Генератив органлар


Oddiy monopodial to`pgullar. 2. Murakkab monopodial to`pgullar


Download 51 Kb.
bet3/3
Sana17.06.2023
Hajmi51 Kb.
#1540339
1   2   3
Bog'liq
1363782804 42584

1. Oddiy monopodial to`pgullar. 2. Murakkab monopodial to`pgullar.
Oddiy monopodial to`pgullarga quyidagilar kiradi.
Shingil (shoda). Uzun asosi tepada bo`li
b bir xil uzunlikdagi gulbandlarda ajrim gullar hosil bo`ladi. Masalan: beda, shirach, yer yong`oq, oq akatsiya va hokazo.
Oddiy boshoq-uzun asosida, gul bandsiz gullar joylashgan bo`ladi. Masalan: zubturum, qiyoq guli.
Dasta to`pgul bitta gul bandida bir necha gul joylashgan bo`ladi. Masalan: olma, nok.
Soyabon - piyoz va olcha gulida hosil bo`lib gullar bir asosida bir xil uzunlikda gumbaz bo`lib joylashadi.
Kuchala - Yong`oq, tol, qayin kabi o`simliklarda pastga qarab osilib turadi.
Savatcha to`pgulda tarelkasimon gul o`rnida cheksiz gul joylashgan bo`ladi. Masalan: kunga boqar, qoqio`t, bo`tako`z va hokazo.
Murakkab monopodial to`p gullar quyidagi guruhlarga ajratiladi.
Murakkab boshoq (bug`doy arpa) 2. Murakkab soyavon (ukrop sabzi)
3. Ro`vak (nastarin).
Simpodial to`pgullarda gullarning asosiy tanasi gul bilan tugaydi. Asosiy novdaning tugashi yon novdani hosil bo`lishga olib keladi. Ular quyidagi turlarga bo`linadi.
6. Gul yetilganidan keyin changdonda yetilgan changning onalik tumshukchasiga tushishi changlanish deb ataladi. Changlanishni quyidagi 2 ta usuli mavjud.
1. O`z-o`zidan changlanish. 2. Chetdan changlanish
Tabiatda ko`pchilik o`simliklar kleystogamli gullar hosil qilsa (Yopiq gullaydigan gullar), ayrimlari xaziogamli (ochiq gullovchi) gullar hosil qiladi. Masalan: yeryong`oqda tuproq yuzasidan yuqori qismida xaziogamli gul hosil qilsa, tuproq ostida kleystogamli gul va meva hosil qiladi.
O`simliklarning o`z-o`zidan changlanishi CH. Darvin tomonidan 27 yil davomida o`rganilgan. Natijada u shunday xulosaga kelgan chetdan changlanish nasil sifatini yaxshilanishiga olib keladi.
Xashoratlar yordamida changlanuvchi o`simliklar entomofil o`simliklar deyiladi. O`simliklarning xashoratlar yordamida changlanishi tabiatning eng muhim xususiyati hisoblanadi. Changlanishda asalari, kapalak, pashsha, qo`ng`iz, chumoli va boshqa xashoratlar muhim rol o`ynaydi. Nektar tarkibi 25-95% suv, 3-72% glyukoza va tamli shakarga to`g`ri keladi.
Shiradonlar gulning gulqo`rg`on qismida joylashgan bo`lib xashoratlarni gulning ichiga kirishiga majbur qiladi. Chang yuzasining g`adir-budur va yopishqoqlik xususiyati ularga yopishib boshqa gulga borganda changlanish jarayonini amalga oshiradi.

Adabiyotlar:


1. Burigin. V. A. Jongurazov. F. X. Botanika “O`qituvchi” T.: 1977.
2. Kursanov. V. A. Kamarnitskiy N. A va bosh.- Botanika “O`qituvchi” 1977. I II tom.
3. Hamdamov I, Shukrullayev P va boshqalar- botanika asoslari “Mehnat” T.: 1990.
4. Soxabiddinov. S. “O`simliklar sistematikasi” I II bob. “O`qituvchi” T.: 1976.
5. Hamidov “O`simliklar geografiyasi” “O`qituvchi” T.: 1984.
6. Belolipov. I. V. SHeraliyev. A. Axadova. M. A. “O`rta Osiyo o`simliklari marfalogiyasi” SOP, TIPO, T.: 1991.
7. Holdarov. X. Xojimatov. K. X.“O`zbekiston o`simliklari”, “O`qituvchi” T.: 1992.
8. www.ziyonet.uz
Download 51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling