Gen deb ataladi. Murakkab biologik jarayon ketma-ketligini boshqarishda ishtirok etadigan, genetik tuzilishi bo'yicha deyarli bir-biriga o'xshash bo'lgan bir necha genlar — genlar majmuasi


O ziq muhitlar tarkibi. xossasi va maqsadiga ko'ra bir necha guruhlarga bo'linadi


Download 237.99 Kb.
bet3/4
Sana18.06.2023
Hajmi237.99 Kb.
#1580560
1   2   3   4
Bog'liq
mikrob 3

O ziq muhitlar tarkibi. xossasi va maqsadiga ko'ra bir necha guruhlarga bo'linadi:

  1. Konsistensiyasi (qattiq suyuqligi) boʻyicha: a) suyuq. b) qattiq, v) yarim suyuq.

  2. Tarkibi bo'yicha; a) oddiy (minimal) — tarkibida shakar yoki glitserin, ammoniy tuzlari va sulfatlar bo'lib, aminokislotalar, vitaminlar, purin va pirimidinlar bo'lmaydi, chunki ularni bakteriyalar o'zi sintez qila oladi. b) murakkab (maksimal) — mutatsiyaga uchragan mikroorganizmlar ayrim fermentlarni sintez qilish xususiyatini yo'qotganligi sababli oziq muhitiga hamma kerakli purin, pirimidin aminokislotalar, vitaminlar qo'shiladi.

  3. Maqsadi bo'yicha, a) selektiv muhit — bu m uhitda asosan faqat ma’lum bir mikroorganizm o'sadi. Masalan, vismut-sulfit ta’sirida salmonella bakteriya avlodi rivojlanadi va ko'payadi, dizenteriya kasalligini qo'zg'atuvchi bakteriyalarning esa o'sishi va rivojlanishi susayadi; b) boyitilgan muhit — ma’lum bir bakteriyaning o'sishini kuchaytiradi, boshqasiga to'sqinlik qiladi.

  4. Sintetik oziq muhit — ma’lum bir kimyoviy birikmalardan tayyorlangan oziq muhit.

Genetik transformatsiya
Ma’lum sharoitda bir organizm irsiy molekulasi har qanday bo'lagining ikkinchi organizm irsiy molekulasi tarkibiga birikish hodisasiga transformatsiya deb ataladi.
Transformatsiya jarayoni 1928-yilda Griffit tomonidan kashf etilgan. Griffit transformatsiya jarayonini 2 xil pnevmokokk (S va R) bakteriya shtam mlarida kuzatgan. Pnevmokokk bakteriyasining S shtam mi polisaxarid poʻstli bo'lib, hujayra sirti silliq, R shtam m da esa polisaxarid po'sti bo'lm aydi va hujayra sirti g'adir-budur (S inglizcha smooth — silliq, R — inglizcha rough — g'adir-budur). S shtam m bakteriyaning polisaxarid po'sti sichqon organizmi im m un sistemasi ta ’sirini o'tkazmaganligi sababli, u kasallik qo'zg'atuvchi bo'lib, sichqonlarda pnevmoniya kasalligini keltirib chiqaradi va sichqonlar o'ladi. R shtam m esa kasallik keltirib chiqarmaganligi sababli, bu shtam m lar bilan yuqtirilgan sichqonlar nobud boʻlmaydi. Kasallik qoʻzgʻatuvchi S shtammni qizdirilganda ular o ʻladi va o'ldirilgan bakteriyalarni sichqonlarga vuborilganda sichqonlarda kasallik paydo boim aydi. Sichqoniarga qizdirish natijasi o ʻlgan bakteriyalar S turi bilan kasallik qoʻzgʻatmaydigan R turga kiruvchi tirik bakteriyalarni birgalikda qoʻshib yuqtirilganda sichqonlarning o'lishi kuzatilgan. 0 ʻlgan sichqonlarda S bakteriyalar shtam mi topilgan. Bu hodisani m ohivati quyidagi 4-rasmda ifodalangan. K o'rinib turibdiki, pnevmokokkning S-shtam m idan qandaydir modda R shtam mning ayrimlari S-shtammga aylangan, ya’ni transformatsiya boigan. Tajribada olingan natijalarni Griffitning o ʻzi tushuntirib bera olmagan.
1944-yil O. Everi hamkorlari bilan bu hodisani tushuntirib berdilar. Buning uchun S shtam m pnevmokokk hujayrasini parchalab, alohida fraksiyalarga ajratildi. Faqat S-shtam m dan ajratib olingan D NK molekulasi R-shtam m bilan aralashtirilganda zararsiz R-shtamm, kasallik chaqiruvchi S-shtamm ga aylanishi, ya’ni transformatsiya boiishi ko'rsatib berildi. Demak, R-shtammning S-shtamm ga transformatsiya boiishi D N K molekulasiga bogiiqligini isbotlab berildi.
Keyinchalik alohida xromosomalar, yoki alohida genlar transformatsiya qilinishi lozim boigan hujayralar bilan m a’lum sharoitda aralashtirilib transformatsiya qilish usullari ishlab chiqildi.
Demak, transformatsiya jarayoni tabiiy jarayon boʻlib, hujayralar irsiyatini o'zgarishiga olib keladi.
Transduksiya
Transformatsiya hodisasini o'rganish, transduksiya— bakteriyafaglar yordamida bakteriya genlarini ko'chirib o'tkazish va rekombinatsiyalanish hodisasini ochishga turtki bo'ldi.

Download 237.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling