Gender yondashuv


Download 79.76 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi79.76 Kb.
#1536255
Bog'liq
Ta’limda gender yondashuvini amalga oshirishning uslubiy shartlari Boshlang’ich ta’lim o’quvchilari o’quv faoliyatida mas’uliyatning gender xususiyatlari


Ta’limda gender yondashuvini amalga oshirishning uslubiy shartlari Boshlang’ich ta’lim o’quvchilari o’quv faoliyatida mas’uliyatning gender xususiyatlari
REJA:
  • Gender yondashuv
  • Boshlang’ich ta’lim o’quvchilari o’quv faoliyatida mas’uliyatning gender xususiyatlari

Hozirgi kunda davlatlar rivojlanishida alohida e`tiborga molik bir qator masalalar sirasiga jamiyat, davlat, ta`lim, oila tuzilmalarida gender tenglikni ta`minlash masalalariga alohida e`tibor berilmoqda. Shunday ekan, gender rivojlanishda muhim ahamiyatga ega tushuncha sifatida o`rganilishi lozim. Ilm-fan, tadqiqotlar maydoniga gender tushunchasi o`tgan asrning 70-yillarida kirib keldi. Bu davrga kelib feminist olimlar tomonidan turli qarashlar, g`oyalar ilgari surila boshlandi.
Gender tushunchasi, uning shakllanishi, o`rganilishi fanlararo bog`liqlik asosida tadqiq etishni talb qilgani asnosida, ushbu tushunchanini barcha fan sohalari nuqtai nazardan tadqiq etish kerakligini taqozo etadi. O`z davrida turli fan vakillari qatorida tilshunoslar ham ushbu masalaga alohida e`tibor bilan yondashib kelishgan.
Fanlararo bog`liqligi jihatidan gender tushunchasi o`zbek olimlari tomonidan keng o`rganilgan. Masalan, K.R.Aliyeva “O`zbekiston Respublikasida gender tengligini ta`minlashning konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari” nomli ilmiy ishida ushbu tushunchaning yurtimizdagi konstitutsiyaviy jihatdan qay tarzda shakllanganiligni va davlatimiz qonunchiligida belgilangan tartibdagi ijrosini o`rganish masalalari olib chiqilgan
G.Ergasheva esa turli tillar tizimida gender terminologiyasining shakllanishidagi lingvistik va ekstralingvistik omillar nuqtai nazardan o`rganib, tadqiqotlar olib borgan. I.M.To`xtasinov Badiiy matnlardagi sleng so`zlarning lingvomadaniy va gender xususiyatlari ingliz va o`zbek tili materiallari asosida tadqiq etgan. Yuqoridagilardan ko`rinib turibdiki, gender juda keng va ko`p qirrali, tadqiq maydoni cheksiz tushunchadir.
Gender-neytral til- bu bevosita kishining gender mansubligini ko`rsatmaydigan, u yoki bu jins vakillarini taxqirlamaydigan va alohida olib ta`kidlab, ko`rsatib o`tmaydigan, gender bo`yoqdorlikdan holi bo`lgan tildir. Gender-neytral til termini bilan birga tilshunoslikka umuman tilning barcha sathlariga gender-neytral terminlar, atamalar va so`zlar kirib keldi va mavjudlari alohida kategoriyalarga ajratildi.
Xorijiy tillarni o`rganar ekanmiz bevosita o`rganilayotgan til madaniyati, davlati hamda ijtimoiy o`zgarishlari, qarashlari, normalari bilan birgalikda bizning kundalik hayotimizga biz istagan va istamagan holatda kirib kelishiga guvoh bo`lamiz. Shunday ekan, gender-neytral til. Gender terminlarini o`rganish ham davr talabi bo`lib qolmoqda. Zero, mamlakatimizda ham gender tenglik masalalariga alohida e`tibor qaratilmoqda.
Bu borada mahalla, oila institutlari qatorida ta`lim, xalq ta`limi, oliy ta`lim muassasalarining ham o`rni beqiyosdir. Xulosa o`rnida shuni ta`kidlab o`tish joizki, gender tenglikka qachon erishiladi? Qachonki, gender, gender tenglik, gender terminlari kabi tushunchalar yoshlar, nafaqat yoshlar balki jamiyatning har bir a`zosiga to`g`ri va t`oliq holda tushuntirilgandagina singdirilgandagina erishish mumkin
Umumiy qilib olganda tilda “Jins” va “Gender” tushunchalari o`zaro sinonim sifatida bir-birining o`rnida qo`llanib kelingan. Lekin ushbu tushunchalar bir-biri bilan Gender tushunchasiga turli olimlar, tilshunoslar turlicha ta`rif berib kelishgan. Misol uchun Macmillan Advanced lug`atida “Gender” va “Jins” tushunchalariga quyidagicha ta`rif berilgan:
N-formallik jihatidan erkak yoki ayol bo`lish
N-barcha erkaklar/barcha ayollar guruhiga kiruvchilar nazarda tutilganda
N-so`zning ma`lum bir genderga ya`ni maskulin, femin yoki neytral genderiga mansubligidir. Ingliz tilida faqatgina “he” va “she”
Gender tenglik tamoyilini singdirishda “oila-mahalla-ta’lim tizimi”ning o’rni. Gender yondashuv asosida boshlang’ich ta’lim o’quvchilarida “ommaviy madaniyat”ga qarshi immunitetni shakllantirish
REJA:
  • Gender tenglik
  • Gender yondashuv

Jamiyatda sodir bo‘layotgan murakkab va ziddiyatli ijtimoiy hodisalar davlat siyosatining ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi yo‘nalishlariga diqqatni jamlashni talab etadi. Ayniqsa, O‘zbekistonda jamiyatni modernizatsiyalash sharoitida aholini ijtimoiy muhofazalashning samarali tizimini yaratish vazifasi muhim ahamiyatga ega.
Iqtisodda yangi iqtisodiy munosabatlar va texnologiyalar tomonidan shakllantirilgan keng ko‘lamli o‘zgarishlar, turmush tarzini individuallashuvi, qadriyatlar tizimi plyurallashuvi ijtimoiy ishni zamonaviy jamiyat hayotini barqarorlashtiruvchi, muvozanatni saqlovchi, farovonlikni oshiruvchi omilga aylantirdi.
Ijtimoiy munosabatlar sohasida davlat siyosatining mazmuni ijtimoiy ish nuqtai nazaridan farovonlik
turmush sifatini oshirish, shaxsni ijodiy rivojlanishi uchun shart-sharoitlarni yaratish, muhtojlarni samarali ijtimoiy muhofazalash tizimini shakllantirishdan iborat. Buni amalga oshirish jamiyatda ijtimoiy ishni rivojlanishi va ijtimoiy ish xodimlarining kasbiy mahorati darajasiga bog‘liq.
O‘zbekistonda ijtimoiy ish kasbiy faoliyat sohasi sifatida yaqindan beri rivojlanayotgan bo‘lsa-da
mamlakatda aholi turli qatlamlariga ijtimoiy, psixo-pedagogik, reabilitatsion yordam ko‘rsatish dasturlarini ro‘yobga chiqarish borasida katta tajriba mavjud. So‘nggi o‘n yillikda mamlakatimizda xorijiy kontsepsiyalar va texnologiyalar hamda boy an’anaviy ijtimoiy va pedagogik fikrlarga tayanuvchi ijtimoiy ish nazariyasi va amaliyoti jadal rivojlanmoqda
Ijtimoiy ish – butun dunyoda tan olingan, insonga insonparvarlik munosabatining namoyon bo‘lishini aks ettiradigan tushunchadir. U injil (bibliya) davrida xayr-ehson, diniy me’yor, yordamga muhtoj insonlarga gumanitar yordam tizimi sifatida vujudga kelgan. Faqatgina o‘tgan asrdagina ijtimoiy ish maxsus tayyorlov lozim bo‘lgan mustaqil fan sifatida tan olindi.
Ijtimoiy ishchilarni tayyorlaydigan ilk maktablar G‘arbiy Evropa va AQSh davlatlarida XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida paydo bo‘lgan. Hozirgi kunda hech kim ijtimoiy ishchilarsiz dunyoni faraz qilmaydi. Chet elda yuz yildan ortiq tajribaga ega bo‘lgan ijtimoiy ish sohasi serqirra va turlichadir.
Ijtimoiy ish nazariyasi fani” bo‘lajak mutaxassisning kasbiy madaniyatini oshirishga, uni tarixiy zaminlari, muhtojlarga yordam ko‘rsatish va qo‘llab-quvvatlashning umumjahon amaliyoti tarixiy jarayonida shakllangan insonparvarlik qadriyatlari bilan boyitishga yo‘naltirilgan.
Mazkur kursning maqsadi talabalarda ijtimoiy ishning mazmun-mohiyati,
shakllari, metodlari, texnologiyalari, axloq tamoyillari va huquqiy ta’minoti borasida batafsil taassurot hosil qilishdan iborat. Ushbu soha bo‘lajak mutaxassislarida ijtimoiy himoya, ijtimoiy xavfsizlik, ijtimoiy ta’minot, shuningdek, sotsial menejment sohalarini to‘g‘ri anglash va amaliy faoliyat yuritishi ko‘nikmalarini hosil qiladi.
Shuningdek, talabalarda jahon sivilizatsiyasida yordam va qo‘llab-quvvatlash institutlarining tarixiy shakllari, modellari rivojlanishining evolyutsion yo‘li haqida tizimli tasavvur shakllantirishdan iborat.
Ijtimoiy ish nazariyasi fanini o‘qitishdan maqsad:
  • talabalarda ijtimoiy ish kasbiy sohasi, insonni anglash tarmoqlari, uning tamoyillari va asosiy kateogriyalari borasida nazariy bilim hosil qilish

Download 79.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling