) va narkoz asorati sifatida yuzaga keladi. Bolalarda: a) ko‘pincha infeksion kasaiiik asosida rivojlanadi (gripp, pnevmoniya, sepsis va boshqalar), v) gipervitaminoz, organizmning suvsizlanish.], shuningdek tug‘mq vaqtidagi travmalar, respirator disterss sindrom natijasida yuzaga keladi. Patogenezi Gipertermik sindromning asosiy sababi termoregulyatsiya. markazining izdan chiqishi (asosan gipotalamus) natijasida yuzaga keladi. Issiqlik hosil bo‘lishining gormono-metabolik buzilishlari va issiqlik chiqarilishining buziiishi asosiy o‘rin tutadi. Buning natijasida termoregulyatsiya izdan chiqadi va organizm ekzogen (toksinlar) yoki endogen (katexolaminlar, prostoglandinlar va pirogen moddalar) ta’sirida issiqlik hosil bolishining tez oshishini kompensatsiya qila olmaydi. Issiqlik chiqarilishi esa periferik qon tomirlar spazmi natijasida pasayadi. Klinikasi Gipertermik sindrom katta yoshdagilarda asosiy kasallikning o‘tkir va surunkali bosqichlariga mos ravishda yuzaga keladi. Gipertermiya bilan birga gipertermik krizlar ham yuzaga kelishi mumkin. Klinikada quyidagi o‘zgarishlar kuzatiladi: teri termoassimetriyasi, nafasning tez buziiishi, gipoksiya, varaja, suvsizlanish, teri rangining oqarishi yoki marmar tusiga kirishi (qon tomir spazmi natijasida) bilan xarakterlanadi. Gipertermik sindrom narkoz vaqtida ham kuzatiladi, unda yuqoridagi belgilardan tashqari mushaklarda rigidlik taxikardiya, AB ko‘tarilishi bilan xarakaterlanadi va bu xavfli gipertermiya hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |