Генератив органлар
Aktinomorf gullar. 2.Zigomorf gullar 3. Asimmetrik gullar
Download 51 Kb.
|
1363782804 42584
- Bu sahifa navigatsiya:
- Urug`chi va uning tuzilishi.
- 1. tumshiqcha. 2. Ustuncha. 3. Tuguncha.
- . Monopodial shoxlanuvchi to`pgullar. 2. Simpodial shoxlanuvchi to`pgullar.
1. Aktinomorf gullar. 2.Zigomorf gullar 3. Asimmetrik gullar.
Aktinomorf gullarda (to`g`ri) uning yuzasidan bir necha simmetirya o`tkazish mumkin. Zigomorf gullar yuzasidan faqat bitta simmetiriya o`tkazish mumkin. Masalan: Labguldoshlar, dukkakguldoshlar shunday gul hosil qiladi. Asimmetrik gullar yuzasidan birorta ham simmetriya o`tkazish mumkin emas. (Kanna, valeriana gullari). Changchilar yig`indisi andratsey deyiladi. Ular mikroskpora hosil qilishga xizmat qiladi. Changchilarga ta`rif berishda ularning soniga, joylanish doirasiga tutashganligiga va uzunligiga e`tibor berish kerak. Urug`chi va uning tuzilishi. Urug`chilar yigindisi ginitsey deyiladi. Ular 1 ta yoki bir necha meva bargchaning qo`shilishidan hosil bo`ladi. Masalan: olxo`ri, shaftolida 1 ta, karamda 2 ta, shoyigul, piyozda 3 ta, olma, nokda 5 ta, lolaqizg`aldoqda 9 - 11 ta meva bargchaning qo`shilishdan hosil bo`ladi. Urug`chi quyidagi qismlardan tuzilgan bo`ladi. 1. tumshiqcha. 2. Ustuncha. 3. Tuguncha. Tumshiqchaning vazifasi changni qabul qilishga xizmat qilishdir. Buning uchun unda ishlab chiqilgan suyuqlik yordam beradi.Ustuncha tuguncha va tumshukchani bir biriga bog`lab turadi. Ustunchalar soni meva bargchalar miqdoriga bog`liq. Masalan: olma, nok 5 ta meva bargcha va 5 ta ustuncha hosil qilsa, chinigulda 3 ta, labiguldoshlar va butguldoshlarda bitta ustuncha hosil qiladi. Uning rivojlanishidan urug` hosil bo`ladi. Tuguncha gul qismlarining joylashgan o`rniga qarab quyidagi turlarga bo`linadi. 4. To`pgullar. Bir necha gulning birgalashib joylashishi to`pgul deyiladi.. To`pgularni shoxlanish usuliga qarab 2 guruhga ajratamiz. 1. Monopodial shoxlanuvchi to`pgullar. 2. Simpodial shoxlanuvchi to`pgullar. Monopodial shoxlanuvchi to`pgullarda o`sish nuqtasi cheksiz o`sish xususiyatiga ega bo`lib, yon shoxlarining soni noaniq bo`ladi. Bunday to`pgullarda gulning asosiy o`q qismi yaxshi ifodalangan bo`lib, gullar gulning asosidan uchiga doimiy ravishda ochilib boradi. Simpodial shoxlanuvchi gullarning o`sishi chegaralangan bo`lib, hatto har bir tur va oilaga kiruvchi, o`simlikda farq qiladi. Bunday to`pgullarda guli uchidan asosiga qarab ochiladi. Manopadial to`pgullar o`z navbatida quyidagi turlarga bo`linadi. Download 51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling