Gen injeneriyasi nanobiotexnologiyasining bir yo‘nalishi sifatida
Organizmdan tashqarida rekombinatsiya amalga oshishi uchun nimalar
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
7-ma`ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xo‘jayin organizm hujayrasiga DNK kiritish usuli.
- Liposomalarga o‘rash.
- Elektroporatsiya.
- Mikrobo‘lakchalar bilan bombardirovka qilish.
Organizmdan tashqarida rekombinatsiya amalga oshishi uchun nimalar
kerak? Har bir DNK molekulalarini har ikkala uchida qisqa (4 tadan 20 tagacha nukleotidlar) bir zanjirli uchastkalar – “yopishqoq uchlar” bo‘lishlari kerak. Ular, bir zanjirli uchastkalar orasida hosil bo‘ladigan vodorod bog‘lar yordamida, DNK ni har xil fragmentlarini bog‘lash imkonini beradi. Тўпланган лазер нури Микроилгак ДНК Шиша тиргак Микромоккилар Ikkita birzanjirli “yopishqoq uchlar” bilan ta’minlab, DNK molekulalarini qanday qilib, “o‘tkirlash” mumkin? Bu vazifani bajarish uchun tadqiqotchilar “biologik qaychi” larni – restriktaza fermentlarini ishlatdilar. Plazmida DNK sini va kiritiladigan genni DNK sini restriktaza bilan ishlov bergandan keyin, har ikkala DNK ham “yopishqoq” uch (bir zanjirli uchastkalar) hosil qiladilar. Keyin, plazmida DNK si va kiritiladigan (begona) gen aralashmasiga ligaza fermenti qo‘shiladi. Bu ferment begona genni plazmida DNK siga kiritib qo‘yadi. 3.5-rasm. Plazmida DNK sini (marker saqlagan) va kiritiladigan gen DNK sini “yopishqoq uchlar” orqali bog‘lanishi Vektor yaratilgandan keyin, uni boshqa organizm hujayrasiga (xo‘jayin - organizmga) “etkazish ” kerak. Nafaqat unga (hujayraga) vektor kiritish, balki uni (vektorni) xo‘jayin – organizm xujayrasining DNK molekulasiga joylashtirish kerak. Xo‘jayin organizm hujayrasiga DNK kiritish usuli. Begona DNK (gen) ni bakteriyaga, hayvon va o‘simliklarni embrional hujayralariga, hayvonlarni hujayralarini yadrolariga, ajratib olingan hujayralarga, to‘qimalarga va o‘simlik sporalariga kiritish mumkin. Begona DNK qanday qilib, xo‘jayin – organizm hujayralariga kiritiladi? Olimlar begona DNK (gen) kiritishni bir necha usullarini ixtiro qilganlar. 1. Mikroin’eksiya. Diametri 100 nm ga teng bo‘lgan nozik shisha trubkalarchalar (mikropipetkalar) va mikromanipulyatorlar yordamida vektorni to‘g‘ridan – to‘g‘ri hujayra yadrosiga kiritish mumkin. Bir in’eksiya bilan 100 dan 300 minggacha vektorlarni kiritish mumkin. плазмида Маркер Киритилган генлар Рекомбинант плазмида In vitro шароитида рекомбинация Ёпишқоқ учлар 3.6-rasm. DNK (vektorni) hujayra yadrosiga mikroin’eksiyasi 2. Liposomalarga o‘rash. Liposomalar – sferik (dumaloq) membranali pufakchalar bo‘lib, ularni devori lipidlardan tuzilgan. Liposomani ichi vektorlar bilan to‘ldiriladi. Liposomalar hujayra membranalarining lipid bisloyiga kiradi, va unda eriydi, uni ichidagilar (vektorlar) esa hujayrani sitoplazmasiga tushib oladilar. 1 3. Transfeksiya. Vektorlarni kalsiy ionlari bilan ishlanadi. Hosil bo‘lgan ionlarni nanokomplekslari va vektorlar, hujayra membranalaridan ajralib chiqadigan fragmentlar bilan o‘raladilar. Membranalarga joylashib (o‘ralib) olgan nanokomplekslar (vektorlar va kalsiy ionlari) mikropufakchalar ko‘rinishida hujayrani sitoplazmasiga o‘tib oladilar. Bu metoddan vektorlarni eukariot hujayralarga kiritish maqsadida foydalaniladi. 4. Elektroporatsiya. Hujayraga yuqori kuchlanishga ega bo‘lgan (200-350 volt, davomiyligi 54 ms) impulslar bilan ta’sir etganda, hujayra membranalarini o‘tkazuvchanligi oshadi. Membranada qisqa muddatli paydo bo‘ladigan mikroteshikchalar orqali vektorlar atrof muhitdan (eritmadan) hujayra sitoplazmasiga kirib oladilar. 5. Mikrobo‘lakchalar bilan bombardirovka qilish. Bu o‘simliklar, gen injeneriyasida eng samarali metodlardan biri. Kiritish uchun urug‘ni pishib – etilmagan murtakdan foydalaniladi. Ularni oltin yoki volfram (diametri 600 nm atrofida) kukunlari bilan bombardirovka qilinadi. Dastlab kukunlarni usti vektorlar bilan o‘rab olinadi. Bu kukunchalar (bo‘lakchalar) bilan “gen pushka” lari o‘qlanadi. Pushkalar otilgandan keyin, kukunchalar o‘simlik hujayrasiga kirib oladi. Otish markazida joylashgan hujayralar nobud bo‘ladilar ammo, markazdan 0,6-6,0 sm uzoqda joylashgan hujayralar, vektorlar kiritish uchun juda qulay bo‘ladi. Eng sodda va original “gen pushkasini” Rossiyalik olim R.K. Salaev ixtiro qilgan. 1 [Claudio Nicolini. Nanobiotechnology and nanobioscience. Singapore.: «Pan Standford Publishing Pte. Ltd.», 2009. 46-75 p.]. Vektorlar yopishtirilgan oltin sharchalar, teflondan yasalgan pulkaga joylashtirib otishga tayyorlanadi. 3.7-rasm. R.K. Salaev yaratgan “gen pushkasining” chizmasi Otilgandan keyin o‘q stvoldan uchib chiqadi va nasadkani teshigida ushlanib qoladi. Inersiya kuchi ta’sirida vektorlar yopishtirilgan oltin sharikchalar otilib chiqib nasadkani oxiridan 10-15 sm uzoqlikda turgan o‘simlik hujayrasiga qarab uchadi. Hujayrani va uni yadrosini teshib o‘tib, ular vektorlarni o‘simlik hujayralari DNK si molekulasiga etkazib beradi. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling