SEPTIK SHOK Septik shok - bu murakkab patofiziologik jarayon bo'lib, patologik o‘choqdan (iimfadan, yiringli o'choqdan) ekstremal omil ta’siri natijasida qo'zg'atuvchi va uning toksinlarining qon oqimiga tashlanishi bilan bogliq. Bu esa to‘qima va organlaming zararlanishi bilan bir qatorda adaptatsiyaning nospetsifik mexanizmlarining zo'tiqishi va gipoksiya, to‘qimalar gipoperfuziyasi, moddalar almashinuvining chuqur buziiishi bilan kuzatiladi. Septik shok (infeksion-toksik, bakteriotoksik yoki endotoksik) massiv bakteriemiya, bakteriya hujayrasining intensiv parchalanishi va endotoksinlarning ajralishi, tomir o‘zani hajmi boshqarilishining buziiishi bilan kechuvchi tarqalgan infeksiyalarda rivojlanadi. Septik shok nafaqat bakterial infeksiyalarda, balki virusli infeksiyalar, sodda jonivorlar invaziyasida,, zamburug'li sepsisda, og‘ir shikastlanishlarda ham rivojlanishi mumkin. Kiinik ko‘rinishi. Septik shokning boshlang‘ich bosqichi Infeksiyaning yalligianish o‘chog‘idan chiqishi yoki endotoksinning qon oqimiga tushishi septik shokning birinehi mexanizmini ishga tushiradi, bunda infeksiyaning pirogen ta’siri (ayniqsa, endotoksinning) kuzatiladi. Qaltirash bilan kechadigan gipertermiya (>38-39°C) septik shokning asosiy belgisidir. Ko'pincha gektik yoki noto'g'ri tipdagi zo'rayuvchi isitmada harorat yoshga xarakterli bo‘lmaganyuqori darajalarga ko'tariladi (keksa bemorlarda 40-41°S), qon aylanishning buziiishi, taxikardii (yurak qisqarisliiar soni 1 minutda 90 tadan ortiq) bilan kechadi. Bu septik shokning boshlang'ich bosqichi “issiq nomiotenziya” deb ham ataladi. Markaziy gemodinamika tekshirilganda qon aylanishning giperdinamilc turi aniqianadi ( yurak indeksi > 51/min/m2). Septik shokning kechki bosqichi Jarayon zo'rayib boraversa yuqorida aytib o'tilgan kiinik faza “issiq gipotenziya” fazasi bilan aimashinadi, bunda tana harorati keskin yuqori ko'tariladi, qaltirash, bemor mhiyatining buziiishi: qo'zg'alish, bezovtalik, o'zini boshqacha tutishi, ba’zan psixoz kuzatiladi. Teri qoplamlarini ko'rganda issiq, quruq, giperemiyalangan yoki pushti rangda. Nafas buziiishi giperventilyatsiya tipida bo'ladi, bu esa nafas alkalozi va nafas olish muskullarining zo'riqishiga olib keladi. Taxikardiya (1 minutda 120 va undan ortiq) to'liq puls va gipotenziya bilan birga keladi. Bu bosqichda diurez oligouriyagachakamayadi (1 soatda siydik ajratish 25ml dan kam).
Do'stlaringiz bilan baham: |