Gen injeneriyasi nanobiotexnologiyasining bir yo‘nalishi sifatida

plazmida ishlatiladi. Plazmida, har xil genlarga kirib olib, ularni mutatsiyasini

Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/9
Sana13.11.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1771346
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
7-ma`ruza

plazmida ishlatiladi. Plazmida, har xil genlarga kirib olib, ularni mutatsiyasini 
chaqiradi. Mutant belgilari bo‘yicha, kerakli gen kirgan joyni aniqlanadi va 
uni plazmidadan ajratib olinadi. 
Uzoq vaqt davomida, DNK tarkibidagi kerakli genni aniqlash va uni kesib olish 
qiyin vazifa bo‘lgan. DNK spirallari chalkashgan, ularni uzunligi birnecha 
millimetrdan, birnecha santimetrgacha bo‘lib, halqaga o‘ralib oladi va o‘zini genini 
“bekitishga” harakat qiladi. Diametri 1-2 nanometrga teng bo‘lgan, nozik, tez 
sinuvchi molekulalar, spiralni to‘g‘rilab olish va tarqatishga qaratilgan har qanday 
tadbirlar, urinishlar ta’sirida tez sinadi. Bunday holatda, kerakli genni qidirish 
yo‘lida bajarilgan ishlar muvoffaqiyatsiz chiqavergan. SHunday qilib, kerakli genni 
DNK dan ajratib olish muammosi, 20 yildan ko‘proq vaqtda samara bermagan. 
Faqatgina XX – asr oxiri va XXI – asr boshlariga kelib, YAponiyaning Kioto 
universiteti olimlari, DNK spiralini “optik ombir” lar yordamida cho‘zish usulini 
yaratganlar. “Optik ombir” ni ba’zida “optik tutqich” yoki “lazerli pinset” deb ham 
ataladi. “Optik ombir” – o‘tkir fokuslangan lazer nurlaridan iborat bo‘lib, bu nurlar 
molekulani ushlab qoladi.
Намуна сирти 

 3.3-rasm.“Optik ombir” lar yordamida DNK molekulasining cho‘zish sxemasi 
Ko‘pincha tekshiriladigan molekula oxiriga kimyoviy moddalar yordamida 
tiniq dielektrik “munchoqchalar” qotiriladi. Bu “munchoqchalar” qandaydir sinish 
koeffitsienti, muhitga nisbatan yuqori bo‘lgan polimerlardan tayyorlanadi. Natija 
beradigan kuch munchoqni lazer nurining intensivligi maksimal bo‘lgan zonaga 
ya’ni uni markaziga qarab tortadi. YAponiya olimlari, “munchoqcha” o‘rniga “Z” 
harfiga o‘xshagan mikroilgak va mikrobbinalar ishlatganlar. 
Mikroilgak, spiralni olimlarni qiziqtirgan uchastkasini o‘rganish imkonini 
beradi. Lazerlar yordamida, olimlar bo‘linadigan achitqi zamburug‘ini xromosomali 
DNK sini spiralini ilib olib, ularga shikast etkazmasdan cho‘zish va keyin ikki 
mikromokkichaga, xuddi ip o‘ralgan g‘altakka o‘xshab o‘rab olishga erishdilar. 
DNK molekulasi cho‘zilgan holatda, kerakli genni turgan joyini uchlamchi fazoda 
aniqlash ancha oson. 

aniqlash ancha oson 

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling